Morfologik moslanishlarga
sudralib yuruvchilar tanasi
–
tangachalar, qushlarning tanasi pat,
sutemizuvchilarning tanasi qalin jun bilan qoplanganligi misol bo‘l
adi.
Etologik moslanishlar
.Hayvonlar faol
harakatlanish orqali o‘zlari uchun qulay yashash joylarini tanlaydilar. Hayvonlarda evolutsiya jarayonida
paydo bo‘lgan etologik moslanishlarga yashash uchun joy topish, uya qurish, qulay yashash j
oylariga
migratsiya qilish kabi fe’l
-
atvor, xattiharakatlar bilan bog‘liq moslanishlar misol bo‘ladi. Cho‘l agamasi
qizib yotgan qumdan o‘zini himoya qilish maqsadida butalarning shoxiga chiqib olsa, ko‘pchilik sudralib
yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, hasharotlar kunning salqin vaqtlarida isinish uchun tana
holatini o‘zgartirib quyoshga tutadilar. Hayvonlarning tashqi muhit harorati o‘zgarganda moslanish
mexanizmlaridan biri migratsiya, ya’ni
qulay haroratli joylarga ko‘chib o‘tishidir. Hasha rotlar, ba’zi baliq
turlari, qushlar kitlar ham yil davomida migratsiyani amalga oshiradi.
3-savol javobi:
BILET-8
1. Biosferadagi tirik moddaning funksiyasi va xususiyatlari: muhit yaratish, gaz almashinuvi, oksidlanish-
qaytarilish va transport funksiyalari
qanday jarayonlarda namoyon bo‘ladi?
2. Oziq zanjiri va oziq to‘ri nima? Trofik darajalar haqida ma’lumot bering.
3. 90 ta
aminokislotadan iborat bo‘lgan oqsil sinteziga javobgar i
-RNK
uzunligini va DNK shu bo‘lagidagi
fosfodiefir bog‘lari sonini aniqlang.
3-savol javobi:
AK soni 90 x 3 = 270 ta i-RNK nukleotidlari soni
L
(RNK)
=270 x 0,34 = 91,8 nm
N
(DNK)
=270x2=540 ta
Fosfodiefirlar soni DNK da jami nukleotidlar sonidan 2 taga kam 540
–
2 = 538 ta
2
–
savol javobi
:
Oziq zanjiri
–
bu bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchi bo‘g‘in (iste’molchi)ga moddalar va energiya o‘tadigan
organizmlarning tizimli ketma-
ketligi sanaladi. «Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi –
zoolog va ekolog
Ch. Elton tomonidan 1934-
yilda taklif etilgan. Oziq zanjiri bir necha bo‘g‘indan iborat. Zanjirning birinchi
bo‘g‘ini, asosan, yashil o‘simliklardan iborat, undan keyingi bo‘g‘inlarni o‘simlikxo‘r hayvonlar (umurtqasizlar,
umurtqali hayvonlar, parazit o‘simliklar), so‘ng yirtqichlar va parazitlar tashkil etadi. Yashil o‘simliklardan
boshlangan oziq zanjiri o‘tloq tipidagi (produtsent zanjir) oziq zanjir deyiladi. Produtsent zanjir
produtsentlardan boshlanadi va turli tartib konsumentlarini o‘
z ichiga oladi. Bunday oziq zanjiri quyidagi
chizmada keltirilgan:Produtsentlar
→
I tartibli konsumentlar
→
II tartibli konsumentlar
→
III tartibli konsumentlar
Produtsentlar o‘simlikxo‘r hayvonlar –
birinchi tartib konsumentlarning oziq manbayi
, ular esa, o‘z
navbatida, go‘shtxo‘r hayvonlar (birlamchi yirtqichlar) –
ikkinchi tartib konsumentlarning oziq manbayiga
aylanadi. Go‘shtxo‘r hayvonlar uchinchi tartib konsumentlar yoki yirik yirtqichlar (ikkilamchi yirtqichlar)
tom
onidan iste’mol qilinadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |