Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

Ko‗chma yerga ulagichlar 
2.1.81. Ko‗chma yerga ulagichlar odamlarni o‗chirilgan tok o‗tkazuvchi 
qismlarda ishlayotganda xatolik bilan berilgan yoki tashqi elektr kuchlanish 
ta‘sirida paydo bo‗lgan kuchlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi. 
2.1.82. Ko‗chma yerga ulagichlar yerga ulovchi simlarga ulash uchun 
xizmat qiluvchi qisqich (qisma)dan, yerga ulovchi va uskunaning barcha fazalari 
tok o‗tkazuvchi qismlarini o‗zaro tutashtiruvchi simdan hamda yerga ulashga yoki 
yerga ulangan konstruktsiyaga ulashga mo‗ljallangan uchlik yoki strubsinadan 
tashkil topgan. Har bir fazaga alohida ko‗chma yerga ulagichni qo‗llashga ruxsat 
beriladi. 
2.1.83. Ko‗chma yerga ulagichlar quyidagi talablarni qondirishi shart: 


134 
1) Ular yalang‗och egiluvchan ko‗p tolali mis simdan tayyorlanishi va 
kesimi bir fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv jarayonida termik bardoshlik 
talablarini qoniqtirishi kerak, lekin kuchlanishi 1000 V dan Yuqori bo‗lgan elektr 
uskunalari uchun 25 mm
2
dan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalari 
uchun esa 16 mm
2
dan kam bo‗lmasligi zarur. Mis simlar kesimini termik 
bardoshligi bo‗yicha tanlab olishda boShlang‗ich haroratni 30° S, yakuniy 
haroratni 850° S qabul qilishga ijozat beriladi. Ko‗chma himoya yerga ulagachlarni 
qisqa tutashuv tokidan qizishini hisoblashda quyidagi sodda formuladan 
foydalanish tavsiya qilinadi: 
Bunda: S
min
— simning minimal kundalang kesimi; I
ust
— qisqa tutashuv 
tokining eng Yuqori miqdori, t
f
— fiktiv vaqt. 
Amaliyotda t
f
uchun ushbu elektr uskunasini asosiy releli himoyasining eng 
katta o‗rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak. Qisqa tutashuv tokining qiymati 
Yuqori bo‗lgan holda bitta yerga ulashning termik mustahkamligi etarli bo‗lmasa, 
bir nechta parallel yerga ulash o‗rnatishga ruxsat beriladi. 
2) Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqich 
(qisma)ning konstruktsiyasi shunday bo‗lishi kerakki, ko‗chma yerga ulagich qisqa 
tutashuv toki o‗tganda dinamik kuch ta‘sirida o‗rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi 
kerak. Qisqich (qisma)lar yerga ulagichlarni tok o‗tkazuvchi qismlarga shtanga 
yordamida o‗rnatish va olishga mo‗ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‗lishi 
zarur. Egiluvchan mis sim qisqich (qisma)ga bevosita yoki mustahkam presslangan 
mis uchlik yordamida ulangan bo‗lishi zarur. Sim ulangan joylaridan sinmasligi 
uchun uni egiluvchan po‗lat simli prujina shaklidagi qobiqqa joylashtirish tavsiya 
qilinadi. Egiluvchan mis sim tolalarini mexanik shikastlanishlardan saqlash 
maqsadida simni aniq ko‗rinadigan qobiqqa solib qo‗yish ham tavsiya qilinadi.
3) Simdagi yerga ulash uchun mo‗ljallangan uchlik, strubsina ko‗rinishida 
yoki yerga ulangan konstruktsiya yoxud yerga ulagich simiga mahkamlanuvchi 
qisqich konstruktsiyasiga (barashkasiga) mos holda bajarilishi zarur. 
4) Ko‗chma yerga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab 
oqartirilgandan sung presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkam va qattiq 
ulanishi shart. Buning uchun kavsharlash man qilinadi. 
2.1.84. Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini yerga ulash uchun 
ishlatiladigan 
ko‗chma 
yerga 
ulagich 
uskunalarini 
metall 
ustunlar 
konstruktsiyasiga, yog‗och ustunlarni yerga ulash qurilmasiga yoki maxsus 
vaqtinchalik yerga ulagichga ulashga ruxsat etiladi. 
2.1.85. Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‗chma yerga ulagich simining 
kundalang kesimi kamida 4 mm
2
, elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan 


135 
izolyatsiyalangan yashin qaytargich troslari hamda ko‗chma uskunalarni 
(laboratoriya va h. k) yerga ulashda esa mexanik mustahkamligiga qarab kamida 
10 mm
2
bo‗lishi shart. 
2.1.86. Har bir ko‗chma yerga ulagichda uning raqami va yerga ulovchi 
simlarning kundalang kesimi ko‗rsatilgan bo‗lishi lozim. Bu ma‘lumotlar yerga 
ulagichga mahkamlangan birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‗yib yozilgan 
bo‗lishi lozim. 
2.1.87. Har bir ko‗chma yerga ulagich har 3 oyda bir marta hamda 
ishlatishdan oldin va qisqa tutashuv toki ta‘sirida bo‗lgan hollarda ko‗zdan 
kechirilishi shart. Simlarning ulangan kontaktlari emirilganda, mexanik 
mustahkamligi pasayganda, ular erib tushganda, 5 foizdan ko‗p sim tolalari 
uzilganda va shunga o‗xshash holatlarda ko‗chma yerga ulagichlar ishlatishdan 
olib tashlanishi kerak. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish