A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/245
Sana01.07.2022
Hajmi6,54 Mb.
#725345
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

x o n i Q o d irx o n
(Tamg'ochxon) bilan Mahmud G'aznaviy (998-1030-yy.) birgalikda 
Movarounnahr ustiga yurish boshladilar. Ali takin Buxoro va 
Sam arqandni 
qoldirib cho'lga chckinishga majbur bo'ldi. Ittifoqchilar 
M ovarounnahrda 
o'zlarining harbiy-siyosiy mavqelarim mustahkamlay olmadilar va 
uni 
tashlab chiqishga majbur bo'ldilar.
1032-yili Xorazm hukmdori Oltintosh (1017—1032) ham urinib 
ko'rdi, 
lekin uning barcha harakat lari 
/o y e
ketdi. Tarixiy manbalar, 
m asalan. 
Abulfazl Bayhaqiy bergan m a’lumotlarga qaraganda, Ali takindan 
kcym
142


taxm inan 
1 0 4 0
-yilga qadar uning o ‘g‘illari hukmronlik qildilar. Ulardan 
kevin 10 6 0 -yilgach a 
Abu Is’hoq 
Ibrohim
ibn Nasr hukm yuritgan. U 
O oraxoniylar 
poytaxtini O'zganddan (Farg'ona vodiysidan) Samarqandga 
ko^chirib olib 
keldi. Uning vafotidan keyin o ‘g‘illari o'rtasida taxt uchun 
kurash boshlandi. 
Bu kurashda Abu Is’hoq Ibrohim ibn Nasming Shams 
ul-m ulk 
Nasr ismli o ‘g‘li g'olib chiqdi.
Sham s 
ul-mulk Nasr davrida (1068—1080) Ooraxoniylar va Saljuqiylar 
o 'rta s id a
T erm iz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga 
T a m g 'o c h x o n
Q odir Y usuf va uning o ‘g ‘illari unga qarshi kurash 
boshladilar 
va Sirdaryoning shimoliy sohilidagi yerlami hamda Farg'onani 
undan tortib oldilar.
Abu Is’hoq Ibrohim ibn N asr va uning avlodi bilan musulm on 
ruhoniylari o'rtasidagi ziddiyatlar Shams ul-m ulkning taxt vorislari Xidir 
va 
Ahmad (1081 — 1089) davrida benihoyat kuchaydi. Saljuqiy Malikshoh
I 1089-yili M ovarounnahrga qo'shin tortib, Buxoro va Samarqandni 
za b t 
etdi. Lekin, Saljuqiylar tez orada sulh tuzib, Movarounnahrdan 
chiqib ketishga majbur bo'ldilar. Sulton Sanjar davrida (1118-1157), 
1130-yildan boshlab, Ooraxoniylar unga tobe bo'lib qoldilar. Mamlakatda 
siyosiy tarqoqlik kuchaydi — viloyat va o'lkalam ing ko'pchiligi mustaqillik 
e ’lo n
qildi. Ana shunday mustaqil viloyatlardan biri Buxoro bo'lib, bu 
yerda hokimiyat Sadrlar (Burhoniylar) deb ataluvchi ruhoniylar sulolasi 
(1130—1207) qo'liga o'tdi.
Ooraxoniylar inqirozga yuz tutgan va M ovarounnahr tarqoqlik 
iskanjasiga 
tushib qolgan paytda, uning shimoli-sharqiy va g'arbiy tarafida 
ikki yirik 
harbiy siyosiy kuch paydo bo'ldi. Bulardan biri qoraxitoylar 
b o 'lib
(etnik tarkibi aniqlanmagan), ba’zi m a’Iumotlarga ko'ra, ulaming 
asli tu n g u s, 
ayrim olimlaming fikricha m o'g'ul edi. Ular XII asr boshlarida 
d a s tla b
Chug'uchak, keyinchalik Bolosog'un shahri bilan birga butun 
Y ettisu v
vohasini ishg'ol qildilar. Qoraxitoylaming oliy hukmdori gurxon 
d e b
atalgan. Yana bir yirik harbiy siyosiy kuch Xorazmda shakllandi. 
Hgari 
Suljuqiylarga tobe bo'lgan Xorazm 1127-yili mustaqillikka erishdi.
XII asming 30-yillari boshlaridan qoraxitoylaming Movarounnahrga 
talonchilik xurujlari boshlandi. U larS hosh va Farg'ona bilan kifoyalanib 
qolmay, Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalariga ham kirib bordilar. 
Ooraxitoylar 1138-yili Samarqand xoni 
Q o r a x o n iy
Mahmudxonni (1 132- 
I . . ' tor-m or keltirdilar va katta o'lpon olib, Yettisuvga qaytib ketdilar. 
Suit ~У‘с U*ar ^ а т а г ЧапФ»а yaqin Katavon degan joyda Mahmudxon va 
so'n°n p,n^a m ' ng birlashgan kuchlarini tor-m or keltirib, Samarqand,
"8га Buxoroni egalladilar. Lekin, ular Yettisuvdan Movarounnahrga
143


ko'chib o'tm adilar, balki har yili o'lpon olib turish bilan kifoyalandilar.
Xorazmning mustaqillikka erishuvi Xorazmshoh Otsiz (1127—1156) 
nomi bilan bog'liq. U qisqa vaqt ichida Sirdaryoning quyi oqirnida 
joylashgan Jand shahrini va M ingqishloqni egalladi. Sulton Sanjar 
Xorazmni yana bo'ysundirishga harakat qildi, lekin bunga erisha olmadi. 
El Asrlon (1156—1172) va S u lto n T akash (1172—1200) vaqtida 
Xorazmshohlar davlati birm uncha m ustahkam landi. Xorazmshohlar 
1156—1192-yillar orasida Hind daryosidan Iroqqacha bo'lgan yerlarni 
bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldilar. Xorazmshoh M uhammad (1200— 
1220) davlati hududini juda kengaytirdi. 1206 va 1212-yillarda 
B uxoro 
va Samarqandni bosib oldi, 1210-yili esa Yettisuvda Gurxon qo‘shinlariga 
qaqshatqich zarba berdi va bu bilan qoraxitoylaming Movarounnahrga 
bo'lgan da’volariga chek qo‘ydi. Ammo, bu ulkan davlat markazlash- 
magan va mustahkam emas edi. Shuning uchun ham u m o‘g‘ullaming 
kuchli zarbasiga dosh berolmadi.
Qoraxoniylar davrida davlat tepasida xon (manbalarda Tomg'ochxon) 
tuigan va u rasman oliy hukm dor hisoblangan, aslida esa nomigagina 
shunday bo'lib, ijtimoiy-siyosiy hayotda ulus hokimlarining, manbalarda 
ular iligxon atalgan, tutgan mavqei kuchli bo'lgan. Ulardan ayrimlari 
m ustaqil siyosat yuritganlar. F arg 'o n a (m arkazi O 'zgan d) hamda 
Movarounnahr (markazi Samarqand) iligxonlari shular jumlasidandir. 
Qoraxoniylar davlat tuzulmasi haqida m a’lumot kam. Lekin vazir, sohib 
barid, mustavfiy atalmish lavozimlaming mavjud bo'lishiga qaraganda, 
ular davrida ham Somoniylar davlati idoralari saqlangan ko'rinadi.
XI 
asrdan boshlab O'zbekistonda yerga egalik qilishning yangi shakli 
— iqto’, toj-u taxt oldida ko'rsatgan xizmatlari uchun shahzoda va 
xonzodalar, amir va mansabdorlarga in’om tariqasida beriladigan yer- 
suv, taraqqiy eta boshladi.
Qoraxitoylar bosib olingan yerlardan o'lpon yig'ib olish (har bir 
xonadondan bir dinor miqdorida) bilan kifoyalandilar.
Mehnatkash xalqning ahvoli og'ir edi. U ikki tomonlam a, mahalliy 
yirik yer egalari va xorijlik bosqinchilar zulmi ostida qoldi, muntazam 
ravishda xiroj hamda boshqa soliq va jarim alar to'lab turishga, davlat, 
xon va yirik yer egalarining shaxsiy qurilishlarida tekinga ishlab 
berish g a 
majbur edilar.
Bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq qo'zg'olonlari ham 
bo'ldi. Masalan, 1206-yili Buxoroda va 1212-yili Samarqandda 
b o 'lib
o'tgan kosiblar qo'zg'olonlari shular jumlasidandir.
X -X Il asrlarda O'zbekistonda ilm-fan, adabiyot birmuncha rivoj topti.
144


Buxoro, 
Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Gurganj kabi shaharlar 
kengaydi, rivojlandi. Bu davrda Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu 
АГ ibn Si'no 
(980-1037), Abu Bakr M uhamm ad ibn Ja ’far Narshaxiy (X 
asr) 
M a h m u d
Koshg'ariy (taxminan 1 0 2 9 -1038-yillar orasida tug'ilgan) 
kabi’ zabardast 
olimlar, Unsuriy, A m ’oq Buxoriy, So'zaniy Samarqandiy, 
N izo m iy A ruziy 
Samarqandiy, Yusuf Xos Xojib Bolasog'uniy kabi ajoyib 
shoirlar 
va adiblar yetishib chiqdilar. Mamlakatimizda ko'plab masjid, 
m adrasa, 
karvonsaroylar, baland m inoralar va boshqa mahobatli bino va 
in sh o o tla r b a rp o
etildi. Hazora tumanidagi (Buxoro) Deggaron masjidi, 
o 'sh a atrofdagi 
Raboti malik karvonsaroyi (XI asr), Buxorodagi masjidi 
kalon 
(1127-yili qurilib bitkazilgan), Vobkentdagi minora (1198-1199- 
yillari qurilgan), 
Shohi zinda va Afrosiyobdagi (Samarqand) ayrim binolar, 
X orazm dagi 
Bo'ron qal’a, Noib qal’a va Faxriddin Roziy maqbarasi 
(XII 
a sr), sh u n in g d e k , 
hozirgi Qirg'iziston va Turkmaniston o'rnida 
qurilgan 
bino va inshootlar shular jumdasidandir.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish