Word dasturida ishlash.
Word muharriri Windows operatsion tizimi uchun yaratilgan, Microsoft
firmasining mahsuli boʻlib, uning bir necha turlari mavjud. Bu muharrir yordamida
yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qoʻyilgan
talablarga asosan tayyorlash, manzillarga joʻnatish, rasm, grafik, jadval, va
diagrammalardan foydalanish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir
qator amallarni bajarish mumkin.
51
―Word‖ (so`z) - hozirgi zamon matnli protsessorlaridan biridir. Word dasturi
bilan ishlaganda unga har xil diagrammalar, tasvirlar, grafiklar, ―Paintbrush‖ yoki
boshqa biror grafikli muharrirda chizilgan rasmlar, hamda jadvalning biror
bo`lagini qo`yish mumkin. Word ning samarali va qulay tomoni shuki, u ―Write‖
matn muharriri bajara olmaydigan, matnni ikki va undan ortiq kolonkalarga
ajratish, matnni ramka ichiga yozish va bu ramka chizig`ining soyali va soyasiz
ko`rinishini hosil qilish, bir nechta ishchi oynalar tuzish va hokazo ishlarni bajara
oladi.
Word – bu matnli va grafikli axborotlar ustida yuzlab amallarni bajaruvchi,
matn muharrirlarining ichida mukammal dasturlardan biri bo`lib hisoblanadi. Word
yordamida juda tez va yuqori sifatda istalgan hujjatni oddiygina yozuvdan to
murakkab nashrdagi asl maketgacha tayyorlash mumkin.
Birinchidan, Word zamonaviy kompyuter texnologiyalarida ko`zda tutilgan
an‘anaviy amallarni matnlar ustida so`zsiz bajarish imkoniyatiga ega:
Formatlashtirilmagan alfavit-raqamli axborotlar to`plarni va modifikatsiyasi
Turli xil o`lchamli va stilli ―True Type‖ shriftlarni qo`llagan holda belgilarni
formatlash
Betlarni formatlash
Hujjatni butunligicha formatlash
To`g`ri yozilganlikni tekshirish, sinonimlar tanlash va so`zlarni avtomatik
ravishda ko`chirish.
Ikkinchidan, Word matn muharririda ―Windows‖ ning boshqa ilovalarida
tayyorlangan matnli fragmentlarni, jadvallarni, rasmlarni xujjatga kiritish imkonini
beradigan yangi texnologiya imkoniyatlari mavjud.
Uchinchidan, Word – bu maxsus nashriy sistemalarga xos bo`lgan
sahifalashning ko`pgina amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo`lgan va
bosmaxonada
keyingi
nusxalash
uchun
asl
nusxalar
yasaydigan,umumqo`llaniladigan dasturlardan biridir.
52
Microsoft Word matnlar tahrirlovchisi ko`p amalli dasturdan iborat matn
muharriri bo`lib, Microsoft Office paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi.
Matnni tahrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta‘riflash mumkin: hujjatni
yaratish, saqlash, o`zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish
va h.k.
Ushbu matn muharririning imkoniyatlarini quyida keltirilgan ba‘zi amallardan
ham bilish mumkin:
Matnning orfografiyasi va grammatikasini
tekshirish.
Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari
va ichki rangini tanlash.
Rasm chizish.
Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, tahrir
qilish va h.k.
Elektron pochta qutisidan olingan xabarlarni tahrirlash va boshqa
imkoniyatlar kiradi.
Word programmasida yaratilgan fayllar ―docx‖ kengaytmasi bilan saqlanadi.
Word dasturini ishga tushirish uchun :
―Пуск‖ – ―Все программы‖ – ―Microsoft office‖ – ―MS Word 2010‖
53
1 – sarlavha satri;
2 – oynani yigʻish tugmasi;
3 – oyna oʻlchamini tiklash tugmasi;
4 – oynani yopish tugmasi;
5 – menyu satri;
6 – vositalarlar paneli;
7 – gorizontal va vertikal chizgʻichlar;
8 – asosiy ishchi soha;
9 – holat satri;
Do'stlaringiz bilan baham: |