читателей, интересующ ихся ручной и машинной вязкой.
A NN O TATIO N:
Thes educational programm “Knitting by hand and m achine” is devoted gor
the students o f the Universitet in vocational fakulty. This programm is written gor
the faculty’s students. They are: the equipm ents and machinery o f knitting, kinds
o f threads and wokk with them; the ways o f knitting and to knit different thinfs;
the method o f knitting som e detals o f clothes and thinfs; to draw the ports o f
clothes and to knit clothes by them; the machine o f knitting and knitting by it. And
diseuss these themes.
T hes programm is used the students w ho is interested in knitting
Taqrizchilar:
Qurilish va milliy hunarmandchilik kolleji direktori,
p.f.n. Yuldashev H.O.
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, t.f.n.
X.Z.IsmatuIlayeva
© Nizomiy nom idagi T osh k en t Davlat p ed a g o g ik a universiteti
KIRISH
Hammaga m a’lumki, to’qilgan kiyim va buyumlar turlari juda
xilma-xil bo’lib, ayniqsa, qo’lda to’qilgan kiyim va buyumlar betakror
va har biri to’quvchining' o ’z didiga mos va go’zaldir. To’qimachilik
sanoatida ishlab chiqarilayotgan kiyim va buyumlar assortimenti
qanchalik ko’p bo’lmasin, baribir, qo ’lda to’qilgan kiyimlar va
buvumlarning o ’rni alohida ahamiyatga ega. Bunday buyum va kiyimlar
betakrorligi, o’ziga xosligi, har bir to’quvchining barcha talablarini
o ’zida mujassamlashtirganligi bilan afzalroqdir.
Aytaylik, biron kiyim sotib olmoqchi bo’lsangiz, uning fasoni,
rangi sizga ma’qul kelsa, o ’lchamlari sizni qoniqtirmasligi mumkin yoki
aksincha, o ’chami ma’qul kelib, fasoni yoki rangi yo bo’lmasa, bezaklari
sizni qoniqtirmasligi mumkin. Bordi-yu siz to’qish xunaridan boxabar
bo’lsangiz, o ’zingiz istagan o ’lchamda, xoxlagan modelda, istagan
bezaklami qo’llab, har tomonlama sizni qoniqtiradigan buyum yoki
kiyim to’qib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ko’nglingizdagi narsani
o'z qo’lingiz bilan to’qib bitirganingizdan keyin, o ’z-o’zingizdan
qoniqish, fahrlanish va ichki bir mamnuniyat tuyg’usi sizni chulg’ab
oladi. Qilgan ishingizningni betakrorligi, chiroyli va bejirimligi sizni
yanada ijodkorlikka, mukammalikka chorlaydi. Bundan tashqari to’qish
jarayonida siz o ’z sog’lig’ingizni, asablaringizni mustahkamlash
imkoniyatiga ega bo’lasiz chunki, to’qish jarayonida sizning barcha
diqqat e ’tiboringiz qilayotgan ishingizga qaratilgan bo’lib, siz bu vaqtda
jismoniy va ruxiy charchoqlaringizni unutasiz. Ishingiz bitib, tayyor
bo’lganda esa, ko’zlaringiz va qalblaringiz quvonchga to’ladi. Shunday
tuyg’ular barchangizga nasib etsin deya ushbu kitobni etiboringizga
xavola etiladi. Bu kitob sizni to’qishni mukammal o ’rganish sirlari
bilan tanishtiradi degan umiddiladi.
Mualliflar
1-rasm. To ’qilgan kiyimlar namunalari.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |