Biologiya (2) — копия cdr



Download 35,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/33
Sana01.07.2022
Hajmi35,4 Mb.
#724362
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Muhandislik va kompyuter grafikasi Grafika hVCHoNI

Murakkab qirqimlar
– pog’onali va siniq qirqimlarga bo’linadi. 
Murakkab qirqimlar uchun qirqim tepasiga A-A ko’rinishdashi yozuv yoziladi. Harfli 
belgilar alfabit bo’yicha avval ko’rinishlarga, qirqimlarga, so’ngra kesimlarga qo’yiladi.
Agar kesuvchi tekislik detalning simmetriya tekisligi orqali o’tsa, gorizontal, frontal 
hamda profil qirqimlar ustiga A-A, B-B kabi yozuv yozilmaydi.
Simmetrik shakldagi ko’rinishning yarmi qirqimining yarmi bilan qo’shib tasvirlansa, 
simmetriya o’qlaridan ularni ajratish chizig’i sifatida foydalaniladi (2.14-shakldagi A-A, B-B 
qirqimlar).
Pog’onali qirqimlar bir necha parallel kesuvchi tekisliklar yordamida kesib hosil qilinadi 
(2.18-shaklda, A-A). Siniq qirqim kesuvchi tekisliklarning o’zaro kesishuvidan hosil bo’ladi. 
Bunday qirqimni chizmada tasvirlash uchun kesuvchi tekisliklar bir tekislikka joylashgun-
cha shartli ravishda buriladi. 
Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga qiya vaziyatdagi tekislik bilan kesishdan hosil 
bo’lgan qirqimi qiya qirqim deyiladi (2.19-shakl, B-B qirqim). Kesuvchi tekisliklar soniga 
MURAKKAB QIRQIMLAR


35
Muhandislik va kompyuter grafikasi
qarab qirqimlar oddiy va murakkab qirqimlarga bo’linadi:
2.18-shakl
KESIM
Kesim deganda detalning shaklini uning o‘qiga perpendikulyar qilib o‘tkazilgan tekislik 
orqali aniqlash usuli tushuniladi. Shunda tekislikda hosil bo‘lgan yuza kesim deyiladi. Kesim 
standartga muvofiq bajariladi. Kesimdan ko‘proq val, o‘q, shatun kabi detallarning shak
-
li va ulardagi o‘yiq chuqurcha, bo‘rtiq kabilarning geometriyasini aniqlashda qo‘llaniladi. 
Bunday elementlarning o‘qlari orqali detal o‘qiga perpendikulyar qilib kesuvchi tekislik 
o‘tkazilsa, detalning ko‘ndalang kesimi hosil bo‘ladi.
Tashqi ko`rinish va qirqimlar qatori konstruktorlik chizmachiligi va konstruktor-
likning boshqa bir muhit buyumlarini ishlashda “kesim” qo`llaniladi.
Kesim-bu shaklning bir nechta tekisliklar yoki bitta tekislik yordamida kesilgan
-
da ega bo`lingan tasvir. Kesimning qirqimdan farqi shundaki, kesilgan yuza kesuvchi
tekislik bilan birga tasvirlanadi.
KESIM
2.19-shakl
2.20-shaklda detalning gorizontal tekislikdagi kesimi tasvirlangan.
2.20-shakl


36
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Detalni bir yoki bir nechta tekislikda kesish natijasida detalning shaklning tasvirini 
ko’rishimiz mumkin. Kesimda qirqimdan farqi shundaki kesilgan yuzasigina ko’rsatiladi.
2.21 (a) -shaklda gorizontal tekislik A tomonidan kesilgan bir qismni ko’rsatadi. 
2.18(b)-shaklda detalning qirqimi va kesimi tasvirlangan.Rasmda ko`rinib turganidek
qirqimda detalning qirqilgan qismi uning pastki qismi bilan bog`liq holda ko`rsati
-
ladi, kesimda esa ma`lum tekislik bilan kesilgan qismigina ko`rsatiladi.
2.21-shakl
Simmetrik bo‘lgan chiqarilgan yoki ustiga chizilgan kesimlarda simmetriya o‘qi ingich
-
ka shrtixpunktir chiziqlar bilan chiziladi, biroq uzuq chiziqli, harfli va strelkali belgilar qo‘yil
-
maydi.
2.22-shakl
Kesim yuzalarining qurilishi va holati strelka ko‘rsatgan yo‘nalishga mos kelishi shart. 
Kesimni chizmaning ixtiyoriy joyida joylashtirish mumkin. Kesuvchi tekisliklarning holati 
buyumning normal ko‘ndalang kesimiga mos kelishi kerak. Kesim yuzaning shakli kesuvchi 
tekislikni proeksiya tekisliklaridan birortasiga nisbatan parallel holatga kelguncha aylan-
tirib olinadi (2.22-2.23-shakl).
Kesilmaslik va kesib o’tgan tasavvurlardagi assimetrik qismlar uchun uchastka chizig’i 
kuzatuvchining yonidan o’qlar bilan chiziladi, lekin harflar bilan berilmaydi (2.23-shakl).


37
Muhandislik va kompyuter grafikasi
2.23-shakl
Chiqib ketgan bo’limni chizish uchun ko’rinadigan yo’nalishni ko’rsatuvchi o’qlar bilan 
ochiq chiziqdan foydalaning va uni quyidagi satr bilan bir xil katta harflar bilan belgilang, 
masalan, A-A (2.23-shakl,c).
Qirqim va kesim berilayotgan tasvir kesuvchi tekislik bilan bevosita bog`liq ko`rin-
ishga ega bo`lsa, shtrixlab ko`rsatiladi. Shtrixlash detall materialining turiga bog`liq. 
Masalan, agar detal materiali bo`lsa u holda shtrix chiziqlari 450 ostida parallel
ravishda, chapdan yoki o`ngdan yo`nalgan bo`lishi kerak. Shtrix chiziqlar ayni tasvir-
lanayotgan detalda faqat bir tomondan yo`nalgan bo`lishi talab etiladi. Har bir shtrix
chiziqlar orasidagi masofa 2….10 mm ni tashkill etishi kerak. Bunda berilgan masshtab
inobatga olinadi. Kichik o`lchamli chizmalarda esa shtrix chiziqlar orasidagi masofa 1,5 
mm qilib olinishi mumkin. Quyidagi 2.24- shaklda bir nechta materiallarning shartli
belgilari ko`rsatilgan.

Download 35,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish