Qozogʻiston
Qozogʻiston yoki Qozogʻiston
Respublikasi (qoz. Қазақстан,
Qazaqstan, Қазақстан Республикасы,
Qazaqstan Respublikası) — Maʼmuriy
jihatdan 14 viloyat, viloyatlar audan
(tuman)larga boʻlinadi. Poytaxti — Ostona
shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning katta
shaharlari Olmota, Chimkent, Qaragʻandi ,
Taraz, Aqtoʻbe. Yer maydoni boʻyicha (2
mln 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda
turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh,
Shimol tarafida
Rossiya bilan — 6
467 km,
janubida —
Turkmaniston —
380 km,
Oʻzbekiston — 2
300 km va
Qirgʻiziston —
980 km,
sharqida — Xitoy
bilan — 1 460 km
chegaradosh.
Umumiy quruqlik
chegarasining
uzunligi —
13392,6 km
[5]
.
Qozogʻiston
Respublikasi
Қазақстан
Республикас
ы
Bayroq
Gerb
Shior: «Алға Қазақстан!»
Madhiya: «Менің
Қазақстаным» (Mening
Qozogʻistonim)
Poytaxt
Ostona
Gʻarbiy tarafida
Kaspiy dengizi va
janubida Orol
dengizi suvlari
yuvib turadi
[6]
.
Rasmiy til(lar) qozoqcha
ruscha
Hukumat
Prezidentlik
Respublika
• Prezident
Nursulton
Nazarboyev
• Bosh vazir
Karim
Masimov
Mustaqillik
Sovet
Ittifoqidan
•
Sana
16-dekabr
1991-yil
Maydon
• Butun
2 724 902
km² (
• Suv (%)
1,50%
Aholi
• 2016 roʻyxat
200
oʻrin
• Zichlik
6,51/km²
YaIM (XQT)
2015- yil
roʻyxati
• Butun
AQSh$
$286,154
mil.
• Jon boshiga AQSh$
16,206
Pul birligi
Tenge
(
KZT
Vaqt
Mintaqasi
(UTC
+6)
• Yoz (DST)
(UTC
Qisqartma
KZ, KAZ
Internet
domen
.kz
+7
Telefon
prefiksi
+7
Davlat tuzumi
Aqtoʻbe — «Mega Aktobe»
Chimkent — «Oʻrda Basi»
Qozogʻiston — boshqaruvning
prezidentlik shaklidagi unitar davlat
[7]
..
Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-
avgustdagi referendumda qabul qilingan;
1998-yil 7-oktyabrda oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritilgan
[8]
. Davlat
boshligʻi — prezident (1990-yil apreldan
Nursulton Nazarboyev), u umumiy, teng
va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil
muddatga saylanadi. qonun chiqaruvchi
hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat
va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir
boshchiligidagi hukumat amalga
oshiradi
[9]
.
Asosiy siyosiy partiyalari va
kasaba uyushma
Qozogʻiston agrar partiyasi, 1999-yil
yanvarda tuzilgan; q. fuqarolik partiyasi,
1998-yil noyabrda asos solingan;
Qozogʻiston demokratik partiyasi, 2004-
yil aprelda tashkil etilgan; q. "Aq jol" ("Oq
yoʻl") demokratik partiyasi, 2002-yil
martda tuzilgan; Qozogʻiston „Aul“
(„Qishloq“) sotsial-demokratik partiyasi,
2000-yil yanvarda asos solingan; q. xalq
kommunistik partiyasi, 2004-yil aprelda
tashkil etilgan; Qozogʻiston kommunistik
partiyasi, 1991-yil tuzilgan;
„Qozogʻistonning demokratik tanlovi“
xalqpartiyasi, 2001-yil noyabrda asos
kasaba uyushma
birlashmalari
solingan; Qozogʻiston vatanparvarlar
partiyasi, 2000-yil tashkil etilgan;
Respublika „NurOʻtan“ („NurVatan“)
siyosiy partiyasi, 1999-yil yanvarda asos
solingan; „Ruhoniyat“ partiyasi, 2003-yil
aprelda tuzilgan. Qozogʻiston erkin
kasaba uyushmalari konfederatsiyasi,
1991-yil avgustda tuzilgan; Qozogʻiston
mehnat konfederatsiyasi, 2004-yil 2-
martda tashkil etilgan, 1990-yil oktyabrda
asos solingan.
Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan
avvalgi 4—3-ming yilliklarda (eneolit
davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi.
Tarixi
Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida
koʻpgina dasht qabilalari yaylov
chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi.
Bu qabilalar, asosan, qoʻchmanchi va
yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan
shugʻullangan, hunarmandchilik va
qisman dehqonchilik ham qilgan.
Miloddan avvalgi 3—1-asrarda hozirgi
Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati
vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida
Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu
daryolari oraligʻidagi hudullarda
turgashlar, 766-yil qarluqlar davlati
tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik
Qarluqlar xoqonligida (766—940)
hunarmandchilik va savdo markazlari
boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa)
paydo boʻldi. 8—10-asrlarda Qozogʻiston
janubida islom dini tarqaldi. 9—11-
asrlarda Qozogʻistonning gʻarbiy va
janubi-gʻarbiy hududlari oʻgʻuzlar davlati
tarkibida boʻlgan. 8—11-asrlarda shimoli-
sharqiy va markaziy hududlarda qimoqlar
va qipchoqlar yashagan (bu katta hudud
Dashti Qipchoq deb atalgan).
10-asrning 1-yarmida Yettisuvga sharqiy
Turkistondan yagʻmolar bostirib kirdi.
Ularning hujumi natijasida Qarluq
xoqonligi parchalanib, uning oʻrnida
Qoraxoniylar davlati paydo boʻldi. 1219—
21 yillarda moʻgʻullar tomonidan bosib
olinib, Chingizxon oʻgʻillari oʻrtasida
taqsimlandi. Moʻgʻullar hukmronligi
davrida Qozogʻiston Oltin Oʻrda tarkibida,
u parchalangach, Oq Oʻrda va
Moʻgʻuliston tarkibida boʻlgan. Amir
Temur 1391-yil Toʻxtamishta qarshi
yurishi chogʻida Qozogʻistondagi
Ulugʻtogʻ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va
toshtaroshlarga safari haqida xarsang
toshga bitik bitishga farmon bergan.
Oradan 200 yil oʻtgach, Abdullaxon II ham
Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik
sifatida Ulugʻtogʻda masjid qurdirgan.
Katta hududni birlashtirgan Oq Oʻrda 14-
aar oxiri — 15-asr boshlarida bir necha
mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni
birlashtirgan Noʻgʻay Oʻrda va Oʻzbek
xonligi ularning eng yiriklari boʻlgan). 15-
asr oxirida Yettisuvda Qozoq xonligi
vujudga keldi. 16-asr boshlarida qozoq
elatining uzoq davom etgan shakllanishi
nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri
(1511 — 23)da Qozoq xonligi
mustahkamlanib, chegarasi kengaidi,
aholi soni ortdi. 16-asr oʻrtalarida Noʻgʻay
Oʻrdasi, keyinroq Moʻgʻuliston va Sibir
xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi
juzlarga boʻlinib, Katta juz (Yettisuv),
Oʻrta juz (Markaziy Qozogʻiston) va
Kichik juz (Gʻarbiy Qozogʻiston) deb atala
boshladi. 17-asrda juzlar hududlarida
mustaqil xonliklar paydo boʻldi. 18-asr
boshlarida Qozogʻistonga Jungʻariya
xonligi xavf solib turdi (1729-yil jungʻarlar
Katta juzning talay yerlarini bosib oldi).
1726-yil Abulxayrxon Kichik juz
oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga
fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat
qildi. 1731-yil Kichik juz Rossiya tarkibiga
kira boshladi. 1731—40 yillarda Oʻrta
juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya
fuqaroligini qabul qildilar. 18-asr
oʻrtalarida qozoq sultonlari orasida nizo
kuchayib, pirovardida Abulxayrxon
oʻldirildi (1748). Uning oʻgʻli Nurali kichik
juz xoni boʻlib, podsho maʼmuriyatiga
tayandi va oʻz hokimiyatini Oʻrta juzning
bir qismiga, shuningdek, Xivaga ham
yoyishga urindi. Ammo u
muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Jungʻarlarning Xitoydan magʻlubiyatga
uchrashi (1758) natijasida hududining
katta qismi jungʻarlar hokimiyati ostida
boʻlgan Katta juzda manjurlar
hukmronligi oʻrnatilishi xavfi paydo boʻldi.
Qozogʻistonning janubiy hududlari,
jumladan, Chimkent ham Qoʻqon xonligi
tarkibiga kirdi. 19-asr boshlarida Oʻrta juz
xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan
soʻng podsho hukumati xon hokimiyatini
tugatib, 1822-yildan yangicha boshqarish
tizimini joriy etdi. 1824-yil Kichik juzda
ham xon hokimiyati tugatildi; urugʻ
oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan
hududiy boshqaruvga oʻtildi. Dasht
yerlarning janubiy hududlari Qoʻqon va
Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853-yil
Orenburg va Samara general-gubernatori
V.A.Perovskiy Qoʻqon xonligiga qarashli
Oqmachit qalʼasini ishgʻol qilib, uni
tayanch punktga aylantirdi. 1854-yil
Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota)
qurildi.
Rossiyaning taʼsiri kuchayib
borayotganligidan xavfsiragan Qoʻqon
xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida
ruslarning Verniy istehkomini bosib olish
uchun 20 ming askar yubordi. Oʻsha
yilning oktyabrda rus qoʻshinlari qozoq
otryadlarining yordamida Uzunogʻoch
darasida Qoʻqon xoni askarlarini
magʻlubiyatga uchratdi. Natijada
Yettisuvning barcha qismi Rossiyaga
qoʻshib olindi. 19-asrning 60-yillarida
qozoq yerlarining Rossiyaga qoʻshib
olinishi tugallandi. Podsho hukumati
oʻlkada maʼmuriy islohotlar oʻtkazdi.
1867-yil turkiston general-gubernatorligi
tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari,
1868-yil Orenburg general-gubernatorligi
tarkibida Ural va Toʻrgʻay viloyatlari,
Gʻarbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general-
gubernatorligi" tarkibida Akmolinsk va
Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi.
Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar
volostlarga, volostlar ovullarga boʻlindi.
Barcha yerlar davlat mulki deb eʼlon
qilindi. 1867—68 yillardagi islohotlar
qozoq jamoalarining barcha tabaqalarida
norozilik tugʻdirdi. Natijada
mustamlakachilik zulmiga qarshi
qoʻzgʻolon koʻtarildi. U shafqatsiz
bostirildi. Qozogʻiston Rossiya sanoati
uchun oʻz tovarlarini sotish bozori va xom
ashyo bazasi boʻlib qoldi.
Birinchi jahon urushi yillari (1914— 18)da
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorva
mollarini ommaviy ravishda tortib olish,
soliqlarning koʻpayishi, qimmatchilik,
qozoq aholisining mardikorlikka safarbar
qilinishi (1916) aholi orasida
gʻalayonlarning avj olishiga sabab boʻldi.
1916-yilga kelib gʻalayonlar
Qozogʻistonning butun hududini qamrab
olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi.
Ayniqsa, bu harakat Toʻrgʻay viloyatida
uzoq davom etib, unga xalq qahramoni
Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917-
yil noyabr — 1918-yil fevraqlda
Qozogʻistonda sovet hokimiyati oʻrnatildi.
Qozogʻistoning Sirdaryo va Yettisuv
viloyatlari 1918-yil aprelda tashkil etilgan
Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1920-yil
26-avgustda RSFSR tarkibida Qirgʻiziston
(Qozogʻiston) ASSR tuzildi. 1920-yil 4—12
oktyabrda Orenburgda boʻlib oʻtgan
Qozogʻiston Sovetlarining taʼsis sʼyezdi
RSFSR tarkibida Qozogʻiston ASSR
tuzilganligini eʼlon qildi. 1936-yil
Qozogʻiston ASSR SSSR tarkibidagi
ittifoqdosh respublikaga aylantirildi.
1990-yil 25-oktyabrda davlat suvereniteti
toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi.
1990-yil 10-dekabrda Respublikasi deb
nomlandi. 1991-yil 16-dekabrda
respublika Oliy Kengashi davlat
mustaqilligi toʻgʻrisida qonun qabul qildi.
1991-yil 21-oktyabrda MDH tarkibiga
kirdi. Qozogʻiston — 1992-yildan BMT
aʼzosi. 1992-yil 23-oktyabrda Oʻzbekiston
Respublikasi suverenitetini tan olgan va
diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.
Milliy bayrami — 16-dekabr — Mustaqillik
kuni (1991).
Qozogʻistonning hududi gʻarbda Volga
daryosi quyi oqimidan sharqda
Oltoygacha va shimolda Gʻarbiy Sibir
tekisligidan janubda Tyanshan
togʻlarigacha choʻzilgan. Gʻarbda Kaspiy
boʻyi pasttekisligi va Mangʻishloq yarim
Tabiati
oroli bor; bu yerda dengiz sathidan past
botiqlar (mas, Qoragiyo — 132 m)
uchraydi
[10]
. Mangʻishloqdan sharqda
Ustyurt platosi (balandligi 340 m gacha)
joylashgan. Kaspiyboʻyi pasttekisligi
shimoli-sharqda Ural togʻlarining janubiy
tarmoqlari va Mugʻojar togʻi bilan
chegaralangan. Mugʻojar togʻidan
shimoli-sharqda Toʻrgʻay platosi bor. U
janubida Turon pasttekisligi (Qizilqum
choʻli)ga tutashib ketadi. Orol dengizidan
shimolida Katta va Kichik Boʻrsiq qumli
choʻllari va Orolboʻyi Qoraqumi
joylashgan. Qozogʻistonning markaziy
qismini Qozogʻiston past togʻlari
(Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray
(1565 m), Qarqarali (1366 m), Ulugʻtov
(1133 m) kabi alohida togʻ massivlari bor.
Qozogʻiston past togʻlaridan janubda
Betpaqdala choʻli, undan janubda
Moʻyinqum choʻli joylashgan.
Betpaqdaladan sharqda katta maydonni
egallagan Yettisuv hududi mavjud.
Qozogʻistonning sharqi va janubi-
sharqida Oltoy togʻlarining janubiy
tarmoqlari, shuningdek, Saura,
Tarbagʻatay, Jungʻariya Olatovi tizmalari,
Shimoliy va Gʻarbiy Tyanshanning ayrim
tizmalari joylashgan
[11]
.
Qozogʻistonda foydali qazilmalardan
Mugʻojar togʻi tokembriy va paleozoy
burmali va metamorfozlashgan
qatlamlari orasida mis kolchedani,
Toʻrgʻay bukilmasi zaminida magnetit
rudalari (Sokolov, Sarbay va boshqa)
hamda qoʻngʻir temirtosh (Qoʻstanay
viloyati), qoʻngʻir koʻmir, boksit uchraydi.
Qozogʻistonning burmali paleozoy
zaminida rudali va noruda foydali
qazilmalar (mis, polimetall va
boshqalar)ning yirik konlari bor.
Shuningdek, toshkoʻmir (Qaraganda,
Ekibastuz) va qoʻngʻir koʻmir (Maykuba)
konlari mavjud. Mugʻojar togʻining
vulkanogen jinslarida xromit, nikel,
kobalt, oltin, asbest bor. Qozogʻiston
hududida qoʻrgʻoshin, rux, molibden,
volfram, fosforit
[12]
. barit, kadmiy, vismut,
profillit, neft, gaz, yonuvchi slanets,
marganets, titan, vannadiy, temir,
alyuminiy, qalay rudalari, oltingugurt,
mirabilit, flyuorit ham bor
[13][14]
.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental. Qish shimolida
sovuq, markazi va janubida moʻtadil
sovuq, chekka janubida yumshoq.
Yanvarda oʻrtacha harorat shimolda —
18 °C, tekislik qismining janubda — 3 °C.
Shimoliy va markaziy rayonlarda
qishda — 45 °C gacha, janubdada —
35 °C gacha sovuq boʻladi. Yozi shimolda
iliq, janubida issiq. Iyulda oʻrtacha harorat
shimolda 19 °C, janubida 28—30 °C. Yillik
yogʻin dasht va oʻrmonli dashtlarda 250–
400 mm, choʻl va chala choʻlda 100–
200 mm. Balxashboʻyi, Orolboʻyi
Qizilqumi va Ustyurt janublarida 100 mm
dan kam. Togʻ oldi va togʻlarda yillik
yogʻin 400– 1600 mm. Janubidagi
togʻlarda muzliklar boʻlib, ularning soni
2700 dan ziyod, umumiy maydoni
2000 km
2
chamasida
[15]
.
Do'stlaringiz bilan baham: |