Jadval №5
Buxoro viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxiv
xodimlarining 2015-2019-yillarda radioeshittirishlardagi chiqishlari hamda
telekoʻrsatuvlardagi ishtirok toʻgʻrisida miqdoriy jadval
163
Yillar
Radioeshittirishda
chiqishlar
Telekoʻrsatuvlardagi
ishtirok
2015
16 tа
11 tа
2016
16 tа
9 tа
2017
16 tа
11 tа
2018
17 tа
11 tа
2019
17 tа
12 tа
Buxoro viloyati davlat arxivlari joylashgan tuman va shahar hokimliklariga
davlat arxivlariga boshqa bino ajratish va balansiga berish yuzasidan ishlar.
2015-yiliViloyatdavlatarxivi,
Vobkent,
Peshkoʻ,
Olottumandavlatarxivlaribinolaridajoriykapitalta’mirlashda
58
mln
205
mingsoʻmmablagʻ ajratilibsarflandi. Qorovulbozortumandavlatarxivida 5 mln. 148
mingsoʻmgaqoʻriqlovmoslamalarihamda
6
mln
700
163
Ushbu raqamlar Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2015-2020 -yilning birinchi yarmiga doir
tahliliy ma`lumotnomalarining "Arxivlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish
bo`yicha amalga oshirilgan ishlar" deb nomlangan bandiga asoslanadi.
217
mingsoʻmgakuzatuvkamerasioʻrnatildi. Arxivlarda 19 mln 174 ming soʻmga
texnika jihozlari hamda 8 mln. 493 ming soʻmga metall javonlar oʻrnatildi.
2015-yili Buxoro tuman davlat arxivi Buxoro tuman 47-son PMK binosiga
foydalanish uchun koʻchirildi. Buxoro tuman idoralararo hokimlik huzuridagi
shaxsiy tarkib arxivi hokimlik yertoʻlasida joylashgan edi. Buxoro tuman
hokimining 2019-yil 24-sentabrdagi 8896-sonli qaroriga asosan, tuman hokimligi
balansida boʻlgan avvalgi koʻp tarmoqli poliklinika binosi Buxoro tuman davlat
arxivi balansiga oʻtkazildi.
Buxoro shahar shaxsiy tarkib hujjatlari boʻyicha arxivi 2017-yili Viloyat
davlat arxivi binosiga koʻchirildi.
Vobkent tuman hokimi A.Javodov tomonidan 2015-yili tuman markazidagi
“F.Xoʻjayev” koʻchasida joylashgan xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik
ta’minlash va tashkil etish boʻlimiga qarashli 7-son "Navroʻz" maktabgacha ta’lim
muassasasi bino-inshootlarini tuman Davlat arxivi balansiga toʻgʻridan toʻgʻri
oʻtkazish toʻgʻrisidagi 2015-yil 30-dekabrdaga №1387 son tuman hokimi qarori
qabul qilindi. Vobkent tuman davlat arxivi 2016-yil yanvar oyida mazkur binoga
koʻchirildi. Vobkent tuman Idoralararo hokimlik huzuridagi shaxsiy tarkib
hujjatlari arxivi avariya holatida boʻlganligi sababli, davlat arxivi Vobkent tuman
xalq ta’limi boʻlimi balansida boʻlgan binoga, shaxsiy tarkib arxivi Vobkent tuman
qishloq va suv xoʻjaligi binosiga koʻchirildi. Binolarni oʻz balansiga oʻtkazish
uchun 2016-yili tuman hokimiga xat bilan murojaat qilingan edi.
Peshku tuman hokimi Sh.Mavlonov tomonidan 2016-yilda "Peshkoʻ tuman
hokimligi balansida boʻlgan Yangibozor shaharcha fuqarolar yigʻini “Mustaqillik”
koʻchasida joylashgan ikki qavatli "Ma’muriy bino"ni Peshkoʻ tuman Davlat arxivi
balansiga oʻtkazish toʻgʻrisida"gi 2016-yil 17-iyuldagi 648-son tuman hokimi
qarori qabul qilindi. 2017-yili Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi
bayrami arafasida 2-sentabr kuni Peshkoʻ tuman davlat arxivi oʻzining balansiga
berilgan va toʻla kapital ta’mirdan chiqarilgan binoga koʻchirib, davlat arxivi
faoliyatini davom ettirayotgan mazkur binoda arxiv faoliyatini toʻgʻri yoʻlga
qoʻyish, saqlovxonalarda Milliy arxiv fondi hujjatlarini joylashtirish, ulardagi
218
javonlarni, ishchi hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonalarini
toʻgʻri taqsimlash, arxiv foydalanuvchilariga zarur shart-sharoitlarni yaratish
boʻyicha amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar toʻgʻrisida sayyor tarzda
koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.
Qorakoʻl tuman davlat arxivi 2016-yilda oʻzining binosiga ega boʻlib turib,
joy yetishmaganligi sababli tuman hokimligi tomonidan budjetdan tashqari pensiya
jamgʻarmasining eski binosiga koʻchirildi. Qorakoʻl tuman davlat arxivi oʻzining
eski binosi arxiv balansidan chiqarilmaganligi uchun Qorakoʻl tuman hokimligi
tomonidan budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi davlat arxiviga vaqtincha bepul
foydalanib kelindi. 2019-yili ushbu tuman hokimligi tomonidan Qorakoʻl tuman
davlat arxiviga hamda Qorakoʻl tuman Idoralararo xoʻjalik hisobidagi shaxsiy
tarkib arxiviga boʻshagan harbiy qism binosi ajratildi.
Olot davlat arxivlari binolarni ham dastavval oʻz balansiga olish borasidagi
ishlar oxiriga yetmagan edi. 2019-yilda Olot tuman hokimligi tomonidan Olot
tuman davlat arxiviga tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi binosidan qoʻshimcha 48
kv.m. saqlovxona, Olot tuman Idoralararo xoʻjalik hisobidagi shaxsiy tarkib
arxiviga tuman madaniyat boʻlimining boʻshagan binosi ajratildi
164
.
Shofirkon tuman davlat arxiviga bino ajratish uchun 2008-yil 12-sentabr
kunidagi 508-son qarori bilan Shofirkon tuman davlat arxiviga bino qurish uchun
yer ajratilgan edi. 2016-2018-yillarda tuman hokimligiga xat bilan murojaat
qilinib, yangi bino qurilishi boʻyicha takliflar kiritiladi. 2019-yili Kogon shahri,
Gʻijduvon, Shofirkon tuman davlat arxivlari uchun 2020-yilda yangi bino qurilishi
rejalashtiriladi.
Kogon shahar davlat arxivi Buxoro viloyati hokimining 2018-yil 18-iyul
kuni "Obod mahalla" dasturi ijrosi yuzasidan Kogon shahriga tashriflarini yakuni
boʻyicha
oʻtkazilgan
yigʻilishda
arxiv joylashgan maktabgacha ta’lim
muassasasida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan binoni
boʻshatish va arxivni koʻchirish boʻyicha viloyat hokimi tomonidan berilgan
164
Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi 2019 -yillik hisobotining tahliliy ma`lumotnomasi. Buxoro, 2019
-yil dekabr. -B.6.
219
topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan arxiv saqlovxonasidagi hujjatlar
vaqtinchalik boshqa binoga tadbirkorlik subyekti boʻlgan Kogon shahar
“M.Tarobiy” koʻchasi 66-uyda joylashgan xususiy korxona hududida joylashgan
binoga koʻchirilgan edi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ushbu arxiv 2020-yili yangi
binoga koʻchib oʻtishi belgilangan.
Shuni ta’kidlash joizki, 2018-yilda Buxoro viloyatidagi 257 ta idoraviy
arxivlar ishlarini oʻrganish amalga oshirilgan. Buxoro, Vobkent, Qorovulbozor,
Peshku, Shofirkon tuman davlat arxivlari hamda Vobkent, Olot tumanlari shaxsiy
tarkib hujjatlari arxivlaridagi hujjatlarining sifatli saqlovini ta’minlash maqsadida
saqlovxonalarga temir stellajlar oʻrnatildi.
Shuningdek, Buxoro, Romitan, Olot, Vobkent idoralararo shaxsiy tarkib
hujjatlari arxivi saqlovidagi arxiv hujjatlarining xavfsiz saqlovini ta’minlash
maqsadida shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari joylashgan binoni arxiv balansiga
oʻtkazish choralari boʻyicha hokimliklarga oʻrnatilgan tartibda xat bilan murojaat
qilingan.
2020-2022-yilda Buxoro viloyatida davlat mablagʻlari hisobidan quriladigan
obyektlar manziliy dasturi loyihasiga 2020-yilda Kogon shahri, Gʻijduvon,
Shofirkon tuman davlat arxivlari yangi bino qurilishi, 2021-yilda Olot, Jondor
tuman davlat arxivlari yangi bino qurilishi taklifi viloyat hokimligi tomonidan
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Viloyat
iqtisodiyot
va
hududlarni
kompleks
rivojlantirish
bosh
boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabr PQ-
4463-sonli qarorining 4 ilovasi bilan Oʻzbekiston Respublikasida 2020-2025-
yillarda arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish dasturida Iqtisodiyot va
sanoat, Investitsiyalar va tashqi savdo, Moliya, qurilish vazirliklari, "Oʻzarxiv"
agentligiga 2020-2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini
qurish dasturini shakllantirish boʻyicha topshirigi ijrosi yuzasidan, 2020-2022 -
yillar uchun shakllantirilayotgan Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan
mablagʻlar hisobidan Shofirkon tuman davlat arxiviga - 2020-yilda, Gʻijduvon,
Olot tuman davlat arxivlariga - 2021-yilda, Jondor, Romitan tuman davlat
220
arxivlariga - 2022-yilda yangi davlat arxivi binosi qurilishi taklifini roʻyxatga
kiritishga amaliy yordam soʻrab boshqarmaning 2019-yil oktabrdagi xati bilan
murojaat qilindi
165
.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
20-sentabrdagi
"Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida"gi 5834-F-Farmonining 8-bandi ijrosi yuzasidan viloyatdagi
barcha idoralararo xoʻjalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari shahar,
tuman hokimliklari qarorlariga asosan shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga
aylantirilib, boshqarma boʻysunuviga oʻtkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |