Dt 50100-51100 Depozitlar boʻyicha foizli xarajatlarning tegishli
hisobvaragʻi;
Kt 22402 “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar boʻyicha
toʻlash uchun hisoblangan foizlar”.
Bank operatsiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar operatsion
xarajatlar deyiladi. Ularni toʻgʻri yoki oʻzgaruvchan xarajatlar deyish mumkin.
Chunki, xarajatning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga
261
toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻladi. Tijorat banklarining xarajatlari strukturasi
ishlab chiqarish korxonasinikiga nisbatan boshqacha boʻladi. Banklarda xom-
ashyo va materiallarga katta xarajatlar yoʻq, ekspluatasiya va asosiy
vositalarning xizmatlariga xarajatlar qiyosan unchalik katta emas, hattoki ish
haqiga toʻlov ham tijorat banklari xarajatlariniig umumiy summasida katta
ulushga ega emas.
Mablagʻlarni joylashtirishda daromad olish uchun, avvalo, bu mablagʻlarni
jalb qilish kerak. Kredit va qoʻyilmalarning bir qismi bankning oʻz
mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, kredit resurslarining asosiy qismini
jalb qilingan mablagʻlar tashkil qiladi. Jalb qilingan mablagʻlarga esa bank
foiz toʻlashi kerak. Odatda, tijorat banklari xarajatlarining katta qismini jalb
qilingan mablagʻlarga xarajatlar tashkil qiladi. Bu toʻlovlar foiz shaklida amalga
oshirilganligi uchun, bu xarajatlar foizli deyiladi.
Kredit faoliyati bilan aktiv ishlaydigan universal tijorat banklarida foizli
xarajatlarining ulushi hamma xarajatlarining deyarli 70% ini tashkil etishi
mumkin. Foizli xarajatlarning kattaligi va ularning xarajatlar umumiy hajmidagi
ulushi bank passivlari tuzilishiga bogʻliq. Aholi omonatlari va banklararo
kreditlar bank uchun qimmatli hisoblanadi. Shuningdek, banklar yuridik shaxslar
depozitlari va chiqarilgan qarz majburiyatlariga (obligatsiya, foizli veksellar
va depozit sertifikatlari) nisbatan katta foizlar toʻlaydi. Bank uchun eng arzon
xarajat boʻlib, yuridik shaxslarning hisob-kitob va joriy schetidagi, jismoniy
shaxslarning talab qilib olinguncha hisobrakamidagi mablagʻlari hisoblanadi.
Bank majburiyatlari strukturasida bu mablagʻlar ulushi qancha koʻp
boʻlsa, foizli xarajatlar shuncha kam boʻladi va bank foydasi koʻpayadi.
Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisbatan oʻsishi, bankning
kredit resurslarini oladigan bozor konʻyunkturasining yaxshimasligidan yoki
bankning bu bozorlardagi raqobat mavqyeini yomonlashganidan dalolat beradi.
Foizli xarajatlarning oʻsishi, foizli daromadlarning adekvat oʻsishi bilan
yonma-yon borsa,bu xol normal hisoblanadi. Foizli daromadlarning oʻsish
262
surʻati foizli xarajatlarning oʻsishidan oshib ketsa, bu hol bank uchun ideal
hisoblanadi.
Odatda, moliya bozoridagi operatsiyalar boʻyicha xarajatlarni alohida
guruhga ajratishadi. Bank bu bozorlardan qimmatliklarni realizatsiya qilish
boʻyicha daromadlar oladi (qimmatli qogʻozlar, chet el valyutalari, qimmatli
metallar va boshqalar), xarajatlarga esa, qimmatliklarni olish uchun ketgan
sarflar kiradi. Bank kuponli obligatsiya sotib olayotganida yigʻilgan kuponli
daromadlarni toʻlashiga toʻgʻri keladi. Kuponsiz qimmatli qogʻozlar, odatda,
diskont bilan sotib olinadi. Moliya bozori konyukturasi yomonlashganda,
qimmatbaho qogʻozlar, chet el valyutasi va boshqa mulklarni qayta baholash
natijasida, bank anchagina xarajatlar qilishiga toʻgʻri keladi.
Bevosita aniq bank operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa
xarajatlar: oborotdan har xil soliqlar (Masalan, chet el valyutasini sotib
olishga soliqlar), mijozlar toʻlovlari boʻyicha pochta va telegraf xarajatlari,
inkassasiya xarajatlari va boshqalar. Bu xarajatlar boshqa operatsion xarajatlar
deyishadi.
Bank faoliyatini taʻminlash boʻyicha harajalar. Bankni funksio-
nallashtirishni taʻminlash bilan bogʻliq, ammo aniq operatsiyalarga toʻgʻridan
toʻgʻri bormaydigan xarajatlar bu guruhga kiradi. Iqtisodiy nazariyada ularni
egri yoki shartli-doimiy xarajatlar deyiladi.
Aktivlari hajmi kichik va oʻrta boʻlgan banklarda bu xarajatlar summasi
unchalik bilinmaydi. Jalb qilingan va joylashtirilgan resurslari hajmi katta
boʻlgan yirik banklarda bank faoliyatini taʻminlash boʻyicha xarajatlar
umumiy xarajatlarning 40-55% ini tashkil etadi.
Bank faoliyatini taʻminlash boʻyicha xarajatlar tarkibiga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1. Xodimlarga ketadigan xarajatlar (ish haqi, oylik mukofotlar, moddiy
yordam, xodimlarga har xil imtiyozlar berish, safar xizmati xarajatlari, malakali
kadrlarni izlash va oʻqitish boʻyicha xarajatlar va boshqalar);
2. Bino va inshootlarga ketadigan xarajatlar (ijara, eskirish xarajatlari,
263
binolar taʻmiri va ekspluatasiyasi, kommunal toʻlovlar, yer soligʻi, mol-mulk
soligʻi, binoni qoʻriqlashga ketadigan xarajatlar va boshqalar)
3. Ish joyini asbob-anjomlar bilan taʻminlashga ketadigan xarajatlar
(sotib olish, taʻmirlash, bank uskunalarini saqlash, kompyuter, mebel, qoʻriq-
signalizasiya, seyf, hisob mashinalari, valyuta detektorlari va boshqalar);
4. Reklamaga ketadigan xarajatlar;
5. Bank faoliyatini informasion taʻminlashga ketadigan xarajatlar (vaqti-
vaqti bilan boʻlib turadigan nashrlar, maxsus adabiyotlarni sotib olish va yozilish,
informasion mahsulotlar va tashqi agentlar xizmatiga toʻlovlar, marketing
izlanishlariga ketadigan xarajatlar);
6. Aloqa va telekommunikasiyaga ketadigan xarajatlar (aloqa kanallarini
oʻtkazish va ijarasi, telefon va internet xizmatiga toʻlovlar va boshqalar);
7. Transport xarajatlari;
8. Bank faoliyatini taʻminlash boʻyicha boshqa xarajatlar (auditorlik
tekshiruvlariga xarajatlar, aksionerlar yigʻilishini tashkil etishga, notarial va
yuridik xizmatlarga toʻlovlar).
Bank faoliyatini taʻminlash boʻyicha xarajatlarni har xil mezonlar boʻyicha
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
•
joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi xarajatlar (asosiy vositalarni sotib
olish);
•
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari
•
chiqimlarga tegishli xarajatlar va sof foydadan amalga oshirilgan
xarajatlar;
•
meʻyoriy va nomeʻyoriy xarajatlar. Meʻyoriy xarajatlarga safar xizmati,
reklama, kadrlarni tayyorlash va boshqa ayrim xarajatlar kiradi. Bu yerda
qonunda koʻrsatilgan meʻyorlar doirasidagi xarajatlar summasi koʻzda
tutiladi.
Tijorat banklari oʻz mijozlaridan kunlik savdo tushumlarini bank kassasiga
kirim qilishda Markaziy bankning Inkassatsiya Birlashmasi xizmatidan
264
foydalanadi va bunda ular inkassasiya xizmati xarajatlarini qiladi. Hozirda bu
xarajatlar ham banklar uchun salmoqli xarajatlar toifasiga kirmoqda.
Bank xodimlari va bank xodimlari boʻlmagan, yaʻni mehnat bitimi
asosida ishlovchi xodimlar bajargan ishlari uchun ish haqi toʻlash xarajatlari,
amaldagi qonunlarga muvofiq navbatdagi va qoʻshimcha taʻtillar pulini,
shuningdek, tibbiy koʻriklardan oʻtish davlat majburiyatlarini bajarishlar uchun
sarflangan vaqt evaziga haq toʻlash kabi xarajatlar qiladi.
Bundan tashqari, banklarning foizsiz xarajatlariga bank sohasida malakali
kadrlar tayyorlashda qiladigan xarajatlari kiradi.
Tijorat banklari oliy oʻquv yurtlari bilan kelishilgan shartnomadagi
mablagʻlarni toʻlab, bank sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, bank xodimlari
malakasini oshirish va qayta tayyorlash xizmatlari uchun haq toʻlaydi. Bunda
banklar nomoddiy aktiv shakllantiradi va bu kelajakda oʻz samarasini beradi.
Boshqa xarajatlar kategoriyasiga koʻzga tutilmagan hollarda boʻladigan
tasodifiy xarajatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda,bank faoliyatidagi
risklarni qoplashga ketgan xarajatlar deyish mumkin. Bu xarajatlar bank tizimi
smetasiga qoʻshiladi yoki oldingi davrdagi koʻzda tutilmagan xarajatlar darajasidan
kelib chiqqan holda, smetada aniq bir summa nazarda tutiladi. Boshqa xarajatlarga
quyidagilar kiradi:
•
shtraflar, penyalar, jarimalar;
•
hisobot davrida chiqqan oʻtgan yilgi xarajatlar;
•
bank mulkining realizasiyasi boʻyicha xarajatlar;
•
mijoz noroziligi boʻyicha toʻlangan toʻlovlar;
•
boshqa xarajatlar.
Odatda, bank daromadlarining 2/3 qismi foizli xarajatlarga, berilgan
kreditlar boʻyicha yoʻqotishlarni qoplashga, soliqlarni toʻlashga, kutilayotgan
foydaga va sarmoyaning oʻsishiga sarflanadi. Xarajatlarga likvidlilik kabi
ustama foiz oʻzgarishlari passivlar tarkibi va xususiy kapital hajmi taʻsir
qiladi. Oʻz navbatida, bank xarajatlari tarkibidagi oʻzgarishlar aktivlar
daromadligiga ham oʻzgarishlar kiritishni talab qiladi. Xarajatlarni toʻgʻri
265
hisoblash banklarga muqobil konservativ resurslar narxlarini taqsimlash va
bank aktivlarini aniq baholash hamda xarajatlarni qoplab, aksiyadorlar uchun
daromadlarni toʻgʻri taqsimlash imkonini beradi. Xarajatlarni baholashga
kreditlar ustama foizlarini belgilashning asosiy omili sifatida qarash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |