R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/338
Sana30.06.2022
Hajmi8,08 Mb.
#719261
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   338
Bog'liq
fayl 1513 20210818

shirkatning amal qilish muddati yakunlanganidan 
va kreditorlar oldidagi qarzlar so‘ndirilganidan so‘nggina foydani 
taqsimlash yoki zararni qoplash sharti ustunlik qilar edi
. Buxgalteriya 
hisobida bunday g‘oyalar Strak tomonidan ilgari surilgan.
Rim huquqining konservativ g‘oyalari muvaffaqiyatli faoliyati ularning 
25
Рувер Р. де.
Как возникла двойная бухгалтерия. — М.: Госфиниздат, 1958. 
26
James О. Winjum.
The role of accounting in the economic development of England: 1500 - 1750. Champaign: Center for 
international education and research in accounting, University of Illinois, 1972. 
27
Хендриксен Э.С., Ван Бреда М.Ф.
Теория бухгалтерского учета. — М.: Финан¬ сы и статистика, 1997. 


455 
yaqin kelajakdagi bankrotligidan yoki faoliyatni tugatish niyatidan dalolat 
bermaydigan uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni bilan shug‘ullanuvchi 
korxonalar mulkdorlari manfaatlarini qondira olmas edi. Ular faoliyat 
to‘xtatilishini yoki korxona tugatilishini kutib o‘tirmasdan, foydaning bir 
qismidan foydalangan holda o‘zlariga mukofotlar to‘lashni afzal ko‘rishardi. 
Moliyaviy natijalarni aniqlash va taqsimlash bo‘yicha haqiqiy 
amaliyotning vujudga kelishi muddatsiz aktsiyadorlik jamiyatlarining paydo 
bo‘lishi bilan bog‘liq. 1600 yilda tashkil topgan «Anglo-Vest-Indiya» 
kompaniyasi dastlabki aktsiyadorlik jamiyatlaridan biridir. Dengiz 
ekspeditsiyalarini 
moliyalashtirish 
har 
doim 
ham 
muvaffaqqiyatli 
yakunlanmasligi sababli, ayrim hollarda aktsiyadorlar bilan hisob-kitoblar 
uchun mablag‘lar yetishmas edi. «Bunday hollarda, dividendlar boshqa 
ekspeditsiyalar aktsiyalari ko‘rinishida to‘langan, bu esa hisobni 
qiyinlashtirgan. Shu sababli oldin birdaniga bir necha ekspeditsiyalarni 
moliyalashtiradigan aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil qilingan, keyinchalik 
1657 yilda barcha ekspeditsiyalarni noma’lum muddatga moliyalashtirish 
uchun aktsiyalar chiqarilgan. Yakuniy muddati ko‘rsatilgan aktsiyalardan 
muddatsiz aktsiyalarga o‘tilishi munosabati bilan moliyaviy natijalarni 
qandaydir muomalalar (ekspeditsiyalar) yakunlanganidan keyin emas, balki 
har yil oxirida aniqlash tez tarqaldi”
28
[4. –S. 24]. Hozirgi kunda ushbu 
maqsadlarda Bosh daftar schyotlari bo‘yicha balans tuzilganligi haqida 
fikrlar mavjud.
Buxgalteriya hisobining keyingi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan muhim 
jihatlaridan biri bu Lyudovik XIV ning soliq yig‘uvchilarining moliyaviy 
hisobini e’tirof etish mumkin. “Buxgalteriya hisobining ushbu turi byudjet 
tashkilotlaridagi zamonaviy buxgalteriya hisobining dastlabki ko‘rinishidir. 
… Har bir byudjet davri boshida soliq yig‘uvchi ma’lum okruglardan 
soliqlarning reja summasini kiritgan, keyinchalik esa yil davomida u 
daromadlarni “qirol” schyotiga (“o‘zi”ning foydasiga) yig‘ib borgan. 
Hisobot davri yakunlangandan keyin hisobot tuzib, unda olingan summani 
ko‘rsatgan”
29
[1. –S. 35]. 
Buxgalteriya hisobi ushbu turi yangi tushuncha – 
hisobot davri
tushunchasi kiritilganligi bilan e’tiborga loyiq. Bundan tashqari, ushbu 
holatda 
hisob davri (moliyaviy yil) tushunchasi kalendar yil bilan mos 
kelgan

Statik buxgalteriya hisobi amaliyotida birinchi marta 1673 yilda 
Fransiyaning Tijorat kodeksi – Ordonans (
Ordonnance de Commerce
) da 
28
Хендриксен Э.С., Ван Бреда М.Ф.
Теория бухгалтерского учета. — М.: Финан¬ сы и статистика, 1997. 
29
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000. 


456 
qonuniylashtirilgan. 
Tadbirkorlikning intensiv rivojlanishi kreditlarning 
qoniqarsiz holati va bankrotlik holatlari iqtisodiy hayotda davlatning rolini 
oshirish, 
tartibni 
saqlashni 
kafolatlashni 
kuchaytirish, 
kreditorlar 
manfaatlarini himoyalash zaruratini vujudga keltirdi. 
Ordanans barcha yirik va kichik tadbirkorlardan “amalga oshirilgan 
muomalalar, 
veksellar, 
debitor 
va 
kreditor 
qarzlar, 
shuningdek, 
tadbirkorlarning uy xo‘jaligi uchun jalb qilingan pul mablag‘lari haqidagi 
ma’lumotlarni aks ettirgan daftarni yuritish”ni majbur qilgan
30
[5. -C.18]. 
Bundan tashqari, Ordonansda “savdogarlarning ikki yilda kamida bir marta 
inventarizatsiya o‘tkazishi majburiy ekanligi eslatilgan, bunda Kodeksda 
baholashning hech qanday tartiblari ko‘zda tutilmagan
31
[1.- S. 67-68]. 
Kodeksda uning asosiy muallifi Jak Savari tomonidan buxgalteriya 
hisobining uchta funktsiyasi ajratib ko‘rsatilgan: 

tadbirkorlarning o‘z-o‘zini axborot bilan ta’minlashi;

barcha xo‘jalik faktlarini majburiy ravishda hujjatlashtirish va sud 
muhokamalarida hujjatlarining yuridik kuchga ega bo‘lishi; 

mol-mulklarni inventarizatsiya qilish.
Tadbirkorlarning o‘z-o‘zini axborot bilan ta’minlashini 
amalga 
oshirish maqsadida J. Savari davriy inventarizatsiyaga asoslangan hisobotni 
qonunan qayta tiklagan (agar u XIV asr oxirida Florentsiyada mavjud 
bo‘lganligini hisobga olsak). 
Dastlabki hujjatlarning yuridik kuchga ega bo‘lishi haqida 
Kodeksda 
birinchi marta eslatilgan. Luka Pacholi davrida va undan keyingi ikki yuz yil 
davomida sud muhokamalarida dastlabki hujjatlarning yuridik kuchga ega 
bo‘lishi haqida ma’lumotlar faqat “savdoga oid” (buxgalteriya) daftarlarida 
mavjud bo‘lgan.
Ordonansda hisobot balansini tuzish bo‘yicha hech qanday talablar 
mavjud emas. “Mukammal savdogar” nomi bilan 1675 yilda alohida kitob 
sifatida chop qilingan Kodeksga sharhlarda J.Savari 
inventarizatsiya 
ro‘yxati
ni uning asosi sifatida bayon qilgan. Balans inventarizatsiya ro‘yxati 
buxgalteriya schyoti shaklida
aks ettiriladigan yakuniy bosqichi sifatida 
inventarizatsiya qaydnomalarining tarkibiy qismi sifatida talqin etilgan va 
“inventarizatsiya ro‘yxatini balans ko‘rinishida taqdim etish” deb 
nomlangan. 
J.Savari balans vazifalarini ochib bergan. Balans “birinchidan, 
tadbirkor yil davomida nimalarni olgan (sof aktivlari orqali), ikkinchidan, 
30
Обербринкманн Ф. Современное понимание бухгалтерского баланса / Под ред. Я. В. Соколова. — М.: Финансы 
и статистика, 1997. 
31
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000. 


457 
tadbirkorning mol-mulkini uning xodimlari va ishchilari o‘g‘irlamasligini 
aks ettiradi”. Frank Oberbrikmann fikricha «Savarining g‘oyalari hisobot 
foyda va zararni, shuningdek o‘g‘irlik hollarida mumkin bo‘lgan mulkiy 
zararlarni aniqlash uchun tuzilishini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, hisobot 
mol-mulklar qiymatini hisoblash, shuningdek xo‘jalik holati haqida 
ma’lumot berish uchun xizmat qiladi»
32
[5. - S.19]. 
Shunday qilib, inventarizatsiyaning uchta vazifasi namoyon bo‘lgan:

mulkdor mulklari saqlanishini ta’minlash; 

mulkiy holatni aniqlashtirish, ya’ni 
qarz majburiyatlarini qoplash uchun 
korxona mulklarining yetarliligini aniqlash


xo‘jalik yuritishning moliyaviy natijasini hisoblash.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish