Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar
1. Tijorat banklari aktivlarining risk darajalariga koʻra turkumlanishi.
2. Bank kredit porfelining sifat kursatgichlari.
3. Tijorat banklari riskli aktivlarini boshqarish usullari.
4. Tijorat banklari faoliyatidagi risklarning darajalariga taʻsir qiluvchi ichki
va tashqi omillar.
7-BOB: TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATI
§
7.1. Bankning kredit siyosati va unga qoʻyiladigan talablar
§
7.2. Tijorat banklarining kredit siyosatini mezonlari
§
7.3. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarni daromadliligini
oshirish, ularni risk darajasini boshqarishga qoʻyiladigan talablar
§
7.4. Kredit siyosatida kreditlarni garov taʻminotiga qoʻyiladigan talablar
66
§
7.1. Bankning kredit siyosati va unga qoʻyiladigan talablar
Bankni kredit siyosati-kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavvakalchilikni
boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni
belgilovchi hamda bank rahbariyati bilan xodimlarini kreditlar protfelini samarali
boshqarishga doir koʻrsatmalar bilan taʻminlovchi hujjatdir. Kreditlash bank
ishining oʻzagi boʻlib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati toʻgʻrisida xulosa
chiqarish mumkin. Iqtisodchilar tomonidan jahon banklarining sinishi
(bankrotlikka uchrashi) sabablarini tadqiq qilish shuni koʻrsatadiki, banklarning
sinishiga sabab – bank aktivlari sifatini (eng avvalo kreditlarni) pastligidir.
Kreditning sifati kreditlash jarayonini boshqarishga bogʻliq boʻlib quyidagi asosiy
elementlardan iborat boʻladi:
•
tijorat bankida mukammal ishlab chiqilgan kredit siyosati, kreditlashtirish
jarayonini mavjudligi;
•
kredit portfelini optimal boshqarishni yoʻlga qoʻyilganligi;
•
kreditlarni muntazam nazorat qilishni tashkil qilinganligi;
•
bank tizimida ishlaydigan xodimlarni tayyorgarlik darajasi.
“Kredit siyosati” hujjati kreditlarni boshqarish jarayonini poydevorini tashkil
etadi. Tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan
“Kredit siyosati” kreditlarni oqilona boshqarishni samarali yoʻllaridan biri boʻlib
hisoblanadi. Ushbu hujjat bankni kreditlashtirish faoliyatining andozalari va
parametrlarini belgilab beradi. Ushbu belgilangan standartlar va parametrlarda
kredit berish, qarzlarni hujjatlashtirish va boshqarish boʻyicha maʻsuliyatli boʻlgan
bank xizmatchilari
qoʻllanma
sifatida foydalanishlari lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Infilatsion taregetlash rejimiga
bosqichma bosqich oʻtish orqali pul kredit siyosatini takomilashtirish toʻgʻrisida”gi
2019-yil 18-noyabr PF 5877-sonli farmonida 2020-yilning 1-yanvariga qadar pul
bozori foiz stavkalariga taʻsir koʻrsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan
Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit
auksionlari, davlat qimmatli qogʻozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit
67
auksionlari va overniyt kreditlari”ni joriy etishni chora tadbirlarini koʻrsatishni
taʻminlashni yuklatilgan.
Ti
jorat banklarini kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishni
asosi boʻlib hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarini kredit berish, bankni kredit
portfelini boshqarish bilan bogʻliq, obyektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab
beradi. Kredit siyosatini toʻgʻri tuzish va olib borish, barcha boʻlimlar tomonidan
bu siyosatni maqsadini aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini
toʻgʻri olib borishiga, yuqori risklardan qochishga, bank imkoniyatlarini toʻgʻri
aniqlashga asos hisoblanadi.
Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni
kamaytirishga (qulay) yaxshi imkon beradi.
Kredit siyosatini zarurligi shundaki, bankni katta yoki kichikligidan, unda
kam yoki koʻp xodim ishlashidan qatʻi nazar, bankda bu siyosat boʻlishi lozim.
Chunki bu siyosat kredit boʻyicha unifisirlashgan umumiy qoida va tamoyillarni
bajarilishini, operatsiyalar bajarilishini ketma-ketligini taʻminlaydi. Bankni kredit
siyosati bankni hamma xodimlari – kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi
raisigacha bir xil boʻlishi lozim. Shuning uchun ham, kredit siyosatini oldindan
belgilab olingan qoida va yechimlar toʻplami deyiladi.
Kreditlash siyosati va uning samaradorligi toʻgʻri kredit narxlari belgilangan
sharoitda muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin.
Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarini
mablagʻlarini kimlarga foydalanishga berish mumkinligini aniq bilishi lozim.
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, kimga, qaysi sharoitlar bilan
berilishini hal qilishi zarur. Biznesning shunday turlari borki, bank kredit bera turib
ular boʻyicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun xar bir faoliyat
risk bilan bogʻliq ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bankni kredit siyosati uni
faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavfli holatlarni oldini olishga, buning
uchun depozitlar va kreditlar oʻrtasidagi nisbatni, bank majburiyatlari bilan kapitali
oʻrtasidagi va boshqa koʻrsatkichlarni meʻyorida boʻlishini taqazo etadi. Oqilona
kredit siyosati beriladigan kreditlarni sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit
68
siyosatini asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarni yetarliligi, risklarni sifat
darajasi boʻyicha turkumlashuvi, kredit portfelini balansi, majburiyatlarni tarkibiy
qismlarini ajratish kabi elementlarini oʻz ichiga olmogʻi lozim.
Bank kredit siyosatini mazmuni quyidagilardan iborat:
Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash
muddatlari, miqdori, sifati va boshqalar) masalalari;
Bank raiskining kredit faoliyati uchun javob beradigan oʻrinbosar, kredit
qoʻmitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar roʻyxati (eng koʻp
kredit summasi va turlari);
Bankni kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish
boʻyicha jami majburiyatlari;
Kreditlar boʻyicha arizalarni tekshirish va tegishli qaror chiqarish
bayoni;
Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida talab
qilinadigan hujjatlar roʻyxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi,
garov, kafolat haqida shartnoma va boshqalar);
Kredit hujjatlarini saqlanishi va tekshirilishi uchun maʻsul xodimning
javobgarligi, (kim va qanday holatda ularni olish huquqi);
Kreditni taʻminlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga
oshirishni asosiy tartibi;
Barcha kreditlarni sifatini belgilaydigan meʻyorlar bayoni;
Eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va koʻrsatish (yaʻni kredit
summalari va bank yalpi aktivlariga eng yuqori nisbati);
Bank xizmat koʻrsatadigan mintaqa, kredit qoʻyilmalarining asosiy qismi,
joriy etiladigan tarmoq, sohasi yoki sektorlari;
Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili.
Qolgan hujjatlarda taʻqiqlanadigan yoki nomaqbul kredit turlari tavsiflanadi.
Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha
darajalarda meʻyorida amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga toʻgʻri qarorlar
69
chiqarish, ortiqcha risklardan xolos boʻlish, bank kreditlarini toʻgʻri baholash
imkoniyatini beradi.
Bankning kredit siyosati bank resurslari, ularni joylashtirilish bilan
chambarchas bogʻliq. Bank resurslarini asosiy qismini jalb qilingan mablagʻlar,
jumladan yuridik va jismoniy shaxslarni depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek,
hozirgi kunda jalb qilingan resurslar ichida banklararo kredit xam alohida oʻrinni
egallaydi. Depozitlar boʻyicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan
olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan beriladigan kreditning foiz
stavkalari bilan bogʻliq boʻladi. Kredit siyosatini aniq va mukammal tayyorlash va
izohlash xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos
boʻlib hisoblanadi. Bank tomonidan toʻplangan resurslarni toʻgʻri va oqilona
joylashtirish bankning kredit siyosatini sifatiga bogʻliq boʻladi. Kredit siyosati
sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini toʻgʻri joylashtirish va
oldindan koʻzlangan daromad olish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |