Taqrizchilar:
Toshnazarov S.N. –
i.f.d., dosent;
Shermatov A.M. – “Ipak Yoʻli”
aksionerlik innovatsion
tijorat banki “Umar” Mintaqaviy filiali bosh hisobchisi.
3
KIRISH
Respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash boʻyicha
koʻrilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish,
iqtisodiyotni kreditlash koʻlamini kengaytirish, koʻrsatilayotgan bank xizmatlari
turlarini koʻpaytirish va shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda
bank tizimining rolini oshirishini koʻzda tutilmoqda.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019-yil
uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida «...
Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo –
ular kapitalining asosiy qismi, yaʻni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu,
oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat
koʻrsatish sifatiga salbiy taʻsir qilmoqda.
Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida
bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab
chiqishi lozim.
Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan
biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa
sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash
sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi...»
1
,-
degan
dolzarb masalalarni qoʻydi.
Bu, oʻz navbatida, tijorat banklari faoliyatidagi holat,
ularning aktiv va passivlarini qay darajada samarali boshqarilayotganligini
oʻrganish, tahlil qilish va boshqarish usullarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Soha mutaxassisi tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish
usullarini mukammal bilagandagina bank faoliyatini samarali boshqara oladi. Bu
borada «Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish» fani soha mutaxassislari
uchun dasturulamal vazifasini bajaradi.
“Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish” fanining asosiy maqsadi –
tijorat banklari aktiv va passivlarini shakllantirish, samarali boshqarishni tashkil
1
Ш.Мирзиёевнинг 2019 йил учун мўлжалланган энг муҳим устувор вазифалар ҳақидаги
Олий Мажлисга Мурожаатномаси. Т.2019 й.
4
etish, tijorat banklarining aktiv va
passivlari monandligini (adekvatligini)
taʻminlash, likvidlilik va rentabellikni boshqarish usullarini tadbiq qilish, tijorat
banklari aktiv va passivlarini operativ va strategik rejalashtirish, innovatsion
xizmatlarni tadbiq qilish masalalarini oʻrgatish boʻlib hisoblanadi.
“Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish” fanining vazifasi – tijorat
banklari aktiv va passivlarini boshqarishda depozit siyosati va uni takomillashtirish,
tijorat banklari aktiv va passivlarini strategik boshqarish va tijorat banklari
resurslari va ulardan samarali foydalanish yoʻllari, tijorat banklari kapitalini
boshqarish, qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish, banklararo kredit resurslari
bozori va passivlarini jalb qilish mexanizmi, tijorat banklari oʻz mablagʻlari va
ularning tarkibi, jalb qilingan mablagʻlar va ulardan samarali foydalanish, bank
aktiv va passivlarini boshqarish metodlari, bank aktivlari va passivlarini
boshqarishning direvativ qurollari, tijorat banklari resurslari bilan bogʻliq risklarni
boshqarish haqida nazariy-amaliy bilimlarni oʻrgatishdan iborat.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |