Fanning maqsadi:
“Jаhоn аdаbiyoti tarixi” fanining maqsadi jаhоn аdаbiyoti tаriхining muhim pоetik-estеtik
qirrаlаrini mujаssаm qilgаn аdаbiy аsаrlаrni o`rgаnish оrqаli bаdiiy-fаlsаfiy qаrаshlаrdаgi nаzаriy-bаdiiy
evоlyutsiyani ko`rsаtib bеrish hаmdа аdаbiyot tаriхi vа аdаbiy-nаzаriy tаfаkkur tаdrijining shахs vа
jаmiyat hаyotidаgi o`rni vа аhаmiyatini оchib bеrish, tаlаbаlаrning аdаbiy-estеtik tаfаkkurini
yuksаltirish, ilmiy mushоhаdаning vujudgа kеlishi hаmdа nаzаriy jihаtdаn tаhlil qilish vа tаlqin
ko`nikmаlаrini hоsil qilish, fаоl ijоdkоrlik ruhi vа mаs`uliyatini shаkllаntirishdan iborat
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
- bakalavr talaba jahon adabiyotidagi asosiy tamoyillar, jahon adabiyoti tarixini davrlashtirish
muammolari, jahon xalqlari folklori, qadimgi afsona va rivoyatlar, jahon xalqlari folklorining mushtarak
jihatlari, mavzulari, qahramonlari, folklor syujetlarining yozma adabiyotga o‘tishi, folklor dostonlari va
yozma dostonlar, jahon xalqlari adabiyotidagi sayyor syujetlar, dostonlardagi variantlilik, yozma
adabiyotning shakllanishi, diniy va dunyoviy adabiyot, tarjima adabiyoti, jahon adabiyotidagi janrlar
haqida tasavvurga;
- jahon adabiyoti tarixining nazariy muammolari, mumtoz va zamonaviy adabiyotdagi adabiy tur
va janrlar tasnifi, mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarini tahlil qilish, jahon adabiyoti
namoyandalari, jahon adabiyoti taraqqiyoti tamoyillari, adabiyot namunalarida tarixiy davr aks etganligi,
asarlar syujeti, asarlar qaysi ijodiy metodga mansubligi, asarlar g‘oyaviy mazmuni, asarlarning asosiy
qahramonlari, badiiy xususiyatlari, ijodkorlarning tarjimai holi, asarlar qanday qabul qilingani,
baholangani, jahon adabiyoti tarixi tamoyillari to‘g‘risida xulosalar
chiqarishni bilish va ulardan
foydalana olish malakasiga;
- jahon adabiyotidagi adabiy tur va janrlarni farqlash va ularning spetsifik xususiyatlarini belgilay
olish, jahon adabiyotidagi asarlarning poetik xususiyatlarini aniqlay olish, asarlarning xususiyatlarini
aniqlashda tarixiylik tamoyilidan kelib chiqish, jahon adabiyoti bo‘yicha tanlangan mavzu yuzasidan
ilmiy umumlashmalar chiqara bilish, jahon adabiyotidagi tarixiy, ijtimoiy muhit, ijodiy maktab va
an’analarning o‘rnini aniqlash, badiiy asarlarni uslubiy tahlil etish, badiiy asarlar syujeti, g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlari to‘g‘risidagi fikrlarni muayyan tizim asosida ifodalash, asarlarni tahlil qilishi jarayonida
badiiy matn va ijodkor uslubini aniqlash, folklor va yozma adabiyot namunalariga tarixiy davr asosida
yondashish, she’riy asarlarni tahlil qilishda vazn o‘lchovlarini qo‘llay bilish, asar mazmuniga, unda
ifodalangan g‘oyaga hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda baho berish, jahon adabiyoti
namunalarining estetik mohiyatiga kirib borish, jahon adabiyotidagi tur va janrlarni farqlash, jahon
adabiyotida qo‘llangan badiiy tasvir vositalarini farqlay bilish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |