Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

Oʻqish motivatsiyasini oshirish. 
Koʻp sonli tajriba-sinovlar ma‘lumotlariga koʻra boshlang‗ich ta‘lim oʻquv 
jarayonida kompyuterlardan foydalanishda oʻqitish motivatsiyasining oshishi 
kuzatiladi. Jumladan, oʻquvchilarning kompyuter dasturlari bilan qoʻllab-
quvvatlanadigan fanga qiziqishlarini ahamiyatli oshirish kuzatilgan. Agar 6 yoshli 
bolalarda yangilik, oʻyin motivi yorqin ifodalangan boʻlsa, unda kattaroq yoshdagi 
oʻquvchilar kompyuterni darsga kiritish ta‘lim olishning intensivligini oshirishini 
tushunadilar: yozish operatsiyalarini bajarish zarurati yoʻqoladi, zaruriy mashq 
qilish hajmini oshirish imkoni paydo boʻladi, diqqat topshiriqning mohiyatiga 
jamlanadi. 
Oʻqitishning qulayligini oshirish. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga koʻra, oʻquvchiga oʻquv maqsadlariga 
erishishda muvaffaqiyat hissini boshdan kechirishga imkon beruvchi muhitni 
yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan kichik maktab yoshida bolada 
maktabga nisbatan muayyan munosabat, oʻqish istagi yoki istamaslik holadi 
yuzaga keladi, bu davrda oʻz-oʻzini baholash katta oʻzgaruvchanlikka ega boʻladi. 
Koʻpgina bolalar uchun oʻz-oʻzini baholashning muhim mezoni 
oʻzlashtirish, oʻqituvchilar, sinfdoshlari, ota-onalari tomonidan oʻquv faoliyatidagi 
ularning muvaffaqiyatlari yoki muvaffaqiyatsizliklarini har kunlik baholash 
hisoblanadi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasining mazmun va mohiyatini bayon 
qiling. 
2. Oʻqituvchining kasbiy tayyorgarligi nima? 
3. Uzluksiz ta‘lim jarayonida boshlang‗ich sinf oʻqituvchilarining axborot 
kompetentligini rivojlantirishning ahamiyati 


19 
3-§. TA‟LIM VOSITALARI - TA‟LIM TEXNOLOGIYASINING 
TARKIBI.
Tayanch soʻz va iboralar:
о‟quv-metodik majmua, darslik, koʻrsatmali 
qoʻllanmalar, mashq daftari, koʻrgazmali oʻqitish, multimediali ilovalar, 
о‟qituvchi uchun metodik qо‟llanma. 
Ma‘lumki keyingi yillarda ta‘lim muassasalarini axborot texnologiyalari bilan 
tu‘minlashda sezilarli oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Bular ta‘lim mazmunini 
boyitish, silatini oshirish uchun turli koʻrinishdagi samarali shakllarni tashkil qilish 
tarzida namoyon boʻlmoqda. 
Ta‘lim sifati - bu yaxlit tushuncha boʻlib, u bir qator parametrlar bilan 
belgilanadi. Bu еrda asosiy rolni oʻqitishning sifat koʻrsatkichi oʻynaydi. 
Oʻqituvchi oldida turgan aniq didaktik vazifani amalga oshirish 
qoʻllanilayotgan usullar bilan bir qatorda vositalarga ham bevosita bog‗liq. 
Darslarida qoʻllaniladigan oʻqitish vositalariga : о‘quv-metodik majmua 
(darslikning 
tarkibiy 
qismi 
hisoblanadigan, 
umumta‘lim 
maktablarining 
boshlang‗ich sinflari uchun bazi fanlar bо‘yicha mashq daftarlari, izohli lug‗atlar, 
matematika fanidan test topshiriqlari toʻplamlari va h.k lar); koʻrsatmali 
qoʻllanmalar (geometrik figura modellari, predmetlar, rasmlar va boshqalar); 
jihozlar (chizg‗ich, gonya, sirkul va h.k.) va oʻqitishning texnik vositalari kabilar 
kiradi.
О‘quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, о‘qituvchi uchun metodik 
qо‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. 
О‘quv-metodik majmualar davlat ta‘lim standartlari, о‘quv reja va 
dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va 
gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, о‘qituvchi uchun 
metodik qо‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini о‘z ichiga oladi. 
О‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda DTS 
Umumiy talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 


20 
Umumiy о‘rta ta‘limi muassasalari uchun о‘quv-metodik majmualarni ishlab 
chiqishning maqsad va vazifalari:
О‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy о‘rta va 
о‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika 
rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida о‘quv 
materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‗or 
xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat. 
О‘quv-metodik 
majmualarni 
ishlab 
chiqishning 
asosiy 
vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
о‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda 
ularning mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan talablarni belgilash; 
о‘quvchilarda milliy g‗urur va iftixor, moddiy va ma‘naviy merosga qadriyatli 
munosabatni tarkib toptirish; 
davlat ta‘lim standartlari talablari asosida о‘quvchilar tomonidan bilim, 
kо‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning tо‘liq о‘zlashtirilishiga erishish; 
о‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish; 
yangi avlod о‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish; 
о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini 
shakllantirish; 
umumta‘lim fanlarini о‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida 
ta‘lim-tarbiya samaradorligini oshirish. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish