Шахобиддинова Мухаббат ш “И”


K I R ISH. Ishning umumiy tavsifi



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana01.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#727365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
boshlangich sinflarda tekshiruv bayon otkazishda analitik darslardan foydalanish (1)

K I R ISH.
Ishning umumiy tavsifi 
Insoniyat XXI asrga qadam qo‘ydi. Bugun dunyodagi eng rivojlangan, 
tobora tarakqiy etib borayotgan qudratli davlatlar bosib o‘tgan yo‘lga, ular 
yashayotgan jamiyat negiziga nazar tashlar ekanmiz, qo’lga kiritilgan yutuklarning 
barchasi ilm-fan, aql-zakovat va ma’rifat hisobidan bo‘layotganini his etamiz. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bilim va 
tafakkurni, 
ma’rifatni mamlakatimiz tinchligi, taraqqiyoti, farovonligini 
ta’minlovchi beqiyos kuch deb bilayotgani ham ana shunday ijobiy tajribalar, olis 
va yaqin tariximizdagi murakkab saboqlar natijasidir. Bugun bu yuldagi 
islohotlarning ilk nishonalari yurtimiz tanlagan yulning nechog‘li to‘g‘riligini 
ko‘rsatib turibdi. 
Goho yuksak taraqqiyotni ko‘zlab o‘tkazilayotgan islohotlar davrida bir 
qarashda uncha ko‘zga tashlanmay tutgan nuqta zamirida ham juda katta ma’no va 
xulosalar jam bo‘ladiki, ularni ilg‘ash, bilish uchun yuksak maqsad yo‘lida bosib 
o‘tgan yillarga, harakatlar moxiyatiga nazar tashlash lozim. Ta’bir joiz bo‘lsa, 
bunday natijalar xuddi bahor kelayotganidan darak berib, qor bag‘rini yorib 
chiqqan 
boychechak 
kabi, 
sizga 
juda 
katta 
quvonch 
baxsh 
etadi.
Albatta, Milliy dasturning jamiyatimiz rivojiga rostmana ulkan ta’sirini 
yaqin kelajak ko‘rsatadi. Negaki, bugun bog‘chada, maktabda, akademik litsey, 
kasb-hunar kollejlarida, institut va universitetlarda yangi dastur va reja asosida 
tarbiyalanayotgan, tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘layotgan 
yoshlarimiz jamiyatimizning barcha bo‘g‘in va tarmoqlariga kirib keladilar. 
Ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida ancha tadbirlar 
amalga oshirildi. Yurtboshimiz O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul 
qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida 
shunday deydi:
2013-yilda mamlakatimizda 756 ta ta’lim maskani, musiqa va sa’nat 
maktablari, bolalar sporti obyektlari qurildi, rekornstruksiya qilindi va kapital 



ta’mirlandi. Zamononaviy kompyuter sinflari, o‘quv labaratoriyalari, ustaxonalari 
tashkil etilib, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Ma’lumki, shu yildan e’tiboran mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitish 
tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida umumta’lim maktablarining 1-
sinfidan boshlab xorijiy tillarni chuqur o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa albatta, 
farzandlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlarini egallashi, etuk va 
malakali kadrlar bo‘lib etishishi uchun yangi imkoniyatlar ochib berishi bilan, 
ayniqsa muhimdir. 
SHuningdek, Prezidentimiz mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy – iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisdagi 
ma’ruzasida ta’lim – tarbiya sohasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Yurtboshimiz 
quyidagilarga alohida e’tibor qaratdi: O‘tgan yili 28 ta yangi kasb – hunar 
qurildi.381 ta umumta’lim maktabi, oliy o‘quv yurtlari tizimidagi 45 ta obyekt, 
131 ta kasb – hunar kolleji va litseylar rekonstruksiya qilindi va kapital 
ta’mirlandi. Jumladan, 19 fevralda “ Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi 
to‘g‘ritsitda” gi qarorida ham ta’lim – tarbiyaga alohida urg‘u berdilar.
Agar insonda ertangi kunga qat’iy ishonch bo‘lmasa, ertangi kunning 
rivojini ta’minlab beradigan ilmiy asosdagi rejalar, istiqbolli orzular bo‘lmasa, 
uzokni ko‘zlash, manzilga olib boradigan iroda va kuch-salohiyat bo‘lmasa, u biror 
ishga chin dildan kirisha olmaydi. SHu ishning, shu ezgu maqsadning ro‘yobga 
chiqishi uchun o‘z umri va hayotini, butun borlig‘ini bag‘ishlay olmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mustaqillikning dastlabki yillaridanoq 
«O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat» degan g‘oyani o‘rtaga tashladi. Bu har 
tomonlama puxta o‘ylangan reja asosida mamlakatni taraqqiy etgan davlatlar 
darajasiga olib chiqishga bel bog‘lagan YUrtboshimizning qat’iy so‘zi, anik 
maqsadi edi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ana shu buyuk maqsad yulidagi 
yana bir ulkan qadam bo‘ldi. 
Ushbu dastur yaratilib, amalga oshirila boshlanganiga 6 yil bo‘lmoqda. Olti 
yil tarix uchun juda oz muddat, ammo shu yillar ichida yurtimizda ta’limga bo‘lgan 



munosabat tubdan o‘zgardi. Barchamizning farzand tarbiyasiga bo‘lgan 
qarashlarimiz, hayotdagi maqsad-intilishlarimiz ham o‘zgardi. Eng muhimi, bu 
boradagi barcha say’-harakatlarimizning natijasi sifatida bolalarimiz sog‘lom va 
barkamol bo‘lib voyaga eta boshladi. 
Ayniqsa, yangicha ta’lim mezonlari bo‘yicha o‘qigan bitiruvchilarning 
kamolini, ularning hayotda o‘z o‘rnini topayotgani, o‘z ishi va hayotidan mamnun 
bo‘lib yashayotganini ko‘rib quvonamiz. SHaxar va qishloqlardagi akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining iste’dodi, bilim darajasi ham 
hammamizni xursand qiladi. 
Ezgu ish hamisha e’tibor topadi. Ezgu g‘oyalar sohibi, hamisha e’zozlanadi. 
«Zar qadrini zargar biladi» deydilar. Bugun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
ning ahamiyatini o‘z mamlakati, jamiyati rivojini faqat ta’lim, ilm-fan bilan 
ta’minlagan, baxtli, farovon jamiyatga shu yo‘l bilan erishgan qator xorijiy 
davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar 
rahbarlari ham e’tirof etmoqda. 
O‘zbekistonning, uning Prezidenti Islom Karimovning ta’lim - tarbiyaga 
ustuvor masala sifatida qarab, yurtimiz yoshlarini, butun jamiyatni doimo o‘qib-
o‘rganish, barcha sohalarni yuksak texnika va texnologiyalar asosida 
takomillashtirish, o‘sib kelayotgan avlodni uzluksiz ta’lim tizimi orqali komil 
insonlar qilib tarbiyalash, har bir o‘g‘il-qizni zamonaviy akademik litsey va kasb-
hunar kollejlariga to‘la qamrab olish, shu asosda ulardagi intellektual salohiyatni 
uyg‘otish borasidagi orzu-maksadlarining yaxlit majmuasi bo‘lgan Kadrlar 
tayyorlash milliy modeliga bo‘lgan qiziqish jahon miqyosida yildan-yilga 
ortmoqda. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, uni yaratish, amalga oshirish 
tashabbuskori bo‘lgan Islom Karimovning yurtimizda zamonaviy talablarga tuliq, 
javob beradigan yangi ta’lim modelini ishlab chiqishdagi xizmatlarini ham butun 
dunyo e’tirof etmoqda. 
Mustaqillik xalqimizning har tomonlama bilimli, sog‘lom va barkamol 
avlodni voyaga etkazish borasidagi orzularining ruyobga chiqishi uchun imkon 



yaratdi. Xalqimiz uchun iste’dodsiz bolaning o‘zi yo‘q. Ajdodlari dunyo ilm-faniga 
ulkan xissa kushgan bu xalq farzandlarining har biri qaysidir ma’noda iste’dod 
sohibi. Tomirimizda buyuk bobolarimiz qoni oqayotgan ekan, ularga xos bo‘lgan 
yuksak salohiyat va iste’dod ham ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat orqali, albatta, 
yuzaga chiqadi.
Bu g‘oya va qarashlar Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo‘lib, bugungi 
kunda bosqichma-bosqich hayotga joriy etib borilyapti. Ishonchimiz komilki, 
O‘zbekistonning buyuk kelajagi asoslaridan biri bo‘lgan zamonaviy ta’lim modeli 
mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib chiqish, yurtimizda hech 
kimdan kam bo‘lmagan, dunyoqarashi keng, sog‘lom va barkamol avlodni - 
Vatanimiz kelajagining haqiqiy egalarini tarbiyalab voyaga etkazishda hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish