70
Barcha talablar darajasida ishlab chiqilgan kredit siyosatiga rioya etish bank
ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos boʻladi. Bu esa oʻz navbatida, uning
qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini koʻpaytiradi va faravonligini oshiradi.
Tijorat bankini kredit siyosatida kredit portfelini
boshqarishning asosiy
yoʻnalishlari qilib quyidagilar belgilab olinadi:
•
kredit risklari darajasiga taʻsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash,ularni
baholash va bartaraf etish;
•
qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy
axvolini aniqlash kredit riskini bashorat qilish;
•
muammmoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni soʻndirish choralarini
ishlab chiqish;
•
kredit qoʻyilmalarini diversifikatsiya qilish,
ularni likvidliligini va
daromadliligini taʻminlash;
•
kredit olgan mijoz bilan doimo aloqada boʻlib turish;
•
kichik va oʻrta tadbirkorlikni, dehqon va fermer xoʻjaliklarni moliyaviy
qoʻllab quvvatlash.
Bank tomonidan, xoʻjalik subyektlarini aylanma mablagʻlari yetishmasligi,
mavjud mablagʻlarni meʻyoridan ortiqcha tayyor
mahsulot qoldiqlariga jalb
qilinishi, mablagʻlarni tayyor mahsulot sifatida qotirib qoʻyish sabablarini oʻrganib
borishi, zararga ishlayotgan va bankrotlik alomatlari koʻzga tashlanayotgan
xoʻjalik subyektlarining moliyaviy ahvolini doimiy monitoringini tashkil qilish
bank kredit siyosatini ustuvor yoʻnalishlari boʻlib hisoblanadi.
Kredit siyosatida bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini
aniqlash va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari boʻyicha: tijorat
faoliyati, sanoat, qishloq xoʻjaligi, kapital qoʻylmalarni moliyalashtirish va boshqa
tarmoqlarga
kredit berish, kredit turlari boʻyicha: “kredit liniyalarini ochib va
ochmay” kreditlash yoki kreditlashning boshqa usullarini qoʻllashni belgilab
berishi mumkin.
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim, kredit
xodimlari kredit portfelidagi barcha maʻlum boʻlgan salbiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida
71
rahbariyatni xabardor qilishi lozim. Qarzdor yoki garovchining ahvoli
yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yoʻqotishlarni kamaytirish uchun
juda muhimdir.
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari boʻyicha “toʻlovsizlik”
tushunchasining
aniq ifodalanishi, foizlarni oʻstirmaslik mezonlari, shuningdek,
bank boshqaruvi va Kengashini tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni oʻz ichiga
olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-bosqich
chora-tadbirlar koʻrilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy bank
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish
tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish
yuzasidan javobgarlik bank
Kengashi va Boshqaruvi aʻzolariga yuklatilgan. Odatda tijorat bankini kredit
siyosatining yoʻnalishlari quyidagilardan tashkil topadi:
•
bankning oʻrni va obroʻsini moliyaviy-borqaror banklar singari yaxshilash;
•
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki normativlariga muvofiq darajada
oʻz kapitalining yetarliligini taʻminlash;
•
bankni samaradorligi va barqarorligini qoʻllab-quvvatlagan holda uni
daromadlarini maksimallashuvini taʻminlovchi aniq kredit va investitsiya
siyosatini oʻtkazish;
•
strategik jihatdan muhim boʻlgan shahar tumanlarida yangi omonat
kassalarini ochish bilan bogʻliq boʻlgan bank tarmogʻini kengaytirish.
Kreditlash jarayonida bank siyosati bank oldidagi
majburiyatlarni bajara
oladigan yangi mijozlarni kredit resurslari bilan taʻminlash, yuqori sifat
darajasidagi kreditlarni taqdim etishni kengaytirish hisoblanadi. Tijorat banki
foydaliligini hisobga olgan holda xalqaro standartlar miqyosida mijozlarga sifatli
kredit xizmatini taqdim etishga erishiladi. Shuning uchun bank kredit siyosatini
asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritilgan:
kreditlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishni barcha darajalari boʻyicha
javobgarlikni taqsimlash;
72
bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun aniq
belgilangan shartlarning mavjudligi;
maxsus kreditlash tamoyillari –
muddatlilik, toʻlovlilik, qaytarib
berishlilik, taʻminlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni nazorat
qilish;
bank boshqaruvini umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat
yoʻnalishlari siyosati (yaʻni depozitlar boʻyicha, investitsiya boʻyicha, aktivlar va
passivlarni boshqarish boʻyicha va hokazo)ning uzviy bogʻliqligi.
§
Do'stlaringiz bilan baham: