Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Monopolistik yoki nomukammal raqobat



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Monopolistik yoki nomukammal raqobat. 
Monopolistik raqobat sof 
raqobat bilan monopoliya o‘rtasidagi holat bo‘lib, u differensiatsiya 
strategiyasi tashqi raqobatli afzallikka asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, 
raqobatchilar juda ko‘p bo‘lib, ularning tovarlari differensiyalangan, ya’ni 
xaridorlar nuqtayi nazaridan ular ajralib turuvchi sifatlarga egadir. 
Monopolistik (nomukammal) raqobat bozorida raqobatchilar soni yuqori 
(biroq sof raqobat bozoridagidan kam), ularning kuchi taxminan teng, lekin 
ularning tovarlari differensiallashgan (sifati, sotish shartlari, do‘konning 
joylashgan yeri va uning ish vaqti, joylash, reklama, savdo belgisi bo‘yicha). 
Narx ustidan nazorat cheklangan, monopollashgan raqobatli tarmoqqa kirish 
oson amalga oshiriladi, lekin mahsulotning xususiy xilma-xilligi va 
reklamaga ishlab berishga qo‘yilmalar zarur. Narxsiz raqobat ustun turadi. 
Narxsiz (bahosiz) raqobatning rivojla- nishiga imkon bermaydigan sifat 
darajasida katta farqlar bo‘lmagan standartlashtirilgan mahsulotlar bozorida 
sof raqobat vaziyati o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ushbu narxda xaridor uchun 
qaysi sotuvchidan xarid qilish farqsiz. Har bir firma ishlab chiqarish umumiy 
hajmining narx ustidan nazorat bo‘lmagan uncha katta bo‘lmagan qismini 
ishlab chiqaradi. Tovarga narx unga bo‘lgan talab va taklifning nisbatigagina 
bog‘liq bo‘ladi. Sotuvchilar daromad (foyda)lari darajasidagi farq ishlab 
chiqarish sarfi darajasida va tovarlar taqsimlanishi bilan bog‘liq. 
Kompaniya uchun yagona mumkin bo‘lgan xarid chegarasi bozordagi 
narxning yuzaga kelgan darajasiga bog‘liq holda tovar ishlab chiqarish yoki 
sotish hajmini o‘zgartirish (variatsalash) hisoblanadi (qulay narxlar bo‘lganda 
ishlab chiqarishni ko‘paytirish naxlar pasayganda ishlab chiqarishni 
kamaytirish). 
Iqtisodiyot nazariyasi va hozirgi zamon amaliyoti ko‘rsatadiki, sof 
monopoliya va sof raqobat raqobat vaziyatining ikkita oxirgi (ideal) turi 


99 
(ko‘rinishi) sifatida uzoq mavjud bo‘la olmaydi: 
-samarasi kam kompaniyalar o‘z o‘rnini o‘zining rivojlanish davo- mida 
yiriklashadigan kompaniyalarga bo‘shatib, qashshoqlashadi: sof raqobat 
bozori oligopoliya yoki monopolistik raqobat holatiga o‘tadi; 
-davlat tomonidan monopoliyadan chiqarish, yangi kompaniya- larning 
bozorga kirib borishi, boshqasining o‘rnini bosuvchi tovarlarning paydo 
bo‘lishi sof monopoliyalashgan bozor ham oligopoliya yoki monopollashgan 
raqobat holatiga intilishiga olib keladi. 
Marketing tadqiqotlarida firma uchun muhimi raqobat darajasini va 
uning raqobatchilarining bozorda tutgan o‘rnini aniqlash hisoblanadi. Buning 
uchun nafaqat bozordagi raqobatchi firmalar sonini, shuningdek, ushbu 
bozordagi ularning ulushi miqdori va firmaning o‘zining bozorga oid ulushini 
ham bilish muhim. 
Ma’lum tovarning bozordagi ulushga bog‘liq holda firma raqobat 
kurashida to‘rt xil rol o‘ynashi mumkin. 
1.
Peshqadam (lider) (bozordagi ulushi – 40%), o‘zini boshqalarga 
nisbatan dadilroq his qiladi. Biroq ko‘pchilik unga yetib olishga urinadi, 
shuning uchun u yangi tovarni narxlash, sotish – (o‘tkazish)ni rag‘batlantirish 
sohasida birinchi bo‘lib tashabbus ko‘rsatadi. 
2.
Peshqadamlikka da’vogar (bozordagi ulushi–30%), peshqadam- dan 
unchalik qolishmaydi, shuning uchun nafsoniyatli, peshqadamgahujum qilib 
turadi. 
3.
Davom ettiruvchi yoki o‘rgatuvchi (bozordagi ulushi – 20%) –bu 
rol kuch va mablag‘larini tejab, peshqadam ortidan sezilarli masofada 
ergashib borish, uning tovarlarini nusxalashda ko‘rinadi. 
4.
Nisher – bozordagi ulushi 10 % bo‘lib yetarlicha qanoatlangan 
miqdorda daromad oladi, ma’lum faoliyatga ixtisoslashadi, xaridorga ajoyib 
tovar yoki xizmatlar taqdim etadi. Bu rolda, qoidaga ko‘ra, yangi ish 
boshlaganlar bo‘ladi. Yangilar uchun, agar u o‘z joyi o‘sish imkoniyati bilan, 
lekin raqobatchilar uchun unchalik jozibador bo‘lmagan holda topgan bo‘lsa, 
muvaffaqiyatli (omadli) bo‘ladi. 
Bozor ishtirokchilarining roli, ularning ichki va tashqi muhitiga ko‘plab 
omillarning ta’siri natijasida vaqti bilan almashadi. Masalan, avval o‘z ishini 
nisher sifatida boshlagan Sony bugungi kunda maishiy elektronika bozorida 
jahon peshqadami hisobalandi, 1973 – yilda mobil telefonni kashf etgan va 
1983 yilda uni bozorga olib chiqqan Motorola bugungi kunda birinchilikni 
Nokiaga berib, jahonda ikkinchi o‘rinni band qildi va ikkinchi o‘rinni 
Samsungga bo‘shatib, uchinchi o‘ringa joylashdi. 
Va nihoyat, raqobat tahlilida muhim payt tovar va firmaning 
raqobatbardoshligini aniqlash hisoblanadi. Raqobat ustuvorligini yaratish va 
tutib qolish asosida bozor muhitining 3 ta subyektining mos holda o‘zaro 
ta’siri va munosabatlari tahlili yotadi. Birinchi subyekt – ma’lum mahsulot 
ishlab chiqaruvchi «bizning firma». Ikkinchi subyekt 


100 

ushbu mahsulotni sotib olishi mumkin bo‘lgan xaridor. Uchinchi subyekt

«bizning» firmamiz ishlab chiqaradigan mahsulot bilan xaridorning 
ehtiyojini qanoatlantirishga tayyor turgan, unga ana shunday mahsulotni 
sotishga tayyor raqobatchilar. Bu «uchlik» da asosiy xaridor hisoblanadi. 
Vositachilar - firma yoki jismoniy shaxslar ishlab chiqargan tovar va 
xizmat turlarini iste’molchilarga yetkazib berishga yordam beruvchi 
subyektlardir. Vositachilarning quyidagi turlari ko‘proq uchraydi: 
1)
savdo vositachilari-mijozlarni qidirib topish va tovarlarni sotishga 
yordam beradi; 
2)
logistika vositachilari - tovarlarni harakatlanishini tashkil qilishga 
ixtisoslashgan, tovarlarni transportirovka qilish va ularni saqlashga yordam 
beradigan firmalar; 
3)
marketing vositachilari-marketing xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot- lar 
masalan, reklama, axborotlar va h.k.); 
4)
moliyaviy 
vositachilar-operatsiyalarni 
moliyalashtirish 
va 
sug‘urtalashga yordam beradigan kredit-moliya muassasalari mavjud. 
Savdo vositachilariga chakana va ulgurji savdogarlar kiradi. 
Logistik 
vositachilar-tovarlarni 
omborlarda 
saqlash, 
ularni 
transportirovka qilish, taxlash va bir shahardan ikkinchi shaharga yuborish 
funksiyalari bilan shug‘ullanadilar. 
Marketing vositachilari firmalar mahsulotiga talabni shakllantirish, 
bozorni o‘rganish, talabni optimallashtirishga yo‘naltirilgan chora- tadbirlarni 
amalga oshiradilar. 
Moliyaviy vositachilar firmalarning bank opertsiyalarini, sug‘ur- talash, 
kreditlar olish kabi funksiyalarini amalga oshirishga yordam beradilar. 
Mahsulot yetkazib beruvchilar (ta’minotchilar) - bu kompaniya va uning 
raqobatchilarini resurs materiallari bilan ta’minlovchi firmalar yoki alohida 
shaxslar. Marketing bo‘yicha boshqaruvchilar o‘zlari ta’minlanadigan 
predmetning narxi, yetkazib berilishining me’yoriy va muntazam, sifatli 
bo‘lishini diqqat bilan kuzatib borishlari zarur, chunki bu borada turli xil 
tartib buzilishlari tayyor mahsulotlarni jo‘natish jadvalini izdan chiqarishi 
mumkin, demak savdo imkoniyatlari boy beriladi va firmaga nisbatan uning 
mijozlarining ishonchi yo‘qoladi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish