134 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
135
bolalarga korreksion yordam ko‘rsatish samaradorligini ta’minlovchi psixologik-pedagogik shart-sharoitlar
yaratish zarurdir.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanish darajasini
yaxshilashga qaratilgan korreksion-rivojlantirish ishlari va bunday bolalarning jamiyatda hayot uchun zarur
ko‘nikmalarini shakllantirishda quyidagilarga asoslangan bo‘lsagina yaxshi samara beradi:
- uslubiy, nazariy va amaliy boshlang‘ich nuqtalarga asoslangan psixologik-pedagogik yordamning
yaxlit, ilmiy asoslangan tizimi tushunchasi hamda rivojlanishida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ruhiy
rivojlanishining o‘ziga xosligi haqidagi zamonaviy ilmiy g‘oyalar;
- sensor, nutqiy, harakat va ruhiy kamchiliklar imkoniyatini hisobga olgan holda rivojlanishida alohida
ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni psixologik o‘rganish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnologiya;
- psixologik va pedagogik yordam tizimida psixologik-pedagogik texnologiyalarning birligi, zero, bu
yerda psixokorreksiyaviy ishlar dolzarb bo‘lib, uning maqsadi rivojlanishning psixologik mexanizmlarini
shakllantirishni faollashtirishdan iborat, rivojlanishida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning
imkoniyatlariga mos bilim va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan pedagogik jarayon;
- ta’lim jarayonini modellashtirish va tashkil etishda alohida yondashilgan, shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuvlarni amalga oshirish;
- rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarda turli xil kasalliklar birikmasining
o‘zgaruvchanligi, ularning og‘irlik darajasi va ruhiy dizontogenezning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda
ruhiy rivojlanishiga korreksion va rivojlantiruvchi ta’sirning uzluksizligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni
yaratish;[1]
- rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar ruhiy rivojlanishining ko‘p
darajaliligini hisobga olgan holda individual korreksion-rivojlantiruvchi dasturlarni ta’lim jarayoniga joriy
etish, ta’lim va tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalanish zarur.
Hozirgi kunda rivojlanishida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarga psixologik-pedagogik yordam
ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar ishlab chiqilgan:
- L. S. Vigotskiyning nuqsonli rivojlanishning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotiga ko‘ra, bitta
analizator buzilishi yoki intellektual buzilishning mavjudligi bir funksiyani yo‘qotishga emas, aksincha, bir-
biriga bog‘liq bo‘ladigan bir qator kamchiliklarga olib keladi, shuning uchun atipik, o‘ziga xos rivojlanish
haqida to‘liq tasavvur hosil bo‘ladi;[4]
- L. S. Vigotskiyning bolaning bevosita rivojlanishining haqiqiy dolzarb darajasi va sohasi haqidagi
g‘oyalari bolaning salohiyatini amalga oshirish uchun muhit hisoblanib, rivojlanishning eng to‘g‘ri yo‘nalishini
tanlash va bolalarning rivojlanishi, ularning ta’lim olish imkoniyatlari o‘rtasidagi to‘g‘ri nisbatni belgilab
beradi;
- korreksion va rivojlantiruvchi ta’sirning strategik chizig‘ini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
me’yoriy va buzilgan rivojlanishi mavjud (L. S. Vigotskiy, V. I. Lubovskiy) bolalar ruhiy rivojlanishining umumiy
va o‘ziga xos qonuniyatlari haqida nazariy ta’limot;
- T. A. Basilova, T. A. Vlasova, L. A. Golovchis, Y. L. Goncharova, T. V. Rozanova, V. N. Chulkova va boshqalarning
ilmiy ishlarida ko‘rib chiqilgan rivojlanishda murakkab buzilishlar haqidagi zamonaviy tavsiflar;[2]
- rivojlanishda buzilishlar jiddiyligini baholashning darajaviy yondashuvi (R. E. Levina, I. Y. Levchenko, U.
V. Ulenkova);
- umumiy ta’limning maxsus federal davlat standarti (N. N. Malofeyev, Y. L. Goncharova, O. I. Kukushkina,
O. S. Nikolskaya) tamoyillarida aks etgan imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishni tashkillashtirish va
mazmunini belgilashning darajaviy yondoshuvi;[3]
- bola ruhiy rivojlanishining uning tarbiyasi va ta’lim olishi bilan uzluksizligi nazariyasi (L. S. Vigotskiy, P.
Y. Galperin, A. V. Zaporojes, A. N. Leontyev, S. L. Rubinshteyn. D. B. Elkonin va boshqalar);[4]
- rivojlanishda kompleks buzilishi bo‘lgan bolani tarbiyalovchi oilaga psixologik yordam ko‘rsatishning
nazariy asoslari (S. D. Zabramnaya, I. Y. Levchenko, E. I. Leongard, V. V. Tkacheva va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |