12-MAVZU. KORXONANING RAQOBATDOSHLIGINI
BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
1.Korxonalarning raqobatbardoshligi omillari va uni baholash tamoyillari.
2.Korxonaning rahobatdoshligini baholash usullari.
3.SWOT tahlili asosida raqobatbardoshlikni baholash.
Korxonaning
raqobatbardoshligi
deganda,
iste'molchilar
uchun
raqobatchilarning tovarlariga nisbatan ko‘proq o‘ziga tortuvchan bo‘lgan tovarlar
ishlab chiqarish va sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish
–ishlab chiqarishni ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun mo‘ljallangan
zarur shartidir. Raqobat muhitining holati haqidagi xulosalar, korxonaning
innovatsion siyosatini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Mohiyatan, raqobatchilar
ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan bo‘ladi va shuning uchun,
korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har qanday ustunlikni
ta'minlovchi yangi elementlarni joriy etishga bo‘lgan layoqat, shu korxona
raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir. Korxona barqarorligi, uning
davomiylik jihatdan uzoq muddatga mo‘ljallangan samarali faoliyat ko‘rsatishini
xarakterlovchi murakkab iqtisodiy kategoriyadir (1-rasm) va korxonaning
raqobatbardoshligi, iqtisodiy xavfsizligi hamda iqtisodiy samaradorlik kabi uchta
elementga asoslangan. Shuni ta'kidlash kerakki, bu elementlar o‘zaro chambarchas
bog‘liq va birgalikda faoliyat ko‘rsatadi, biroq, turlicha funksional vazifalarga ega.
Raqobatbardoshlik ‒ korxona rivojlanishining salohiyatini, barqarorlik esa –
korxonaning uzoq muddatli istiqbolini belgilaydi. Korxonaning barqarorligini
vaqtlarga taqsimlangan raqobatbardoshlik, deb aytish mumkin. Vaqtning uncha
katta bo‘lmagan intervallarida bu ikkala tushuncha teng kuchga ega bo‘ladi.
Korxonaning ishlab chiqarishni, mehnat va boshqarishni tashkil etishda, uning
texnik hamda texnologik imkoniyatlarida ifodalangan ishlab chiqarish salohiyati ‒
innovatsiyalarni o‘z vaqtida ta'minlab beradigan elementdir. Korxonaning ishlab
chiqarish salohiyati qancha yuqori bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishga va uning
sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi shuncha past bo‘ladi. Ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning, raqobatchilar tovarlarining sifatidan yuqori turuvchi
sifati, innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir.
Korxonaning raqobatbardoshligini baholash uchun ilmiy yondashuvlarni
Qo‘llagan holda uning holatining yalpi tashhisini amalga oshirish zarur.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatining tashhisi yoki vaziyat tahlili - korxona
turgan vaziyatni aniqlab beruvchi, ya'ni uning ishlab chiqarish, xo‘jalik va
moliyaviy faoliyatining butun jarayoniga ta'sir ko‘rsatuvchi holatlarni belgilab
beruvchi birinchi tahlil turi.
Tashxis maqsadi - korxona umumiy iqtisodiy makonda egallab turgan
o‘rinni, uning joriy ishlab chiqarish imkoniyatlarini, iste'mol qilinadigan mehnat,
moddiy-texnika va moliyaviy resurslarni aniqlashdan iborat.
Tashxis vazifasi - korxona strategiyasi, ya'ni oldinga qo‘yilgan
maqsadlarga erishish yo‘llarini belgilab beruvchi asosiy omillarni aks ettirishdan
iborat:
1. Qo‘llaniladigan ilmiy yondashuvlar va boshqaruv usullarining soni va
chuqurligi nuqtai nazaridan boshqaruv tizimining kuzatuvi sifatini tahlil qilish.
2. Tizimning chiqish komponentlarini, ya'ni tashkilot strategiyasining
sifatini tahlil qilish, uning ichki zaif va kuchli tomonlari, tashqi tahdidlar va
imkoniyatlardan kelib chiqib maqsadni aniqlashtirish "SWOT-tahlil" firmaning zaif
va kuchli tomonlarini hamda uning tashqi imkoniyatlari va tahdidlarni (ZKIT)
baholashdan iborat. ZKIT tahlil kompaniya ichki imkoniyatlari (uning zaif va
kuchli tomonlari) hamda tashqi muhitning (qisman imkoniyatlar va tahdidlarda
o‘z aksini topadi) strategik mosligi tamoyiliga asoslanadi.
3. Tashkilot chiqishidagi asosiy raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishining
raqobatbardoshligi, samaradorligi va barqarorligi, tashqi tahdidlar va
imkoniyatlar, raqobatchilarning ichki kuchli va zaif tomonlari.
4. Tarmoqda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal
qilishi mexanizmi, tarmoqda raqobat shakli (tarkibi) va kuchining tahlili.
5. Tashkilotga ijobiy va salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi mamlakat makro muhiti
omillari va mazkur mintaqa (shahar) infratuzilmasining tahlili.
6. Tizimga kirishda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari
amal qilishi mexanizmi, tashkilot yetkazib beruvchilari o‘rtasida raqobat
kuchining tahlili.
7. Boshqaruv tizimining boshqariladigan kichik tizimi sifatini tovarlar sifati
va resurs talab qilishi, ularga servisning sifati, bozor infratuzilmasi, faoliyatning
ushbu yo‘nalishlari samaradorligi tahlilini tash kil qilish va ularni yaxshilash
chora-tadbirlarini shakllantirish ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish nuqtai
nazaridan tahlil qilish.
8. Tashkilotni boshqarish tizimining boshqaruvchi kichik tizimlarini
strategik va taktik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
bo‘yicha xodimlarni boshqarish nuqtai nazaridan tahlil qilish.
9. Strategik marketing, innovatsion va ishlab chiqarish menejmenti, taktik
marketing tizimida aloqalar tarkibi , mazmuni va si fatini tahlil qilish, uning zai f
va kuchli tomonlarini aniqlash.
10. Ishlab chiqariladigan tovarlar, yangiliklar va bajariladigan xizmatlar,
xodimlar va texnologiyalar, umuman, tashkilotning raqobatbardoshligini tahlil
qilish: ishlab chiqarish va raqobat reaksiyasi, ritmiklik; nuqsonsizlik; modellarni
almashtirishning qayishqoqligi; mehnat qilishga undash; mehnat munosabatlari;
ishchi kadrlar malakasi; zaxiralarni boshqarish; moddiy-texnik ta'minot;
mahsulotlarni omborlarga joylashtirish va taqsimlash.
11. Resurslardan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarish
rentabelligini tahlil qilish.
12. Tashkilot faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini tahlil qilish .
13. Tovarlar raqobatbardoshligi, ular asosida tashkilot strategiyasini ishlab
chiqish uchun uning faoliyat ko‘rsatish i samaradorligi va barqarorligining
strategik va taktik omillarini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |