Sharofuddin Ali Yazdiy haqida: ―Mavlononi... sohibkamolligi olam ahli qoshida
musallamdir‖, deydi Navoiy. Manbalarda u tarix, falsafa, ilmi nujum, adabiyot,
tasavvuf bilimdoni deb ta‘riflangan. Navoiy bolalik paytlari Taft shahrida
Sharafuddin Ali Yazdiy bilan uchrashgan, alloma yosh Navoiyni duo qiladi.
―Majolis‖da olimning ―Zafarnoma‖ nomli tarixiy kitobi, ―Qasidayi Burda‖ hamda
―Asmaulloh‖ning sharhlari, ―Hulal‖, ―Munozara‖, ―Muntahab‖ asarlari sanab o‘tiladi.
―Zafarnoma‖ Shohruxning o‘g‘li Ibrohim Sultonga baxshida qilingan. ―Asmaulloh‖
(Allohning ismlari) – Allohning 99 muborak ismi, ularning fazilatlari haqidagi Shayh
Muhammad Tobadgoniyning asari bo‘lib, Ali Yazdiy unga sharh yozgan.
Sharafuddin Ali Yazdiy Taftda 1452 yil vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |