2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Tashrifnomalar (vizit kartochkalari)



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Bog'liq
Etiket

Tashrifnomalar (vizit kartochkalari) 
Kelib berilgan tashrifnomalarning o‘ng burchagi uning egasi tomonidan 
bukib 
qo‘yiladi. Bu shaxsiy tashrif ma’nosini anglatadi. Yuborilgan 
tashrifnomalarning burchagi esa bukilmaydi. 
Olingan va qabul qilingan tashrifnomalarga 24 soat ichida javob berish 
qabul qilingan. 
Tashrifnomalarning kesmasi tilla rangda bo‘lishi tavsiya qilinmaydi. 
Ularning yozuvi qora rangda bo‘lishi joiz. 
Tashrifnomalar shaxsiy guvohnoma o‘rnini egallaydi. Ular, odatda, ingliz 
tili yoki yashab, xizmat qilinayotgan davlatning rasmiy tilida chop etiladi. 
Tashrifnomalar ism, familiya, lavozim, ish manzili va telefon raqami kabi 
ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. 
Tashrifnomalarni boshqa kishiga bera turib, ovoz chiqarib ismi sharifini 
aytib, o‘zini tanishtirish lozim. 
Er-xotinning tashrifnomasida ularning faqat ism va familiyalari yozilishi 
lozim, bunday hollarda ularning ish lavozimlari ko‘rsatilmaydi. Odatda, bu turdaga 
tashrifnomalar, asosan, ayollarga beriladi. 
Dunyoning ko‘p mamlakatlarida otasining ismi degan ibora keng 
tarqalmagani sababli rus tilida tayyorlangan tashrifnomalarda ham otasining ismi 
ko‘rsatilmaydi. 
Tashrifnomalarning pastdagi chap burchagida qalam bilan quyidagi 
ma’nolarni anglatuvchi yozuvlar belgilanishi mumkin: 
r.£. 
Tabriknoma 
r.r. 
Tashakkurnoma 
r.s. 
Ta’ziyanoma 
p.p. 
Masofadan turib tanishtirish 
r.f.s. 
Tanishuvdan mamnun bo‘lish 
r.r.s. 
Shaxsiy tashrif o‘rniga (ketish safari arafasida) 
r.f..N.a

Yangi yil munosabati bilan tabriknoma 
Diplomatik bayonnoma (protokol) 
“Diplomatik bayonnoma”
– davlatlararo hamkorlikda munosabatlarning 
asosiy qoidalari, jumladan, suverenitetni hurmat qilish, tenglik, erkinlik, hududiy 
barqarorlik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik kabi talablarga rioya 
qilmasdan turib to‘laqonli kelishuvni amalga oshirolmagan bo‘lar edilar. 
Bunday talablarni bajarish uchun bu boradagi tajribadan tashqari ma’lum 
bir dasturilamal ham lozim. Bunday dasturilamal diplomat (muzokara) 
bayonnomasi deyiladi. Ushbu bayonnoma – davlatning vujudga kelishidan tortib, 
hozirgi davrgacha bo‘lgan o‘zaro hamkorlik munosabatlarining qayta ishlangan


61 
yillar davomida tahrir va tajribadan o‘tgan, zamonaviy talablarni ham o‘z ichiga 
qamrab olgan qoidalar majmuidir.

Diplomatik lug‘at” diplomat bayonnomasi to‘g‘risida aniqroq tushuncha 
bera oladi: 
Diplomatik bayonnoma – xalqaro munosabatlarda rasmiy shaxslar, vakillar 
tomonidan, hukumatlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan umumqabul 
qilingan an’ana, tartib, rasm-rusmlar qoidasining majmuidir. 
Muzokara 
bayonnomasining 
mohiyati 
o‘zaro 
munosabatlarida 
davlatlarning kelishuvlarini axloqiy madaniyat doirasida kechishi, ya’ni 
davlatlarning kelishuvlarini chiroyli tarzda – axloqiy me’yorlardan chiqmagan 
holda olib borishdan iboratdir. 
Aslida,, bayonnoma hujjatlarni to‘g‘ri shaklga solish, arxivlashtirish uchun 
qo‘llangan. Davrlar oshib, u muzokara uchun qo‘llanilgan bu bayonnoma turi keng 
doirada mazmunan shakllanib, tantana va muzokara etiketi sifatida ham qo‘llanila 
boshladi. Hozirgi davrga kelib muzokaralar bayonnomasi zamonaviy talablarga 
asosan, siyosiy hamda huquqiy o‘zgarishlar kiritgan holda ilmiy va texnikaviy 
taraqqiyot ta’sirida boshqacha tusga ega bo‘lib bormoqda. 
Ammo bu o‘zgarishlar asossiz xususiyatga ega bo‘lgan, biron-bir davlat 
miqyosidagi tamoyillar emas, balki tajribaviy asosga ega bo‘lib, jahon miqyosida 
umumqabul qilingan qoidalardir. 
Rasman esa muzokara bayonnomasi 1814-yillarda Vena kongressi 
tomonidan tasdiqlangan. 
Muzokara bayonnomasi o‘zida etiket va tantanaviylikni mujassam etgan. 
Muzokara bayonnomasining asosiy qismi bo‘lmish muzokara etiketi – davlat 
vakillarining o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘luvchi go‘zal xulq va o‘zini 
chiroyli tutishdir. Muzokara etiketining qoidalari muzokarachi vakilning tashqi 
kiyinishidan tortib, to imo-ishora, xatti-harakat odoblarigacha qamrab olgan. 
Muzokara etiketida muomala, muorajaat muzokaraning har xil ko‘rinishlarida – 
yozma, uchrashuv, qabul va tashrifga qarab tavsiflangan. Zero davlat arbobi 
boshqa davlat vakilidan bo‘lgan har qanday muzokara turlariga munosib javob 
berishi, ularni ko‘rib chiqishi shart. Xat yoki taklifga javob bermaslikning o‘zi o‘ta 
odobsizlik sanaladi. Bunda samimiylik va hozirjavoblik katta ahamiyat kasb etadi. 
Muloqotdagi arzimas e’tiborsizlik ham sherikni garchi bunda davlatning aybi 
bo‘lmasa ham, (vakilning xatosi bo‘lsa ham) qarorini o‘zgartirishi mumkin, u yoki 
bu davlatga nisbatan munosabatni salbiy tomonga o‘girishi, muzokarani 
chigallashtirishga olib kelishi tabiiy. 
Umuman olganda, muzokara etiketining bir qancha qat’i qoidalari mavjud. 
Ular quyidagicha: 

Salomlashish va ko‘rishishda ismi bilan murojaat qilish. Bu nafaqat uni 
hurmat qilishingizni, balki o‘zingizga nisbatan ham shunday hurmat bilan 
qarashingizni anglatadi.

Nigoh 
muhim 
ahamiyatga 
egadir. 
Samimiyatni 
ko‘rsatish uchun 
suhbatdoshining ko‘zlariga qarash lozim. 


62 

Salomlashuvda turish shart. O‘tirib ko‘rishilmaydi. Yosh va jinsning 
ahamiyati yo‘q. 

Tabassum va shirinsuxanlik har qanday vaziyatga obyektiv yondashishga olib 
keladi. 

Ismingizni aytib ko‘rishing. Birinchi marta ko‘rib turgan bo‘lsangiz ismi 
sharifingizni aytib o‘zingizni bir yo‘la tanishtiring. Agar avval ham 
uchrashganingizga gumoningiz bo‘lsa, ismingizni aytganingiz ma’qul – bu 
sherigingizning noqulay vaziyatga tushib qolishining oldini oladi. 

Ko‘rishganda qo‘l berib ko‘rishish kerak. Bunda qo‘lni haddan ziyod qisib 
yuborish yaramaydi. Shasht bilan uzatilgan qo‘l munosabatni yanada 
mustahkamlaydi. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish