Ноябрь 2020 16-қисм
Тошкент
TEMIR YO’L TRANSpORTIdA SVETOFORLARNI BOSHQARISHdAGI RELE
BLOKLILARINI MIKROpROSESSORLI MOdULLINI ISHLAB cHIQISHdAGI
AFZALLIKLAR
Xolboyev Sherzod Faxriddin o’g’li
Toshkent davlat transport universiteti magistranti
Telefon: +998(99) 660 08 07
Ikromov Nodir Tohir o’g’li
Toshkent davlat transport universiteti magistranti
Telefon: +998(99)8712545
sherzodxolboyev@gmail.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada svetoforlarning umumlashgan mikroelektron modullarining
rele blokli turlaridan ayrim farq va afzalliklari keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
rele, releli tizim, svetofor, mikroprotsessorli tizim, stansiya, elektr markazlashtirish,
mikroelektron modul, milkrokontroller.
bugungi kunda “oʻzbekiston Temir Yoʻllari” aJ qarashli stansiyalarning aksariyat qismi
releli tizimlarda boʻlgani sababli poyezdlar harakatiga xavf tug’diradigan xatoliklar mavjud.
Ko’plab rivojlangan davlatlar temir yoʻl stansiyalarida mikroprosessorli tizimlar qoʻllaniladi.
Shu sababli rele ishlab chiqarishga boʻlgan ehtiyoj keskin kamaydi va zavodlarning aksaryat
qismi ish faoliyatini to’xtatgan. bu holat rele va boshqarish bloklarining tannarxini oshishiga
sabab bo’lmoqda. poyezdlarni stansiyaga qabul qilish va joʻnatishda elektr markazlashtirish
tizimlarida vaqt reglamentlari qoʻllanilmoqda. bunga sabab stansiyalarda releli tizimlarining
ishlatilayotganidadir.
releli elektr markazlashtirish tizimlarini mikroprosessorli tizimlar bilan solishtirganda tizimning
tezligi nisbatan ancha sekinligi, relelar oʻlcham jihatdan mikroprosessorli tizimlarga nisbatan
ancha koʻp joyni talab qilishi bilan farqlanadi. Yana bir muammo shundaki, svetoforlarning
turiga qarab (poezd va manyovr), ushbu bloklar ham turlarga bo’linadi (Vd-62, Mi, Mii, Miii).
bu blokning bir turini boshqasining o’rniga ishlatish imkoniyatini yo’q qiladi.
bu muammolarning yechimi eskirgan releli tizimlarni mikroprosessorli tizimlarga oʻtkazish
asnosida hal qilinadi.
Svetoforlarning umumlashgan mikroelekron platalarining turli xil modullari mavjud. u esa
qaysi elektr markazlashgan tizim asosida loyihalashtirilganlikka bog’liq (1-rasm, b). 1, b -rasmdagi
modul, shuningdek, mikroprosessorlarga asoslangan elektr markazlashtirish tizimlarini ishlab
chiqaradigan ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqarilgan svetoforlarni boshqarish
uchun ishlab chiqilmoqda. u esa rele va bloklarning gabarit o’lchamlariga nisbatan ancha kichik
modulga mo’ljallangan
a)
b)
Do'stlaringiz bilan baham: |