falsafa tarixi fan sifatida mavjud. Uning
predmetini falsafiy fikrning paydo bo‘lishi, turli o ‘zaro bog‘langan
falsafiy
ta’limolar,
konsepsiyalarda
uning
fundamental
muammolari, asosiy tushunchalari va prinsiplarining shakllanishi va
mazmunan boyib borishi, falsafiy-tarixiy jarayonning qanday
yo‘nalishlarda taraqqiy etishi, bu taraqqiyot tendensiyalarining
obyektiv qonunlarga bo‘ysunishi va nimalarda ifodalanishini
o ‘rganish tashkil etadi.
Falsafiy sistemalar plyuralizmi, xususan, falsafa tarixida bir vaqtda
bir-biridan farq qiladigan, ba’zan biri ikkinchisini istisno qiladigan
o ‘zaro zid oqimlar, yo‘nalishlar, ta’limotlar, konsepsiyalar, metodologik
yondashuvlar mavjudligi, ularning falsafiy fikr rivojida ortib borishi uni
keltirib chiqaruvchi sabablami aniqlashni talab qiladi. Falsafiy qarashlar
xilma-xilligini belgilovchi ana shunday omillardan biri - bilimlar
taraqqiyoti, shu jumladan, falsafiy bilimlar rivojidagi differensiatsiya va
22 Б огом олов А.С., О й зерм анн Т.И. “О сновы теории истори ко-ф илософ ского
п роц есса” .- М .: Н аука, 1983. С.210.
23 O 's h a asar: Б .213.
24 O'sha asar: Б.213.
16
integratsiya jaravonlaridan iborat bo1 lib, u qonuniy xarakterga ega.
Falsafiy bilimlar differensiatsiyasi
(tarmoqlashuvi) deganda, muayyan
boshlang'ich
asos,
konseptual
birlik
doirasida tafovut qiluvchi
ta’limotlarning vujudga kelishi
tushuniladi25.
Bu falsafiy-tarixiy
jarayonda turli darajada amalga oshishi mumkin. Masalan, falsafiy
dunyoqarashning boshlang‘ich punkti yoki masalasi: inson - olam
munosabati masalasi muhokamasi negizida ontologiya — borliq falsafasi,
grioseologiya - bilish falsafasi, ijtimoiy falsafa, falsafiy antropologiya,
qadriyatlar falsafasi va boshqalar shakllanadi. Yoki, aytaylik, Qadimgi
grek
naturfalsafasining
olamning
yaxlit
ontologik-kosmologik
manzarasini yaratish uchun borliq substansiyasi-birlamchi materiyani
aniqlashga qaratilgan urinishlari davomida bir qancha yondashuvlar va
mos ta’limotlar paydo boMdi; xususan, Fales suvni, Anaksimen havoni,
Geraklit olovni, Levkipp va Demokritlar atomlami substansiya deb
asoslaganlari
holda o‘z ta’limotlarini yaratdilar. Differensiatsiya
natijasida hosil bo'lgan ta’limotlarning boshlang‘ich asos, asosiy
prinsiplar bo‘yicha umumiyligi, aynanligi saqlanib qoladi; tafovutlari
j u ’ziy xarakterga ega, ular o ‘rtasida qarama-qarshiliklar yo‘q.
Falsafiy bilimlar integratsiyasi
(qo‘shiluvi) deganda, muayyan
fundamental muammo muhokamasi negizida vujudga keladigan turdosh
qarashlar, ta’limotlar qo"shilishi, umumlashtirilishining yangi nazariy
sistemaning shakllanishiga olib kelishi tushuniladi. Masalan, yuqorida
qayd etib o‘tilgan va boshqa shu turdagi ta ’limotlar, o‘z navbatida,
qo‘shilib, sintezlanib, Qadimgi Yunonistonda mifologiya, din, dastlabki
ilmiy tasavvurlami o‘z ichiga olgan bilimlar umumiy massividan ilk
falsafiy yo‘nalish - naturfalsafaning ajralib chiqib, alohida ilm sohasi
sifatida mavjud bo‘lishiga olib keldi.
Shuningdek, falsafa tarixida
“falsafiy bilimlar divergensiyasi”
tushunchasi ham ishlatiladi. A.S.Bogomolov va T.I.Oyzermannlar uni
quyidagicha ta’riflaydilar: “Divergensiya, differensiatsiyadan farqli
o ‘laroq, aw algi ta’limot prinsiplaridan kam deganda bittasini inkor
qilishni taqozo etadi. Lekin bu inkor barcha asosiy prinsiplari raddiyasi
bo‘lmaganligi sababli, turdosh qarashlar qarama-qarshiliklari bir
tomonlama, yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi”26. Masalan, Demokrit
atomlaming massaga egaligini aytmaydi, Epikur esa, aksincha, ulaming
25
Богом олов А .С ., О й зерм анн Т.Н. '“О сновы теории истори ко-ф илософ ского
п роц есса” . —М .: Н аука, 1983. С .217.
2"
O 's h a asar. C .2 I9 .
17
massasi mavjudligini asoslaydi. Lekin bu ularning prinsipial jihatdan
butunlay qarama-qarshiligini bildirmaydi, u ju z ’iy xarakterga ega.
Tarixan o‘sib, rivojlanib borar ekan, falsafiy bilimlar divergensiyasi
jarayoni zaruriy larzda
Do'stlaringiz bilan baham: |