Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova


“Ha-Yoʻq” oʻyini orqali ogʻzaki bajariladi. Oʻqituvchi savol beradi  oʻquvchilar faqat  ”Ha”



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

“Ha-Yoʻq”
oʻyini orqali ogʻzaki bajariladi. Oʻqituvchi savol beradi 
oʻquvchilar faqat 
”Ha”
yoki 
”Yoʻq”
deb javob beradilar. 
Masalan- 90 bilan 50 ning ayirmasi 40 dan kattami? 
38 bilan 20 ning yigʻindisi 70 dan kattami? 
57 bilan 3 ning yigʻindisi 70 dan kichikmi? 
60 bilan 40 ning yigʻinisi 50 dan kichikmi? 
48 bilan 2 ning yigʻindisi 30 dan kichikmi? 
53 bilan 7 ning yigʻindisi 60 ga tengmi? 


147 
Yuqoridagi 
“Ha-Yoʻq”
oʻyinidan 12, 18-darslarining 5-topshirigida, 27-
darsning 4-topshirigʻida qoʻllash tavsiya etiladi. 
(T)
mavzuni mustahkamlash va olingan bilimlarni baholash uchun ekran 
orqali test topshirigʻi bajariladi. 
V. Uyga vazifa berish 
VI. Darsni yakunlash
Uyga vazifa 6-masala va 7-misol. Masala tahlil qilib tushuntiriladi. Faol 
oʻquvchilar ragʻbatlantirilib baholanadi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Boshlang‗ich sinflar dasturida algebra materiallarini о‗rgatishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyatini tushuntiring? 
2. Sonli ifodalarning qiymatini topishga doir misol va masalalar еchishga 
о‗rgatishga doir kо‗rgazmali qurollar tayyorlang.
2. 
Geometrik 
materiallarni 
о‗rgatishda axborot texnologiyalaridan 
foydalanishning о‗ziga xos xususiyatlari sanab о‗ting.
14-§. SODDA VA MURAKKAB MASALALARNI YECHISHDA 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. 
Tayanch sо‘z va iboralar: 
sodda masalalar, murakkab masallar, axborot 
texnologiyalari, masalarni taqdim qilish, grafik modellar. 
Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng miqyosda 
foydalanilmoqda. Bu imkoniyatlardan matematika darslarida matnli berilgan 
masalalarni еchishda ham foydalanish mumkin. Bunda rangli, tasvirli harakatlar 
hamda ovoz yordamida izohlanishi, masalani еchish jarayoni tasvirlanib borilishi 
oʻquvchilar tasavvurlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Matematik 
masalaning sharti, ya‘ni matni ekranda beriladi va shunga mos ravishda tasvirlar 
paydo boʻladi. Shartning qoʻyilishi orqali matematik model tuziladi. Masalaning 
berilishiga bog‗liq holda hamda tuzilgan matematik model asosida noma‘lum 


148 
belgilanib, uning еchilishi, shunga mos holda harakatlar ham namoyon boʻlib 
boradi va еchim topiladi. 
Boshlang‗ich sinf о‘quvchilari maktabga borgan kunlarining ilk matematika 
darslaridan boshlab matematik masalalar bilan uchrashadilar. Birinchi sinf 
oʻquvchilari bilan qilinadigan dastlabki suhbatlarning birida oʻqituvchi oʻquvchi 
qanday hayotiy tajriba va bilimga ega ekanini aniqlash maqsadida eng sodda 
masalaga murojaat qiladi.
Matematik masalalar oʻquvchilarga matematik tushunchalarni toʻg‗ri 
shakllantirishga, uni oʻrab turgan muhitning oʻzaro aloqadorligining turli 
tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, oʻrganilayotgan nazariy 
qoidalarni qoʻllash, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog‗lanishlarni 
oʻrnatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalalar еchish bola tafakkurining 
rivojlanishiga yordam beradi. 
Masala 
- (arabcha –soʻroq, savol, muommo, iltimos) ma‘lum sonlar va 
tegishli munosabatlar asosida noma‘lum sonlarni topish haqidagi matematik 
masala. 
Masala tushunchasini tor ma‘noda qarab, unda quyidagi tarkibiy elementlarni 
ajratish mumkin: 
a) masalaning sharti
b) masalaning savoli
Shunday qilib, har qanday arifmetik masalada noma‘lum (izlanayotgan) son 
(yoki bir nechta izlanayotgan son) va berilgan sonlar (ular ikkitadan kam 
boʻlmasligi kerak) dan iborat elementlar albatta boʻlishi kerak ekan. 
Shart va savol — masalaning asosiy elementlaridir. Sonli (yoki harfiy) 
ma‘lumotlar masala shartida beriladi. Izlanayotgan miqdor har doim masala 
savoliga kirgan boʻladi. Ammo ba‘zi hollarda masala shunday ifodalangan boʻlishi 
mumkinki, unda savol shartning bir qismini oladi yoki butun masala savol shaklida 
bayon qilinadi. 


149 
Masalalarni turli usullarda taqdim etish oʻquvchilarning masalar ustida ishlash 
koʻnikmalarini rivojlantirib boradi. Bunda masala turli koʻrinishlarda axborot 
texnologiyalarining imkoniyatlaridan kelib chiqib taqdim etilishi oʻquvchilar 
tassavvur va tushunchalarini rivojlantiradi.
1. Masalan, matnli masalalarning asosiy xususiyati shundaki masalani еchish 
har doim uning sharti va unga qoʻyilgan savol bilan tanishishdan boshlanadi. 
Bolalar еtarlicha tez oʻqishni oʻrganib olgunlariga qadar masala sharti va unga 
qoʻyilgan savolni oʻqituvchi gapirib beradi yoki oʻqib beradi. Yoki ovozli 
videoilovalar, audioilovalar yoki animatsion roliklar orqali namoyish qilish 
mumkin. Ammo bolalar tez oʻqish malakasini egallab olganlaridan keyin masalani 
oʻquvchilar oʻzlari oʻqiydilar. Masalan: 
―Birinchi bino qurilishi uchun 160 kg, ikkinchi bino qurilishi uchun undan 40 
kg kam mix joʻnatildi. Dastlab omborda 300 kg mix boʻlgan boʻlsa, qurilishga 
joʻnatilganidan soʻng necha kilogramm mix qoldi?‖ 
2. Ma‘lumki darsliklarda qisqa koʻrinishdagi masalan nisbatan kam beriladi. 
Masala qisqa yozuv koʻrinishida slaytlar yordamida oʻquvchilarning masala sharti 
va unig qisqa koʻrinishi oʻrtasidagi boʻg‗lanishni anglab еtishlariga yordam beradi. 
Masalan: 
Qisqa yozuv boʻyicha masala tuzing va еching:
Bor edi — 80 ta muzqaymoq. 
Tushgacha sotildi — ?, choragi. 
Tushdan keyin sotildi — ?, yarmi. 
Jami sotildi — ? ta. 
Ma‘lumki tasvirlar oʻquvchilarga masala mazmunini tez anglab еtishga va 
xotirada yaxshi saqlab qolishiga yordam beradi. Shuning uchun rasm, jadval, 
chizma, diagramma va hakozolar koʻrinishida masalarni axborot texnologiyari 
imkoniyatlari yordamida dars va darsdan tashqari mashg‗ulotlar uchun berib borish 
zarur. Masalan: 
3. Rasm asosida masala tuzing va еching: 


150 
4. Jadval asosida masala tuzing: 
5. Chizma asosida masala tuzing va еching: 
6. Diagramma asosida masala tuzing: 
Qaysi og‗ir – ? 32 ta karammi, 11 ta tarvuzmi yoki 8 ta qovoqmi? 
Grafik modellardan sodda masalalarni еchishda ham, murakkab masalalarni 
еchishda ham qoʻllanish mumkin. Syujetli masalalarni videoilovalar yordamida 
taqdim etilishi jarayyonning borishi haqida oʻquchilarda tushunchani hosil qilishga 
yordam beradi.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish