1. Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy


Boylik, pul va o'lponlarning tabiati to'g'risida



Download 260,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana01.07.2022
Hajmi260,22 Kb.
#727597
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakl (2)

Boylik, pul va o'lponlarning tabiati to'g'risida 
mulohaza
» asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro'y berishini yorqin va obrazli 
ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat etishmovchilikdangina emas, ortiqcha 
boylikdan ham o'lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki, deydi u, 10-12 odam bir-
biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-ovqat ko'p, ammo boshqa hech 
narsa yo'q; ikkinchisida esa kiyim-kechak serob, uchinchisida ichimliklar ko'p va 
hokazo, ammo ular bu mahsulotlarni almasha olmaydilar. Zanjirlar bu oddiy 
insonlarga tushunarsiz inqirozlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy kuchlardir. 
Buagilber insoniyat tarixida XX asrda bir necha bor ro'y bergan yirik iqtisodiy 
inqirozlarni oldindan ko'ra bilgandek (ma'lumki, ishsizlik va qashshoqlik sharoitida 
sutlar dengizga to'kilgan, ekin maydonlariga o't qo'yilganligi aniq).
Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbai almashuv sohasi 
emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish rivojining 
sharti sifatidagina qaraydi.
Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat 
nazariyasiga asos soldi, u bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan, «haqiqiy 
baho mehnat sarfi bilan belgilanadi», degan. U haqiqiy baho deganda, ishlab 
chiqarishning turli tarmoqlari o'rtasida mehnat taqsimotining to'g'ri proporsiyasini 


tushungan. Shunday proporsional taqsimotning zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab 
chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi.
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) 
Buagilber qiymatning pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan, shunday zaruratga 
ehtiyoj yo'q degan. Agar V.Pettining diqqat markazida pullar v boshqa tovarlar 
o'rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo'lsa, Buagilberning e'tibori 
tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni tovarlarning to'g'ridan-to'g'ri 
almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarakterli ediki, u pulga 
keskin qarshi bo'lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning manbai 
mujassamlangan, tovarlarning «haqiqiy baho» asosida almashuvi buzilishining 
sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi
pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi 
tomoni shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o'rnini qog'oz pul 
bemalol qoplaydi. Ko'rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib 
etmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning rolida qiymatga ega bo'lgan 
tovarlargina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli uningcha, tovar ishlab 
chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo'q qilish kerak. Shu erda u iqtisodiy 
munosabatlarning ikki shakli o'rtasidagi chambarchas aloqani tushunmadi, uning 
bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo'q qilmoqchi edi.
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni qondirishda deb 
xato o'ylagan (iste'mol va almashuv uchun). 
Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan 
ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini 


saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining 
iqtisodiy ta'limotida almashuv qiymati asosiy bo'lsa, Buagilberda iste'mol qiymati 
bosh rolni o'ynadi. Aslida ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi.
Buagilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya qilishi, 
sanoat va savdoni etarlicha baholamasligi), bizningcha tarixan bo'lib, Fransiya 
kapitalizmi rivojining xususiyatlaridan kelib chiqadi, nazariy jihatdan orqaga 
qarash bor. Agar Angliyada sanoat, savdo va hatto qishloq xo'jaligida kapitalistik 
munosabatlar to'la g'alaba qozongan bo'lsa, uning iqtisodiyoti mehnat taqsimoti
raqobat, kapital va ishchi kuchlarining faolligi bilan xarakterlanar edi; Fransiyada 
esa bu munosabatlar endi shakllana boshlagan edi, xolos.

Download 260,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish