Elektron tibbiyot uskunalari profilaktikasi va xizmat


Tibbiyot texnikasini o‘rnatish, sozlash va ta’mirlash korxonasi va



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/104
Sana01.07.2022
Hajmi3,82 Mb.
#726268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104
Bog'liq
fayl 1568 20210824

1.Tibbiyot texnikasini o‘rnatish, sozlash va ta’mirlash korxonasi va 
firmasining vazifalari

1.1.Tibbiyot texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish 
Tibbiyot texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish soxa ko‘rinishi bo‘yicha uni 
ishlatish mobaynida uni yaxshi va o‘z muddatida ishlashini ta’minlaydigan bino, 
tashkiliy tadbirlarni uskuna, qurilma, anjom o‘lchash texnikalari majmuasiga 
aytiladi. Xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan tibbiyot texnikasiga ro‘yxatdan 
o‘chirib tashlash uchun xulosalarni shu tibbiyot texnikasiga texnik xizmat 
ko‘rsatish tashkiloti beradi.
Foydalanish va qo‘llanish sohasi. 
Ushbu qo‘llanma tibbiy majmualarida o‘rnatilgan va ishlatayotgan tibbiyot 
texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari uchun umumiy talablarni 
o‘rnatadi. 
Ushbu qo‘llanma quyidagilarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. 

tibbiy faoliyat va tibbiyot texnikasini ishlatish uchun litsenziyasi 
bo‘lgan (yuridik va fizik shaxs) barcha tibbiyot muassasalarida; 

tibbiyot muassasi bilan tibbiyot texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish 
uchun tegishli litsenziya akkreditatsiya va shartnomaga ega bo‘lgan 
korxona va xususiy korxonalarda; 

tibbiyot texnikasini sifatini, effektiv va xavfsiz ishlashini nazoratini 
ta’minlaydigan korxona, muassasa tashkilotlar yoki ularni vakillari 
uchun. 
Elektron meditsina texnikalarining uzoq vaqt normal ishlashi uchun texnik 
xizmat ko‘rsatishning ahamiyati haqida yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Elektron 
meditsina apparatlarini tuzatishning uch turi mavjud, 
kundalik (“tekushiy remont”) ta’mirlash. Bunda meditsina apparatlarini 
ishlatish vaqtida uchraydigan ayrim nosozliklarni aniqlab, tuzatish 
ishlari bajariladi. Bu ishlarni texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassislari 
ham bajarishi mumkin: 



o‘rta (“sredniy remont”) tamirlash. Bunda meditsina apparatining ayrim 
qism va bloklarining ishdan chiqqanligini aniqlab, so‘ngra ular 
almashtirib tuzatiladi. o‘rta ta’mirlash ishlari davolash muassasasi 
sharoitida olib borilishi mumkin: 
1.1-rasm Tibbiyot texnikasini tamirlash 
to‘liq (“kapitalniy remont”) ta’mirlash. Bunda tuzatish ishlari 
apparatning bir necha blok va qismlarining ishdan chiqishi, yoki 
umuman apparatning ishdan chiqishida maxsus ustaxona yoki zavod 
sharoitida olib boriladi. 
O‘rta va to‘liq ta’mirlash ishlarini olib boravchi mutaxassis katta
1.2-rasm. Tibbiyot texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatishning sinflanishi 



tajriba va bilimga ega bo‘lishi zarur. Ushbu mutaxassisning ish joyi zamonaviy 
o‘lchash asboblari va nazorat texnikalari, test ob’ekt, turli servis hujjat va 
instruksiyalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Ta’mirlash ishlarini amalga 
oshirishda davolash muassasasi xodimlari tuzatish korxonasi, firmasi nomiga 
kafolatlangan xat bilan murojaat qilishlari zarur bo‘ladi. Ushbu xat asosida 
tuzatuvchi mutaxassis davolash muassasasiga kelib meditsina texnikasi xolati 
bilan tanishgach, kerakli tuzatish usulini tanlaydi. Zarur bo‘lsa meditsina 
texnikasi tuzatish korxonasiga olib boriladi va maxsus ish joyida tuzatish ishlari 
amalga oshiriladi. Meditsina apparatlarining texnik hujjatlaridagi «asosan 
uchraydigan nosozliklar va ularni aniqlab tuzatish usullari» qismida 
ko‘rsatilganidek apparatning turli nuqtalaridagi kuchlanishi, tok, impulslarning 
shakllaridan foydalanib tuzatish ishlari olib boriladi. Ayrim ta’mirlash firmalari 
yoki korxonalari meditsina texnikasi ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan yaqin 
aloqada bo‘lganligi sababli ularda meditsina texnikasini tuzatish uchun zarur 
ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar etarli bo‘ladi. Tuzatish ishlari bajarilgach, 
meditsina texnikasining ish parametrlari tekshiriladi va zarur texnik parametrlar 
kerakli elektr zanjiri elementlari yordamida sozlanadi. Bu asosan o‘zgaruvchan 
qarshilik, kondensator, induktiv g‘altaklar yordamida amalga oshiriladi. 
Sozlashlarni bajarish vaqtida zarur ossillograf, generator, chastotomer, voltmetr, 
ommetr, ampermetr va boshqa asboblardan foydalaniladi.
Ushbu tavsiyanomada quyidagi termin va aniqlanishlardan foydalaniladi: 
Tibbiyot texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish –tibbiyot texnikasini ishga 
yaroqliligini, qo‘llab turish, tiklash uchun zarur bo‘lgan tadbirlar majmuasi 
(o‘rnatish, sozlash va ta’mirlash ishlari bilan qo‘shib) bo‘lib ular tibbiyot 
texnikasi effektiv va xavfsiz ishlashini normativ va ishlatish xujjatlari asoida 
ishlash muddati davomida ta’minlaydi. SHuningdek ularni tashish va saqlashda 
shu ishlar ta’minlanadi.
Tibbiyot texnikasi va texnik xizmat ko‘rsatish ni davriyligi -xuddi shunday 
texnik xizmat ko‘rsatishni yoki sal murakabroq texnik xizmat ko‘rsatish ishi 
orasidagi vaqt oarlig‘i. 


10 
Tibbiyot 
texnikasi 
holatini 
texnik 
nazorati 
-tibbiyot 
texnikasi 
mahsulotlarini xarakteristika va parametrlarini normativ, konstruktorlik va 
ishlatish xarakatlariga moslashini tekshirish, eskirgan, zarar ko‘rgan qismlarni 
aniqlash, barcha himoya va blakirovka qilish qurilmalarini ishni va ishlatish 
xujjatlarini borishi va yurishini tekshiriladi.
Tibbiyot texnikasini ta’mirlash-Tibbiyot texnikasini ishga yaroqliligini 
qayta tiklash bo‘yicha ishlar yig‘indisi bo‘lib u Tibbiyot texnikasini resurslari 
va tarkibiy qismlarini tiklaydi. Tibbiyot texnikasi mahsulotlarini kundalik 
ta’miri-mahsulotni resurslarini qayta tiklanmaydigan rejadan tashqari ta’sir, u 
to‘satdan sodir bo‘lishi muhim. Bunda nosozliklar elementlarini almashtirish 
bilan amalga oshiriladi. (texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan 
summani 1% dan ortmagan bo‘lsa). Ta’mirdan keyin TTni texnik holati ishlatish 
xujjatlarida ko‘rsatilgan xajmlarda amalga oshiriladi. 
Tibbiyot texnikasini chegaraviy xolatlari – bu holatgacha ishlatish vaqti. 
Ishlatish hujjatlari –tibbiyot texnikasiga u keltirilgan vaqtda birga keladigan 
xujjatlar (pasport, formalar, ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar va boshqalar) uning 
taritbida:

tibbiyot texnikasini tuzilishi, ishlash tamoyili, xarakteristikalari 
(xususiyatlari) va tarkibiy qismlari haqida; 

tibbiyot texnikasini to‘g‘ri va xavfsiz ishlash uchun ko‘rsatmalar; 

utillashtirish haqida 

Tibbiyot texnikasini ishlab chiquvchi korxona va kafolat majburiyatlari 
bo‘ladi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish