A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


-rasm. Temirbetondan yasalgan vannaning yon (а) va old (б)



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#718626
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102
Bog'liq
A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov

1.21-rasm. Temirbetondan yasalgan vannaning yon (а) va old (б) 
tomondan qirqimi. 
1. Elektrolitni to‘kish uchun mo‘jallangan o‘yiq; 2. Elektrolitni quyish 
uchun mo‘ljallangan nov; 3. Аnod; 4. Каtod; 5. Каtodni osish uchun 
mo‘ljallangantemir tirgak. 
Elektrolizjarayonidamisningta’siri
Agar elektrolit eritmasiga tushirilgan tokuzatkich orqali mis anodiga 
musbat tok berilsa, katodga esa manfiy zaryad bog‘lansa, elektr zanjiri tutashadi va 
elektrolit hajmidan tok o‘tadi. Bunda anodda quyidagi jarayonlar yuz beradi: 


124 
1) metall ionining anoddan ajralib chiqib, ortiqcha elektronni tashqi 
zanjirga o‘tishi kechadi: 
Cu ↔ Cu
2+
+ 2e (1.92) 
2) SuH
2
O
2+
kationining gidratatsiyasi (metall ionining eritmada suv 
molekulasi bilan bog‘lanishi); 
3) kationning eritmaga o‘tishi.
Katod jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
1) Kationning eritma hajmidan katod yuziga o‘tishi; 
2) Kationning elektron yordamida tiklanishi: 
Cu
2+
+ Ce = Сu
o
; (1.93)
3) Metall atomining katod kristallik tuzilishiga qo‘shilishi.
Bunday sxemada mis anoddan erib, katod listiga yopishadi va katod eni 
o‘sib boradi. Suratda ko‘rsatilganidek (1.22-rasm), toza olingan 99,99% li misli 
katod tasmalar orqali bog‘lanib, sotuvga chiqariladi.
1.22-rasm. Sotuvga tayyorlangan 99,99% li misli katod. 


125 
Jarayon davrida elektr quvvati elektrolitning shina va kontaktlari qar-
shiligini bartaraf qilish uchun sarflanadi. Faradey qonuniga binoan, katodga 
o‘tadigan metalning gramm-ekvivalenti zanjirdan o‘tadigan elektr tokiga 
bog‘liqdir. Bir gramm-ekvivalent metalni o‘tkazishga 96500 Kulon elektr toki 
sarflanadi yoki 96500 : 3600 = 26,8 A-soat. 
Katodda 1A-soat tok yordamida o‘tkaziladigan metall massa shu metalning 
elektr kimyoviy ekvivalenti deb ataladi. 
Eritmadan 1A soat elektr toki o‘tsa, katodda 31,78:26,8 =1,186 g mis 
yopishadi.Gramm ekvivalent deb grammda o‘lchangan metall atom massasining 
valentligiga bo‘linganligiga aytiladi. Masalan, ikki valentli misning gramm-
ekvivalenti quyidagiga teng: 63,56:2=31,78 g.
Amaliyotda katodda o‘tiradigan metalning massasi ushbu ko‘rsatilgan 
raqamdan kamroqdir. Amaliy metall massasiningnazariy olish mumkin bo‘lgan 
massasiga nisbati har doim birdan kam bo‘ladi va foiz orqali belgilanadi. Bu 
nisbiylik tokdan chiqish deb aytiladi. 
Metallik mis mavjudligida, mis sulfat eritmasida ikki va bir valentli mis 
oralig‘ida muvozanat bo‘ladi: 
CuSO
4
= Su + 2SO
4
(1.94) 
Anodda bir valentli misning paydo bo‘lishi tokdan chiqishni ko‘paytiradi, 
chunki misning elektrokimyoviy ekvivalenti 2,374 g ga teng va ikki valentli 
misning ekvivalentidan ikki marta ko‘proqdir. Afsuski, bir valentli mis eritmada 
mustahkam emas va quyidagicha ajraladi: 
2Cu+ = Cu
2+
+ Su (1.95) 
Bu reaksiyaning o‘zgarmas doimiysi quyidagicha: 
K = [Cu
+
]
2
/ [Cu
2+]
= 0,62 ·10
-6
(1.96)


126 
Boshqa so‘z bilan aytganda, bir valentli misning miqdori ikki valentli mis 
miqdoriga nisbatan taxminan 60000 marta kamroqdir. 
Nordon eritmalarda misning bevosita erish jarayoni ham boradi: 
Cu + H
2
SO
4
+ 0,5O
2
= CuSO
4
+ H
2
O (1.97) 
Bevosita misning erishi elektrolitning sirtiga o‘tadi, chunki u yerda sistema 
atmosferada kislorod bilan kontaktda bo‘ladi. Bu jarayon elektrolitni ortiqcha 
misni boyitishga olib keladi va maxsus choralar bilan normal holatga olib kelinadi. 
Misni elektrolitik tozalashda anodning yuzi atrofida mayda mis kukuni 
ajralib chiqishi kutiladi. Bu jarayon (7.16) reaksiyaningborishi natijasida 
kuzatiladi. Amaliyotda vannadagi misning soni 2 % ni tashkil qiladi. Anoddan 
katodga mis yarim sulfidi va yarim oksidi ham o‘tmasdan cho‘kma fazasiga o‘tadi. 
Bu cho‘kmalar nodir metallar bilan shlam fazasini tashkil qiladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish