Oila pedagogikasi


Oilada - bolalarga jismoniy tarbiya berish



Download 7,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/202
Sana01.07.2022
Hajmi7,75 Mb.
#727803
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   202
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Oilada - bolalarga jismoniy tarbiya berish
Har qanday insonning eng mo‘tabar orzusi, astoydil 
asosiy maqsadi — sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalash, har 
tomonlama komil insonni voyaga yetkazishdan iborat.
Sog'Iom avlod deganda, shaxsan men, eng awalo, 
sog'lom naslni, nafaqat jismonan baquwat, shu bilan birga 
ruhi, flkri sog'lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’na- 
viyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushu- 
naman. Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog'lom avlod- 
gina ko‘ra oladi.
Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning gullab- 
yashnashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan 
avlodning sog‘lom bo'lishiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida 
Vatanimizning kelajagi farzandlarimizning jismoniy, aqliy va 
ma’naviy kamol topish uchun qulay sharoitlar yaratishni 
taqozo etadi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturiga muvofiq hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod­
ning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning, 
sog'lom turmush tarziga intilish. va sportga mehr-muhab-
173


batni singdirishning g‘oyat muhim sharti sifatida bolafaoliyati 
kompleks xarakerga ega va u turli harakatlar uyg‘unligida 
(yugurish, sakrash va boshqalar) quriladi.
0 ‘yin jarayonida bolalar dunyoni faqat anglab qolmay, 
balki turli vaziyatlarda mustaqil harakat qilishni o‘rganadi. 
0 ‘yin bolalar faoliyatining ehtirosli ko'rinishlaridan biridir.
0 ‘yinning his-hayajonlarga to‘laligi shundan iboratki, 
o‘yin jarayonida bolalar turli holatni boshdan kechiradilar: 
quvnaydilar, yutib chiqishga intiladilar, hafa bo‘ladilar.
Harakatchan o‘yinlar ko‘pchilik va yakka o‘yinlaiga bo‘- 
linadi. Ko'pchilikda o‘ynaladigan o‘yinlar axloqiy ahamiyatga 
ega bo‘ladi. Yakka harakatchan o‘yinlarda bola sharoit va 
maqsadni o‘zgartirishi, muvofiq yo'lni o‘zi tanlashi mumkin.
Har qanday o‘yin o‘z mazmuni, yo‘nalishi, yakuni va 
bajarilishi tartibiga ega.
Oilada tashkil qilinadigan о‘yin bolalardagi yashirin 
qobiliyatni rivojlantirishi, fikrlashga, ijodkorlikka yo‘naltirishi 
lozim, u bolalaming ijodiy kuchini sinaydi, shuning uchun 
ko‘pgina bolalar o‘zlaricha o'yinlar o‘ylab topadilar.
Ba’zi sport o‘yinlarida ota-onalar yoki oiladagi katta 
yoshli odamlar ishtirok etsalar, bu bolani oila a’zolariga 
yanada yaqinlashtiradi hamda o‘yinning ahamiyatini oshiradi. 
Har qanday o‘yinlarda g‘alaba qilish va yengilish hollari 
bo‘lishi tabiiydir. Binobarin, bolani o‘yin paytida hafa bo‘- 
lishdan, afsus-nadomatlardan va boshqa salbiy hayajonlardan 
ehtiyot qilishning iloji yo‘q.
0 ‘yin paytida yuz beradigan salbiy his-hayajonlar bolalar 
axloqini chiniqtiradi, hayotda uchraydigan to‘siqlami yen- 
gishga tayyorlaydi. Chunki hayotda quvonch ham tashvish 
ham, g‘alaba va mag‘lubiyat ham hamisha yonma-yon
174


yuradi. 0 ‘yin kechinmalari aslida bolani haqiqiy hayotga 
chiniqtirib boradi.
Bolalarga xalq o‘yinlariga qiziqish uyg‘otish kerak. 
Chunki xalq o‘yinlari orqali bolalar o‘z xalqining urf- 
odatlarini, madaniyatini va turmushini o‘rganadilar. Oilada 
bolalar bilan «Xolam mehmonga kelidi», «Tapur-to‘pur 
qayrag‘och», «Aylanma darra», «Bekinmachoq», «Tortish- 
machoq» kabi o‘yinlami o‘ynash maqsadga muvofiqdir.
Harakatli o‘yinlami ko‘p kvartirali uylar yoki mahallada 
yashaydigan barcha bolalar uchun mahalla guzarlarida yoki 
bo‘lmasam sport maydonchalarida tashkil qilish maqsadga 
muvofiq bo'ladi. Harakatli o‘yinlami o‘tkazishda ota-onalar 
rahbarlik qilishlari va bolalami uyushtirishlari zarur. Bir 
necha ota-ona bolalami yig‘adi, o‘yin muddatlarini reja- 
lashtiradi, o‘yinda qatnashadiganlar sonini belgilaydi va 
so‘ngra o'yinni o‘tkazadi. Bu holda juda ko‘p bolalar 
qatnasha oladigan o‘yin turlari tanlanishi kerak.
0 ‘y m c h ila m i 
tanlashda, yuqorida aytganimizdek, bola- 
laming yosh xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlarini, 
qiziqishlarini hisobga olish shart.
Harakatchan o‘yinlar — bir harakatdan ikkinchisiga tez 
o‘tishni talab qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlikni 
tarbiyalaydi. Tovushni eshitganda, biror narsani ko‘rganda, 
sezganda hoziijavoblik talab etadigan, harakatlar tez to‘x- 
tatiladigan, to‘xtatib turiladigan va birdan boshlab yu- 
boriladigan o‘yinlar, masofani qisqa muddatda bosib o‘tish 
bolalarda tezkorlikni takomillashtiradi. Qisqa vaqtda o‘lchovi 
me’yorda bo‘lgan kuchni zo‘riqtiradigan o‘yinlar bola 
kuchini oshiradi. Betinim harakat qilib, harakatlami bir 
necha marta takrorlashni talab etadigan, ancha kuch-quwat 
sarflanadigan o‘yinlar tanni chiniqtiradi.

Download 7,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish