G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Muskullarning rivojlanishi



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/201
Sana01.07.2022
Hajmi9,92 Mb.
#725465
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Muskullarning rivojlanishi. 
Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti 
ja ra y o n id a ta b a q a la n ib borib, sut em izuvchi h ay v o n lard a ancha 
rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning orqa-chetki 
qismidagi somitlardan hosil bo'ladi. Bunda avval hayot uchun eng zarur 
muskullar: til, lab, diafragma, qovurg'alararo, so'ngra qo'l, gavda va 
oyoq muskullari rivojlanadi.
Bola tug'ilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan bo'ladi. 
U lar bolaning hayoti davom ida rivojlana borib, 25 yoshda to 'liq
shakllanadi. Muskullarning rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va 
bola qad-qomatining shakllanishiga sabab bo'ladi. Yangi tug'ilgan bola 
muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% ni, 8 yoshda - 27,2% ni, 12 
yoshda - 29,4% ni, 15 yoshda - 32,6% ni, 18 yoshda - 44,2% ni tashkil 
etadi. Bir yoshda yelka kamari, qo'l muskullari yaxshi rivojlangan bo'ladi. 
Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari 
tez o'sadi, 6-7 yoshdan boshlab qo'l panjasining muskullari tez rivojlanadi. 
Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo'lib, yozuvchi 
muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12-16 yoshda yurish-turish uchun 
zarur muskullar rivojlanadi. Yosh ortib borishi bilan muskullarning 
kimyoviy tarkibi, tuzilishi ham o'zgaradi. Bolalar muskulida suv ko'p
183
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va nerv 
tolalari soni ortadi. Umuman, katta odam larda 50 yoshdan boshlab 
muskullar sust rivojlanadi. Keksayganda vazni 15-20% kamayadi.
Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta ’siri natijasida 
muskullar qisqaradi. Bu impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini 
saqlab turadi, boshqacha aytganda, skelet muskullarining uyg'unlashgan 
harakatini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham odamning harakatlari 
tartibli bo'ladi. Skelet m uskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga 
borliq. Muskul asosan muskul tolalaridan tuzilgan. Organizmdagi barcha 
muskullar ko'ndalang yo'lli muskullar va silliq muskullarga bo'linadi.
To'qimaning m a’lum vaqt ichida ta ’sirni juda ko'p qabul qilib, yangi 
ta’sirga tayyorlanishi labillik, ya’ni funktsnonal harakatchanlik deb aytiladi. 
Skelet muskullari ta’sirga qancha tez javob qaytarsa, vaqt birligida undan 
shuncha ko'p ko'zg'alish o'tadi va labilligi shuncha yuqori bo'ladi. Aksincha 
muskul ta ’sirga qancha sekin javob bersa, labilligi shuncha past bo'ladi. 
Bola yoshining ortishi bilan labillik ham orta boradi. 14-15 yoshda labillik 
kattalarnikidek bo'lib qoladi. Bir butun organizmda muskullarga juda ko'p 
impulslar ketma-ket kelib turadi. Muskullar ana shu impulslarga javoban 
uzoq qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-tez kelib turganidan muskullarning 
shu tariqa qisqarishi tetanik qisqarishi, ya’ni tetanus deb ataladi.
Muskullarning ishi va kuchi uzunligiga bog'liq. Muskul kuchi shu 
m uskul tolalari yig'indisining k o 'n d ala n g kesigi diam etriga to 'g 'r i 
proporsionaldir. Boshqacha aytganda, muskul ko'ndalang kesigining 
diametri qancha katta bo'lsa, muskul shuncha kuchli bo'ladi. Muskul 
ishi yuk og'irligi yetarli bo'lganda juda yuqori bo'lasa, yuk m e’yoridan 
og'irlashganda esa muskulning ish qobiliyati pasayib ketadi. Jismoniy 
m ehnat va sport bilan shug'ullanib turilganda muskul tolalarining 
yo'g'onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez 
ortasa, 9 yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O 'sm irlarda 
b alo g 'a tg a yetish d av rid a m u skullar kuchi tez o rtad i va tu rlich a 
rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka va bilak muskullari, 6-7 yoshda panja 
muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa barcha muskullar kuchi ortib 
boradi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq qilishga, jinsga bog'liq. 
Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam bo'ladi. M ashqlar ta ’sirida 
muskullar massasi ham orta boradi, moddalar almashinuvi, ayrim organlar 
(yurak, o'pka, me’da va boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada organizm 
yaxshi o'sadi va rivojlanadi.
184
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish