Yaqin va o’rta
sharqning o’rta
asrlardagi shaharlari
MAVZU :
Osiyoning g
ʻ
arbiy va jan.g
ʻ
arbiy hamda
Afrikaning shim,sharqiy qismidagi
hududlarning nomi. Yaqin Sharqda Misr,
Sudan, Bahrayn, Birlashgan Arab
Amirliklari, Iordaniya, Iroq, Isroil, Falastin
Muxtoriyati, Kipr, Quvayt, Livan, Saudiya
Arabistoni, Suriya, Turkiya, Ummon,
Yaman, Qatar kabi davlatlar va
amirliklar joylashgan. G
ʻ
arb
adabiyotlarida Yaqin Sharq hududini
Eron va Afg
ʻ
oniston bilan birga O
ʻ
rta
Sharqdeb atash qabul qilingan. 19-asr
va 20-asr boshlarida Yaqin Sharq
tushunchasiga Usmonli turk imperiyasi,
jumladan, Bolqon yarim orol ham
kiritilgan.
O‘rta asrlarda Sharq jamiyatlarining tadrijiy rivojlanishi Yevropa feodal jamiyatlaridan
farqli o‘laroq alohida yo‘llar bilan bordi. Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
tuzumlarning an’anaviyligi ushbu rivojlanishning juda sekinlik bilan yuz berishiga sabab
bo‘ldi. Bu esa ma’lum darajada o‘quv adabiyotlarida keng qo‘llaniladigan feodalizm
tushunchasining ushbu jamiyatlarga nisbatan ishlatilishini xuddi quldor-chilik tushunchasi
singari shartli qilib qo‘yadi. Sharqda quldorchilik ijtimoiy ishlab chiqarishda hech qachon
muhim rol o‘ynamaydi.
Lekin qulchilik munosabatlari o‘rta asrlarda ham mavjud bo‘lishda davom etgan. Ayni
paytda Yevropa feodalizmining ba’zi ijtimoiy institut-lari qadimgi davrda ham, o‘rta
asrlarda ham Sharqqa yot (begona) bo‘lmas edi. Masalan, qadimgi Xitoyning ilk Chjou
davridagi udel tuzumiga asoslangan davlatining markazlashtirilmaganligi sharoitidagi
ijtimoiy-siyosiy tuzumini esga olish kifoya.
Yangi davr istoriyagrafiyasida
89
o‘rta asrlar haqidagi tasavvurlar XVII-XVIII asrlardagi ma'rifat va
inqilobiy o‘zgarishlar natijasidagi «Yangi tarix» tushunchasi bilan bir qatorda shakllandi. Bunda
G‘arbiy Yevropaning yangi tarixi uning o‘tmishiga, ya’ni qadimgi antik va o‘rta asrlariga qarama-
qarshi qo‘yiladi. Yangi davr yuqoridagi antik va o‘rta asrlar o‘rniga kelgan tadrijiy tarixiy bosqich
sifatida qabul qilinadi. Bu uch bosqichli sxema, antik qadimiylik quldorchilik bilan, feodalizm esa -
o‘rta asrlar bilan bog‘lana boshlangach, tugallangan shakllarni olgan edi. Yangi davr
istoriyagrafiyasida o‘rta asrlar o‘ziga xos maxsus ijtimoiy-siyosiy tuzum sifatida ko‘riladi. Unga
binoan, o‘rta asrlar jamiyatining siyosiy tuzilishi markazlashmaganligi va vassalliklenga oid
munosabatlar tizimi-ning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Feodalizm tushunchasi markscha
adabiyotlarda mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida ifodalanib, ishlab chiqarishning
maxsus usuli haqidagi ta’limot darajasiga ko‘tariladi.
amiyat taraqqiyotiga nisbatan formatsion yondashuvlarda ishlab chiqarish munosabatlari asosiy
omil sifatida ajratib ko‘rsatiladi, har bir muayyan jamiyat tizim tarzida ko‘riladi. Bunda ishlab
chiqarish munosa-batlaridan boshqa barcha ijtimoiy aloqalar ular ustida turuvchi yasama
ustqurma hisoblanadi. Bu tarixga monistik-materialistik qarashni belgi-laydi. Tarixga monistik-
materialistik qarashning asosida tarixiy jarayon-larni formatsion davrlashtirish yotadi. Unga
ko‘ra, quldorchilik tuzumi o‘rniga feodalizmning, feodal tuzum o‘rniga kapitalizmning va
nihoyat, «oxir-oqibatda butun insoniyatning porloq kelajagi» sifatida kommunizm-ning kelishi
go‘yoki birin-ketin keladigan qonuniy va muqarrar tarixiy jarayonlardir.
Lekin Karl Marksning o‘zi ham ko‘pgina jamiyatlarning tarixini bun-day sxemaga solib o‘rganish mumkin
emasligiga ma’lum darajada tushu-nib yetgandi va o‘zining dastlabki asarlaridayoq «osiyocha ishlab
chiqarish usuli»ning alohidaligi haqidagi ta’limotni yaratgan edi. «Osiyocha ishlab chiqarish usuli» haqidagi
masala yuzasidan yaqin-yaqinlargacha ilmiy adabiyotlarda tortishuvlar mavjud edi. Biroq, sharq
jamiyatlarida qadimgi davrda ham, o‘rta asrlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumning
o‘ziga xosligi, ularning juda sekinlik bilan rivojlanib borish xususiyati, ko‘p ukladliligining turg‘unligi,
tarixiy an’analar, diniy mafku-ra va boshqalarning ijtimoiy taraqqiyotga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi so‘zsiz tan
olingandan so‘ng bunday tortishuvlarga o‘rin qolmadi.
Sharq jamiyatlarining kamdan-kam
uchraydigan hodisa ekanligi ijtimoiy
taraqqiyotning ko‘p qirrali ekanligidan,
faqat bazisdagi o‘zgarish-largagina
bog‘liq ekanligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, Yevropa mamla-katlarida
feodalizm tushunchasi o‘rta asrlar
iborasining sinonimi sifatida ishlatiladi.
Lekin buni Sharq mamlakatlariga
nisbatan qo‘llanishi to‘g‘ri emas. Xuddi
shuningdek, Yevropa mamlakatlarida
ham, Sharq mamla-katlarida ham o‘rta
asrlar yoki feodalizm davrining quyi va
yuqori xronologik chegaralarini
belgilash juda qiyin. Shunday bo‘lsa-da,
sof metodik nuqtai nazardan insoniyat
tarixining bunday uzoq davom etgan
bosqichini ma’lum tizimga solib,
chuqur va atroflicha o‘rganish
maqsadida davrlashtirish va buning
uchun uning quyi va yuqori
chegaralarini aniqlab olish taqozo
qilinadi.
Sharq tarixiga oid o‘quv adabiyotlarida o‘rta asrlarning chegaralari (quyi chegarasi sifatida, odatda,
V-VII asrlar ko‘rsatiladi) qator tarixiy omillar majmui bilan bog‘lab tushuntiriladi. Ularning orasida
siyosiy tuzumdagi sifat o‘zgarishlari, markazlashgan imperiyalarning tashkil etilishi, juda yirik
sivilizatsiya markazlarining, jahon dinlarining tashkil topishi va chet mamlakatlarga kuchli ta’sir
ko‘rsata boshlashi bilan bog‘liq omillar va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
Sharq tarixiga oid o‘quv adabiyotlarida o‘rta asrlarning chegaralari (quyi chegarasi
sifatida, odatda, V-VII asrlar ko‘rsatiladi) qator tarixiy omillar majmui bilan bog‘lab
tushuntiriladi. Ularning orasida siyosiy tuzumdagi sifat o‘zgarishlari, markazlashgan
imperiyalarning tashkil etilishi, juda yirik sivilizatsiya markazlarining, jahon dinlarining
tashkil topishi va chet mamlakatlarga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlashi bilan bog‘liq
omillar va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
Sharq mamlakatlarining butun tarixiy rivojlanishiga yerga nisbatan davlat mulkchiligining keng
tarqalishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Albatta, davlat mulki jamoachi-dehqonlarning xususiy yer egaligiga
asoslangan jamoa mulkchiligi shakli bilan qo‘shilib ketgan edi. Davlat mulki tor ma’noda faqat
monarxning juda katta yer egaligini va davlat xazinasini o‘z ichiga olgan. U keng ma’noda
hokimiyatga aloqasi bo‘lgan shaxslarga davlat fondidan in'om tarzida hadya qilib berilgan yerlarni ham
o‘z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |