Og`ir yotgan turli yoshdagi bemorlarning choyshabini, kiyimini (kuylagini)
almashtirish texnikasi.
Bolalar toza tutilishi, ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi lozim. Tibbiy hodim bola sochini
tarashi, tirnog‘ini olishi, lozim bo‘lsa kiyinishiga yordam berishi shart. Maktab
yoshidagi bolalar umumiy rejimda bo‘lsa o‘zlari ertalab va kechqurun yuvinishi,
tishini, qulog‘ini yuvishi shart. Lozim bo‘lsa bolaga tish cho‘tkasidan qpnday
foydalanishni tushuntirish kerak. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarga
g‘amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni sochini shaxsiy tarog‘i
bilan tarashi, ertalab va kechqurun tashqi jinsiy a‘zolarini iliq suvda oldidan orqaga
qarab, orqa teshikka qarab yuvishi lozim. Xaftasiga bir marta tirnoqlarni
tekshirishi, 7-10 kunda bir marta vanna qabul qildirishi kerak. Vanna qabul qilgan
kuni o‘rin-ko‘rpalarini, kiyimlari almashtirilishi kerak. Lozim bo‘lsa yotoq
choyshablari va ichki kiyimlarini tez-tez almashtirish kerak
O‘rin-ko‟rpa tarkibi. Krovat palataga shunday joylashtirilishi kerakki, unga har
tomondan bemalol bora olinishi, bosh tomonni devorga qaragan bo‘lishi lozim.
Qo‘shni krovatlar bilan orasi kamida 1,5 m bo‘lishi kerak. Krovat setkasi yaxshi
tortilgan bo‘lishi, yuzasi tekis, ustiga to‘shak tashalgan, uning ustidan toza
choyshab tashalib chetlari to‘shak ostiga buklangan bo‘lishi kerak, choyshab
chetlari osilib, o‘ralib yotmasligi kerak. Agar bemor choyshab ustida ovqatlansa,
choyshabni qoqib qaytadan yoyish lozim. Paxta, par yostiqlar ustidan toza
yostiqjild kiygizish kerak. Ko‘rpa toza, yengil, issiq bo‘lishi, yaxshi
dezinfeksiyalanishi lozim. Yoz oylvarida bemorlar matoli ko‘rpalardan
foydalanishi mumkin. Ko‘rpa ustiga ko‘rpajild kiygizili shart. Bolalar va
keluvchilar boshqa krovatlarda o‘tirishi mumkin emas. Ota-onalar stulda
o‘tirishlari kerak.
Ba‘zi bemorlarga, ya‘ni umurtqa pog‘onasi, bo‘g‘imlar, ichki a‘zolar patologik
joylashganda (adashgan buyrak) krovat setkasi ustidan taxta, uning ustidan to‘shak
tashlanadi.
Og‘ir bemorlar uchun maxsus funktsional krovatlar ishlatiladi, ularda bemorga
kerakli holatlarni berish mumkini (masalan, yarim o‘tirgan holat). Funktsional
krovat panelli ramadan, ikkita suyanchiqdan, ikkita yon panjaradan, krovat usti
stolidan va korzinadan tashkil topgan. Krovat paneli uchta harakatlanuvchi
seksiyadan iborat: bosh, chano-son va oyoq.
Yon panjaralar olinadi va yosh bolalarni himoya qilishi, shuningdek vena ichiga
uzoq vaqt dori yuborishda bola qo‘l-oyog‘ini bintlashda yordamchi vazifani va h.o.
bajaradi. Krovat usti stoli patnis va ikkita oyoqchadan tashkil topgan bo‘lib,
bevosita bemor yuzi oldiga krovat ustidan qo‘yiladi, agarda bemor yarim o‘tirgan
holatda bo‘lsa. Tuvak uchun korzina bo‘ladi.
Har bir krovat yonida tumbochka bo‘lib, bola shaxsiy gigiyena anjomlari,
kiyimlari, o‘yinchoqlari, kitoblar turadi. Tumbochka holatni hamshira nazorat qilib
turadi.
O‘rin-ko‟rpa va kiyimlarni almashtirish 7-10 kunda bir marta vanna qabul
qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo‘lsa tez-tez ham almashtirilishi
mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo‘lsa o‘zlari kiyinishadi, kichik
yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi.
Og‘ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak
chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo‘lidan chiqarib yechintiradi. Toza
kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo‘li shikastlangan bo‘lsa
oldin sog‘ qo‘lidan, keyin kasal qo‘ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo‘lga,
keyin sog‘ qo‘lga kiygiziladi.
Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi. Agar
bemor o‘tira olsa, uni krovatdan stulga o‘tirg‘izib, hamshira oqliklarni
almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli
bor:
1) eski choyshab bosh tomondan pastga qarab o‘rab kelinadi va olinadi. Ikki
tomondan bintga o‘hshab o‘ralgan toza choyshab bemor dumg‘azasi ostiga
qo‘yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi;
2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o‘raladi, ochilgan
sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o‘tkaziladi, keyin eski
choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.
Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig‘iladi va qopqoli plastmassa idishlarga yoki
polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib chiqiladi. Bo‘lim bekasi boshqa
xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, kasalxonaning
markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi. Oqliklarni
almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal‘siy gipoxlorid
eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.
Bo‘limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo‘lishi kerak. Oqliklarni
markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘z vaqtidan o‘tib va noto‘g‘ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar rivojlanishiga
sababchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |