Amir Shayxim Suhayliy – iste‘dodi va zehni yuksak, axloqi go‘zal, deya
ta‘riflangan. U Husayn Boyqaro davrida saltanat ishlarida maslahatchilik qilgan.
Suhayliyning ―Iydiya‖ qasidasidan matla‘ keltiriladi:
Shukr, ey dilki, digar bor ba sad zebu jamol,
Gardani shohidi iyd ast darog‟ushi hilol. (MN.72)
(ya‘ni: shukr qil, ey ko‘ngul, ya‘ni yuz bezak va go‘zallik bilan bayram
go‘zalining gardani yangi oy og‘ushiga kirdi.) Yana boshqa she‘rlaridan ham
namunalar berilgan.
Davlatshoh Suxayliyning har ikki tildagi go‘zal she‘rlaridan keltirgan. Uning
turkiy g‘azalidagi ushbu misralar shoir iqtidorini namoyon qilib turibdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |