0 ‘yin qoidalari.
1. Dasta bilan chillakni ko‘tarib,
tashlanganda chillak dastaga 3 martadan kam tegmasligi
kerak. 2. Ishtirokchilar chillakni yerda yotgan dastaga
tashlayotganda o‘yinni boshlash chizig‘ini bosmasligi kerak.
3. 0 ‘yinchi belgilangan masofani chopib o'tishdan bosh
tortsa, u ashula aytib yoki o‘ynab berishi, she’r o‘qib berishi
ham mumkin. 4. Nafas olish bilan bog‘liq tushunmovchilik
kelib chiqmasligi uchun yugurayotgan o‘yinchi qo‘ng‘izning
zizlashiga o‘xshash ovoz chiqarib yugurishi lozim.
Bu o‘yinda: qat’iyatlilik va iroda sifatlari tarbiyalanadi va
mustahkamlanadi.
201
VII bob.
Oilada bolalarni mehnatga o‘rgatish
Vatanimiz xalqlari jamiyat qurishning aniq vazifalami hal
qilishga zo‘r g'ayrat va shijoat bilan kirishdilar. «Jamiyat
barcha a’zolaming ongi va madaniyatini o‘stirmasdan turib,
eng yuqori darajadagi mehnat unumdorligini vujudga
keltirishga,
ijtimoiy
munosabatlami
rivojlantirishga va
tunnush qoidalarini o‘rnatishga erishib bo‘lmaydi. Jamiyat
a’zolarining ongliligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ulaming ijodiy
aktivligi qanchalik to‘la va keng ko‘lamda avj olsa biz
«Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha
Milliy dastur mohiyatini tez va muvaffaqiyatli amalga
oshiramiz»
Mehnat - insonning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati
bo‘lib, hayot kechirishining asosiy shartidir. Mehnat tufayli
inson o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini amalga
oshiradi.
Insonninng o‘zi esa mehnatkash bo‘lib, u tufayli o‘zining
iste’dodi, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi. Mehnat
jarayonida insonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi
oshib, o‘z-o‘zini jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirib
boradi.
Har bir inson u yoki bu kasbini yoki bir necha kasb -
hunami egallashi mumkin. «Bir yigitga qirq hunar ham oz»
degan maqolning mazmunida ham bir necha kasbni egallash
hayotiy ehtiyoj ekanligiga ishora etiladi. Har bir kasbning,
hunaming o‘ziga hos mashaqqati va lazzati bor. Uning
202
mashaqqatini matonat, tinimsiz izlanish,
sabr-toqat bilan
yenggan insongina uning lazzatidan bahra oladi.
Yoshlikda puxta egallagan hunar, mehnat malakalari
inson umrining oxirigacha rohat - farog‘atda turmush
kechirishning garovidir. «Hunarli yer hor bo‘lmas, burda
nonga zor bo'lmas», «Hunarmandning noni butun», «Hunar
zar hunarsiz xar» (xar - eshak).
«Bilgan bilar, bilmagan
yitar», «Hunarli yigit mevali daraxt» kabi maqollarda ham
rizq-nasibaning butunligi hunar orqasidan bo‘lishiga ishora
etiladi. Hunar shunchalik katta, mangu boylikki, uni
o‘g‘irlash ham, yondirish ham yo‘q qilish ham mumkin
emas.
Oilada yoshlaming kasb-hunar egallashlari, mehnatsevar
bo‘lib tarbiyalashlarida
ustoz
shogird an’analariga rioya
etmoq zarur. Chunki ustoz ko‘rmagan hunarmandning ishida
unum bo'lmaydi. Hunaming sir asrorlarini mukammal
bilmaydi,
yaratgan mahsulotining sifati yomon yoki xari-
dorgir bo‘lmaydi. Oilada farzandning u yoki bu hunaming
egallashida birinchi ustoz ota-onadir. Ota-onadan o‘zi sevgan
hunar haqida dastlabki ma’lumotni olgan farzand, albatta,
shu hunaming mohir ustasidan ta’limni olmog‘i zarur.
Xalqimiz aytganidek: «Ustoz ko'rmagan shogird ming
maqomga yo‘rg‘alar».
Ustozni shogirdga nisbatan qattiqqo'lligi, talabchanligi,
rag‘batlantirishi yoki jazolashi uning kelajakda mohir hunar
sohibi bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shogirdga
nisbatan o‘ta mehribonlik ayash yuz-xotirchilik uni o ‘rta-
miyona
hunarmand qilib qo'yadi. Shuning uchun ustoz
o‘zida mavjud bilimni shogirdi ongiga sabr — toqat bilan
singdirishi, o‘zidan so‘ng uning hunarini davom ettiruvchi
haqiqiy shogird yetishtirishga harakat qilmog‘i lozim.
203
Hunar egallagan mehnatdan bo‘yin tovlamaydigan odam
jamiyatda qadr topadi. Xalq ichida obro‘ e’tibor mansab
pillapoyalariga chiqish ham halol mehnat, hunar sirlarini
mukammal egallash natijasidir. Shuning uchun ham xalqimiz
«Mehnat qilgan» elga aziz deydilar.
O'zbek xalqi azal-azaldan kasb-hunari, mehnatsevarligi,
halol va pokligi bilan dunyo miqyosida tanilib kelmoqda.
Xalqimizning zargarlik, naqqoshlik, duradgorlik, sartaroshlik,
o‘ymakorlik, kulolchilik, bog‘bonlik, chorvadorlik, chevarlik,
kashtado'zlik,
to'quvchilik,
do‘ppido‘zlik,
ganchkorlik,
sandiqsozlik, beshiksozlik etikdo‘zlik va boshqa yuzlab hunar
mahsulotlari o'zining betakrorligi, go'zalligi maftunkorligi
bilan dunyo xalqlarini lol qldirib kelmoqda.
Dunyoga mashhur hunarmand ustalar tarbiyalab yetish-
tirishda, hunarmandlar sulolalarining umiboqiyligini tarbiya
lashda ota-ona, oilaning roli kattadir. Oilada tarbiyalanayot-
gan har bir jinsdagi farzandga o‘ziga xos va mos hunar ilmi-
ni o‘rganish ulaming kelgusi farovon turmushini ta’minlash
demakdir. 0 ‘g‘il bola qadim-qadimdan chorvachilik, deh-
qonchilik, duradgorlik, sartaroshlik, pichoqchilik, bog‘bonlik,
etikdo‘zlik mao‘zlik kabi og‘ir jismoniy mehnat talab etuvchi
hunar bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, qizlar kashtachilik,
do‘ppido‘zlik, jiyakdo‘zlik, tikuvchilik kabi nafis did,
mahorat san’at talab etadigan hunar bilan mashg‘ul bo‘l-
ganlar. Oilada ota-onaning ham farzand oldidagi asosiy
burchlaridan bin unga kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir.
Yoshlami turmushga tayyorlashning asosiy mezoni ham
ularga kasb-hunar sirlarini puxta o'rgatishdan iborat bo‘lgan.
Ushbu mezon mustaqillik sharoitida ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotgani yo‘q. Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilin
gan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun», «Kadarlar tayyorlash
204
bo‘yicha Milliy dastur» mohiyatida ham yosh avlodni
mehnatsevar, bir necha kasb-hunar sirlarini egallagan, ma’
naviy va jismoniy barkamol kishilar qilib tarbiyalash
masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bozor iqtisodi sharoitida
hunarli bo‘lish hayotiy ehtiyojdir. Uni qunt bilan egailashda
oila, mahalla, maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidan
katta mas’uliyat talab etiladi. Inson hayotida zarur bo‘lgan
barcha hunarlami farzandlaiga o‘rgatish ota-ona uchun ham
farz ham qarzdir. Sharq alloma zamonlaridan Unsurul-
maoiliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida shunday misollami
keltiradi: «Men o‘n yoshimda erkonda mening bir hojibim
bor edi, unga Manzar sohib der edilar. U1 ot minmak ilmin
yaxshi bilur erdi va Rayxon otliq bir xodimi bor erdi. Otam
meni ul ikkoviga topshirdi toki ular menga otda yurmoq,
nayza urmoq, zavbin otmoq, chavgon urmoq, kamand
tashlamoq, ilmini o‘igatg‘aylar».
Men ulaming yonida yurib, biroz fursatda ot ustida
yurishning barcha ilmini o‘rgandim va hunarlarini bildim.
Undan so‘ng Manzar sohib va Rayhon xodim mening
otamning oldiga olib borib dedilar. «Ey, amir, agar ruxsat
bersangiz erta tongda sahroda farzandingiz amirzoda o‘ynasa,
siz uning barcha o‘igang‘on ishlarini ko'rsangiz».
Amir
«Ko‘p yaxshi bo‘lur!» dedi. Men ikkinchi kun har na bilagon
ilmim va hunarimni otamga namoyish qildim, otam hojib va
xodimg‘a yaxshi xil’atlar in’om qildi.
Undan so‘ng ularga dedi: «Farzandim o‘rgatg‘on ishla-
ringizni barchasini yaxshi bilibdur, hunarlaming yaxshisin
o‘igatmishsizlar, lekin yana bir zarur hunar olibdur. Ular
debdilar: «Ul na hunardir?» Otam dedi: «Bu o‘rgatg‘on
hunarlaringizni zarur vaqtda farzandim uchun boshqalar ham
qila olur, lekin uning o‘zi qiladurg‘on, uning uchun
205
boshqalar qila olmaydirg‘on hunar qolibdur». Ular «U1 qaysi
hunar?» debdilar. Amir: «Suvda yuzmakdurkim, bunday ishni
farzandim uchun hamma odamlar qila olmas», - dedi.
Shundan keyin ikki mallohni, ya’ni ikki kemachini kelturib,
meni ularga topshirdi. Ular menga yuzmak hunarini
o'rgatdilar. Men karrbich (hurram nohurramlik bilan) bila ul
ishga mashg‘ul bo‘ldim va yaxshi o‘rgandim. Bir vaqt bir
necha kishi bilan kemaga kirib (o‘tirib) Dajla daryosidan
o‘tar bo‘ldik: Tog‘girga otlig‘ joyda girdob bor edi va xavflik
joy erdi. Ustoz kemachilar undan ko‘p mashaqqatlar bila
o'tar edilar. Biz kema bilan o‘sha joyga yetushdik. Ammo
kemachi usta ermas edi va kemani nechuk surami bilmadi.
Alqissa, yegirma yetti chog‘lik kishi barcha birdan g‘ark
bo‘ldik.
Ammo men va yana bir kishi, ya’ni mening
g'ulomim, uni ziyrak Kaykovus der edilar, suzub chiqdik. Bu
voqeadan so‘ng otamning mehri ko‘nglumda behad ziyoda
bo‘ldi... Men otamning boshig‘a ham shunday ish tush-
g‘onini bilmas erdim. Shuning uchun menga yuzmak
hunarini o‘rgatg‘on erkan».
Demak, hunar tanlash va uning sirlarini mukammal
egallashda ota-ona birinchi ustozdir. Albatta, bola egal-
laydigan hunar uning jinsi, qiziqishi, iqtidori, qobiliyati, salo-
matligi, oila va jamiyat ehtiyojlariga mos bo‘lmog‘i zarur.
Kasb-hunar tanlashda bolaning o‘ziga ham erkinlik bermoq
kerak. Shundagina o‘zi sevib egallagan kasb-hunarga mehr
qo'yadi, mehnati qanchalik og‘ir boUsada, charchamaydi,
nolimaydi, mehnatning qadriga yetadi, o‘zgalar mehnatini
hurmat qiladi, mashaqqat bilan halol mehnat evaziga
topilgan boy- likni o'ylab, tejamkorlik bilan, rejali sarflaydi.
Hayotda ba’zi shunday ota-onalar ham uchraydiki,
farzandning mayli, qobiliyati, qiziqishini hisobga olmasdan,
206
uni o‘zlari ma’qul ko‘igan kasbni egallashga majbur qiladilar
Ayniqsa, bu holat mustabid tuzumda tabiiy holga aylanib
qolgan edi. Ota-ona farzandni kasb-hunar bilim yurtlarida
ota-bobolarining hunarmandchilik kasblarini o‘rganishlariga
yo‘l qo‘ymas, balki keyinchalik «yog‘li joylarda» ishlashi
mumkin bo'lgan, oliy ma’lumot olgunicha qo‘Uab, suyab
yuradigan tanish-bilish, oshna-og‘aynisi bo‘lgan oliy o‘quv
yurtlariga majburan kiritgan. Natijada, oliy dargohni xo-
hishsiz, qiziqishsiz bitirgan mutaxassis o‘z kasbi bo'yicha
chuqur bilimsiz, layoqatsiz bo‘lib, ota-ona hurmati uchun
shunchaki mehnat qiladi yoki umuman boshqa soha bo'yicha
ishlaydi. U qilgan mehnatida unum va sifat bo‘lmaydi
Bunday mutaxassisdan jamiyat ham, oila ham manfaat
ko‘rmaydi. Hunaming yaxshi yomoni bo‘lmaydi, muhimi
tanlangan kasb hunaiga mehr-muhabbat qo‘yishdir, uning
sir-asrorlarini chuqur o‘rganishga
intilishdir. Ota-onaning
boyligi,
Do'stlaringiz bilan baham: |