14
bloklarda) qoliplab, bosqonlarda shtamplab, presslarda cho’zib tayyorlanadi.
QTD dagi teshiklar presslarda andazalar yoki bo’lish-nusxa ko’chirish qurilmalari yordamida
shtamplarda presslab ochiladi. Teshiklarni parmalab ochish unumsiz va tejamsiz usuldir.
Darzlar, teshiklar va yoriqlar gaz payvand yordamida yoki karbonat angidrid gazi muhitida
yoy yordamida payvandlab bartaraf etiladi. Darzning ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun
payvandlash oldidan uning uchlari parmalanadi, so’ngra payvandlanadigan joylar to’g’rilanadi.
Payvand choklarni bolg’alash va tozalash payvandlanadigan joyni puxtalash, germetiklnkni
yaxshilash hamda kuzovni zarur profilga keltirish maqsadida bajariladi. Bolg’alash uchun pnevmatik
to’g’rilash bolg’asi va tirgaklar komplektndan foydalaniladi. Payvandlangan joylar pnevmatik yoki elektr
jilvirlash mashinalariga o’rnatilgan jilvir toshlar yordamida tozalanadi.
Kuzovlarni pardozlash ularga to’g’ri geometrik shakl va zarur g’adir-budurlik berish uchun
mo’ljallangan. Eyilgan va do’ppaygan joylar pnevmatik to’g’rilash bolg’alarida yoki qo’lda bartaraf
etiladi. qoplamalar sirtidagi bir
oz
ezilgan joylar kavsharlab yoki plastik massalar bilan tekislanadi.
Kuzovning tekislangan joylari korroziya izlaridan, payvandlashda hosil bo’lgai kuyundi va
g’uddalar pnevmatik yoki elektr jilvirlash mashinalari yoxud elektromexanik cho’tkalar yordamida
tozalanadi. Kuzov yoki kabina sirti ishqorli eritma bilan yog’sizlantirilgach, suv bilan yuviladi,
issiq havo bilan quritiladi, keyin grunt qatlami surkaladi, shpaklyovkalanadi va pnevmatik yoki
elektr jilvirlash mashnnalari yordamida, shuningdek qo’lda pemza va jilvir qog’oz yordamnda
jilvirlanadi.
Payvandlash ishlari tunukasozlik kuzov ishlarini ajratib bo’lmas qismi bo’lib, unda kuzovlarni
ta’mirlashda bajariladigan hamma payvandlash ishlari bajariladi. Kuzov uchastkasida gazli, elektr va
nuqtaviy payvandlash ishlari bajariladi. Kuzovlarni ta’mirlashda shikastlangan joylarni kesib tashlash,
to’g’rilash ishlarida, kuzovni qismlar yoki yangi qismlar qo’yishda, qo’shimcha detallar qo’yishda hamda
yoriqliklarni, uzilgan va singan joylarni to’ldirishda payvandlash ishlari bajariladi.
Tunukasozlik ishlari qanotlar, loyto’sgichlar, kapotlar, radiatorni oldi to’sgichi, eshiklar va kuzovni
boshqa qismlarini hamda ishga yaroqsiz bo’lgan qismlarni almashtirish uchun murakkab bo’lmagan
detallarni tayyorlash ishlari bajariladi. Panel usulida kuzovlarni ta’mirlash zamonaviy usul hisoblanadi,
bunda kuzovni shikastlangan qismi to’la yoki qisman almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: