Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishimizda
bevosita professor, navoiyshunos olima Suyima G‘aniyevaning ―Majolis un-nafois‖
asariga 1961-66 yillarda tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matni asosiy manba bo‘lib
xizmat qildi. Qo‘shimcha manbalardan Suyima G‘aniyevaning ―Kitob dunyosi‖
gazetasida chop etilgan maqolalari, ―O‘zbek adabiyoti tarixi‖ (5 tomlik) kitobi, N.M.
Mallayevning ―O‘zbek adabiyoti tarixi‖ (2-tomi) kitobi, Muso Toshmuhammad o‘g‘li
Oybekning maqolalari, hozirga qadar nashr etilgan 20, 15, 10 tomlik Alisher Navoiy
asarlarining mukammal to‘plamlaridan hamda internet ma‘lumotlaridan foydalandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |