Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Abulabbos b. Arif, Sanhojiy Andalusiy r. t



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

575. Abulabbos b. Arif, Sanhojiy Andalusiy r. t.
Oti Ahmad b. Muhammaddur. Olim erdi ulumg‘a va orif erdi qiroat vujuhig‘a va jame’ rivoyatda 
mutanohiy. Va muridlar va muxlislar ko‘p xidmatida yig‘ildilar. Zamon podshohig‘a andin xavfe 
paydo bo‘ldi, ani tilatti. Yo‘lda favt bo‘ldi, besh yuz o‘ttiz oltida. «Futuhoti Makkiy» sohibi o‘z shayxi 
Abu Abdulloh G‘azzoliydin, naql qilibdurki, ul debdurki, bir kun o‘z Shayxim Ibn Arif qoshidin 
chiqdim va yozida sayr qilur erdim. Har daraxt va giyohg‘aki yetar erdim, manga aytur erdiki, mendin 
olki, falon illatqa nofe’durmen va falon zararg‘a dofe’. Va manga ul holdin hayrate yuzlandi. Shayx 
xidmatig‘a yondim, dag‘i bu voqeani arz qildim; Shayx dedilarki, biz aning uchun seni tarbiyat 
qilmaydur erduk. [Vaqteki, daraxtlar sanga foyda va zarar keltirishlarini so‘yladilar, sen nega haqiqiy 
foyda va zarar yetkaruvchi Haqni unutding?]
1
. Shayx dedi: Tengri taolo seni imtihon qilib sinabdur, 
yo‘q ersa, biz seni Tengri taolog‘a rahnamunluq qilduq, yo‘q aning g‘ayrig‘a. Sening tavbangning 
sidqi alomati uldurki, hamul mavzeg‘a qaytib borg‘ay sen va ul daraxtu giyohlar sanga ul so‘zni 
demagaylar. Shayx Abu Abdulloh qaytib ul mavzeg‘a bordi va ul ashyodin ul so‘zlarni eshitmadi va 
qaytib shayxig‘a aytti. Shayx dediki, [seni o‘zingga o‘xshagan bir maxluqqa muhtoj qilmasdan o‘zi 
uchun tanlagan Allohga hamd bo‘lsin!]
2
. Vafot etgan sanasi besh yuz o‘ttiz oltinchi yil. 
576. Aburrabi’ Kafif Molaqiy r. t.
Abulabbos b. Arifning ashobidindur. Bir kun bir ashobiga dediki, masalan, agar ikki kishi bo‘lsa va 
har qaysida o‘n diram bo‘lsa, alardin biri bir diram sadaqa qilsa va to‘qquz diramni asrasa va yana biri 
to‘qquz diramnn sadaqa qilsa va bir diramni asrasa, qaysi fozilroqdur? Dedilarki, ulki, to‘qquz diramni 
sadaqa qilg‘ay; Shayx dediki, ne uchun bu fozilroqdur? Ashob dedilarki, aning uchunki, ko‘proq 
tasadduq qilibdur. Shayx dedi: ulcha dedingiz, yaxshidur! Ammo mas’alaning ruhini bilmadingiz va 
sizga maxfiy qoldi. Dedilarki, ul qaysidur? Dedi: ulki biz ikkalasini teng bergan farz qilduk, ulki 
ko‘prak berdi, aning faqrg‘a kirgani burunroqdur, andinki, ozroq veribdur, pas, aning faqrg‘a nisbati 
ortig‘roq bo‘lg‘ay, bu jihatdin ul afzal bo‘lg‘ay. Hadis voriddur bu ma’nog‘akim, yetmish ming qatla 
«Lo iloha illalloh». demakka aytquchining najotig‘a yo har kishiki, aning niyatig‘a o‘qilmish bo‘lg‘ay, 
tamom asari bor. 
Shayx Aburrabi’ Molaqiy debdurki, men bu zikrni der erdim va lekin ne o‘zumg‘a va ne kishiga 
muayyan qilmaydur erdim, to bir kun biravning moida taomig‘a hozir bo‘ldum; bir jamoat bila. Va alar 
orasida tifle erdi sohibi kashf. Ilig taomg‘a kim eltti yig‘lamoqqa tushdi. Sababin so‘rdilar, dediki, 
do‘zax manga mushohiddur, anda onamni ko‘radurmenki, azob qiladurlar. Shayx Aburrabi’ 
debdurkim, botinimda dedimki, Xudovando, sen voqifsenkn, yetmish ming qatla «Lo iloha illalloh» 
zikrin aytibmen, ani bu tiflning onasi do‘zax o‘tidin xalos bo‘lurg‘a muayyan qildim. Chun bu niyatni 
ko‘nglumda qildim, ko‘rdumki, tifl kulaboshladi va shodmonlig‘ qildi. Yana sababin so‘rdilar, dediki, 
onamni-ko‘radurmenki, do‘zax o‘tidin xalos bo‘ldi, alhamdulillah! Pas, taom yemakka mashg‘ul 
bo‘ldi. Shayx Aburrabi’ derkim, manga bu hadis sihhati ul tifl kashfidin va ul go‘dak kashfi sihhati 
nabaviy, hadisidin ma’lum bo‘ldi.


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish