3.2. Mexanik sinovlar
Izolyatsiyalovchi shtangalar
3.2.1. Operativ shtangalar, o‗lchov, yerga ulagich shtangalarni mexanik
sinovdan o‗tkaziladi. Izolyatsiyalovchi himoya vositalarining mexanik sinovlari
elektr sinovlaridan oldin o‗tkaziladi. SHtangalar namunaviy mexanik sinovlardan
o‗tkaziladi. Ishlatish jarayonida shtangalar mexanik sinovlardan o‗tkazilmaydi.
3.2.2. Laboratoriya va sinov uskunalarida yerga ulash uchun mo‗ljallangan
yerga ulagich shtangalardan tashqari (taqsimlash qurilmalari va havo elektr uzatish
151
tarmoqlari uchun) operativ shtangalar va boshqa hamma turdagi yerga ulagichlar
shtangalari uzilish sinovidan o‗tkaziladi. 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish
tarmoqlari simlarida yerga ulagich, operativ va o‗lchov shtangalari (chinni
izolyatorli operativ shtangalardan tashqari) egilish sinovidan o‗tkaziladi.
3.2.3. Uzilish darajasini aniqlash sinovida shtanganing ishchi qismi
mahkamlanadi, dastakka esa taqab qilingan kuch qo‗yiladi (osilgan yuk,
dinamometr orqali lebedka trossi). Operativ va yerga ulagich shtangalari 1500 N
(150 kgs) bo‗lgan kuch bilan 1 minut mobaynida uzilishi sinaladi. CHinni
izolyatorli operativ shtangalar uchun sinash kuchi 800 N (80 kgs)ni tashkil qiladi.
10 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida ishlatiladigan yerga ulagich
shtangalari esa 1 minut mobaynida 1000 N (100 kgs) uzilish kuchiga bardosh
berishi zarur.
3.2.4. SHtangalarning egiluvchanligini aniqlash sinovida shtangalar
gorizontal o‗rnatilib ikki joyidan, ya‘ni dastak uchidan va ajratgich halqa
o‗rnatilgan joydan mahkamlanadi (3.4-chizma). 500 kV kuchlanishli havo elektr
uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulagich shtangalari, o‗lchov va universal
operativ shtangalar ishchi qismi og‗irligiga 2 hissa katta bo‗lgan kuch bilan
sinaladi. Operativ (oddiy) shtangalar egiluvchanligi o‗zining sof og‗irligi ta‘sirida
sinaladi. Sinov muddatining davomiyligi 1 minut.
Egiluvchanlik — shtanganing yuk osilgan qismidagi egilish miqdoriga,
uning izolyatsiyalovchi qismining uzunligiga nisbatan foiz hisobida hisoblanganda
220 kV kuchlanishgacha bo‗lgan shtangalar uchun 10 foizdan, ushbu
kuchlanishdan Yuqori bo‗lgan shtangalar uchun esa 20 foizdan oshmasligi zarur.
Egilish miqdori ushbu ko‗rsatkichdan Yuqori bo‗lgan shtangalar yaroqsizga
chiqariladi. 220 kV kuchlanishgacha bo‗lgan havo elektr uzatish tarmoqlari va
taqsimlash uskunalarida yerga ulagich shtangalar egaluvchanlikka sinalmaydi.
3.4-chizma. SHtanganing egiluvchanligini sinash. 1 — mahkamlash
nuqtasi; 2 — yukni osish nuqtasi; 3 — yuk osilgan nuktadagi shtanganing
egiluvchanligi.
3.2.5. Sinovdan sung shtangalar ko‗zdan kechirilib, qoldiq deformatsiyalar,
yoriqlar, ulangan joylar bo‗shashganligi aniqlansa, ushbu shtanga yaroqsizga
chiqariladi.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |