Mustaqil nutq bosqichi qayta hikoya qilish materialida tayyorlangan nutqning
tarbiyasi va hikoya materialida mustaqil nutqni tarbiyalashni о‗ziga kiritadi. Bu
bо‗limlarning har birida о‗zining vazifalari bor. Mustaqil nutq ustidagi qayta hikoya
qilish ishida bolalar tayyorlangan matnni qayta hikoya qilishni quyidagicha
dramalashtirish bilan о‗rganadilar: voqealarni, harakatlarni turlicha о‗yin materiallari
asosida hikoya qiladilar. Mashg‗ulotlarda faollik, mustaqillik, о‗yinning hamma
kо‗rinishlarida (harakatli, didaktik, dramalashgan о‗yinlar, syujeti-rolli) xulqning
erkinligi tarbiyalanadi; tovush talaffuz qilishdagi buzilishlarning korreksiyasi
bо‗yicha, nutqning leksik-grammatik qurilishini rivojlantirish bо‗yicha ish davom
etadi. Bu davrda pedagog umumiy vazifalarni hisobga olgan holda logoritmik
mashg‗ulotlarni quradi. Mashg‗ulotlarga katta hajmda nutq vazifalari, о‗yinlar,
musiqa jо‗rligisiz mashqlar, hamda musiqali-ritmik tarbiya bо‗yicha materiallar
(xorovodli va musiqali kompozitsiyalar, raqsli, musiqa ostida yodlanganlari ham,
harakatli improvizatsiyalar ham) kiritiladi.
Hikoya materialida mustaqil nutqni tarbiyalash bolalarni tasviriy hikoya
qilishga, xotira bо‗yicha hikoya qilishga, ijodiy hikoya qilishga о‗rgatishni
mо‗ljallaydi. Bu davrdagi logoritmik mashg‗ulotlar ommaviy bolalar bog‗chasi
bolalarini musiqali-ritmik tarbiyasi bilan moslikda quriladi. Korreksion о‗qitish va
tarbiyalash bosqichining oxirida duduqlanadigan bolalar shu qadar korreksiyalangan
bо‗lishlari muhimki, ommaviy bolalar bog‗chasi dasturi talablarinieplashlarikerak.
Shuning uchun logopedik ritmika bо‗yicha mashg‗ulotlar nutq materiali, ijodiy
holatlar va yetarlicha harakat vazifasibilan boyitiladi.
Faol hulqni va erkin muloqotni mustahkamlash bosqichi logopedik va
logoritmik mashg‗ulotlar bolalarda teng meyorda kelgusida tashkilotchilik sifatlarini,
faol, shaxsning ijodiy boshlanishini, turli vaziyatlarda har qanday nutq
murakkabligida muloqotni uddalashni musthkamlash masalalarini hal qiladi.
Kattalar va о‗smirlar bilan logoritmik mashg‗ulotlar ham logopedik ish
vazifalari va nutq muassasasining turiga sabab bо‗ladi. Duduqlanadiganlar 1 oydan 3
oygacha bо‗ladigan shifoxonada logoritmika kursi nutq korreksiyasi uchun zamin
yaratishga quriladi: mashg‗ulotlar umumiy harakatlarning tempi va ritmini, mimikali
muskullarni, oral praksisini, relaksatsiyani, muskullar tonusini tartibga solishni
tarbiyalash uchun kо‗p vazifalarni kiritadi. Kuy deklamatsiya keng qо‗llaniladi:
maxsus tanlab olingan musiqa ostida duduqlanadiganlar logopeddan olgan nutq
materialni ifodali gapirib beradilar. Shifoxona sharoitida logoritmika kursi 35–60
kunga mо‗ljallangan va uchta bosqichga bо‗linadi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |