Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

1.2.
 
Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy 
bosqichlari 
 
Marketing atamasi iste’molga XIX asrning 60-yillarida Makkovern 
tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyati- ning 
o‘ziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida AQShda ilk bor 
qo‘llanildi
1

1902-yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya, Illinoys 
universitetlarida “Tovarlar marketingi”, “Marketing usullari”fanlaridan 
ma’ruzalar o‘qitila boshlandi. 1910-1925-yillar mobaynida marketingusullari 
orqali bozorlar o‘rganila boshlandi. Firmalarda biznes faoliyatini o‘rganish 
uchun bozorni o‘rganish bo‘yicha bo‘limlar tashkil qilina boshlandi. 1926- 
yilda AQShda Marketing va Reklama Milliy Assotsiat- siyasi tashkil qilinib, 
keyinchalik Amerika Marketing jamiyatiga aylantirildi. 1973-yilda bu 
jamiyat Amerika Marketing Assotsiatsiyasi mavqeyiga ega bo‘ldi. Ikkinchi 
jahon urushi og‘ir sanoat rivojlanishiga va sanoat tarmoqlarini boshqarishga 
bo‘lgan yangicha yondashuvni talab etdi. Ommaviy ishlab chiqarishning 
o‘sishi, sotib olish qobiliyatining pastligi bozorlarda sotuv siyosatining ishlab 
chiqilishini va marketing sohasida tajribaning ortishiga olib keldi. 1948- 
yildan esa marketing turli xo‘jalik faoliyatida qo‘llanilib, ishlab chiqarishdan 
to iste’molchiga yetib borgungacha bo‘lgan jarayonda tovarlar oqimi va 
xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda ishlatildi. 
1960-yilda Djer Makkarti tomonidan marketingning tub mohiyatini ochib 
beruvchi“
4P” 
modeli ishlab chiqildi. Bu modelda marketingning asosiy 4 
elementlari tovar (product), narx (price), sotuv (place), reklama- 
rag‘batlantirish (promotion) o‘z aksini topgan. Bu model marketing 
sohasidagi nazariy izlanishlarga asos soldi.Turli mamlakatlarda marke- ting 
assotsiatsiyalari va institutlari tashkil qilinib, bozor va marketing izlanishlari 
olib borila boshlandi.1965-yilda ingliz Marketing instituti tomonidan 
marketingga quyidagi tarif berildi. Marketing – amaliy faoli- yat bo‘lib, 
boshqaruv 
funksiyalari 
tizimi 
hisoblanadi, 
uning 
yordamida 
iste’molchilarning xarid (sotib olish) qobiliyati o‘rganilishi natijasida tovar 
va xizmatlarga bo‘lgan real talabni shakllantirish orqali foyda olish 
jarayonidir. Bu tarif ko‘pgina nazariyotchilar tomonidan tan olindi va amaliy 
jarayonda unga asoslanib biznes va ishlab chiqarishni boshqarish olib borildi.
1
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2003



“Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vosita- sida 
shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qon- dirishga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Marketingbo‘yicha taniqli 
mutaxassis F. Kotler marketing faoliyatini ayirboshlash orqali insonlar 
talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat, deb tushun- tiradi. Ingliz 
mutaxassisi Dj. Steyner fikricha, marketing strategik rejalashtirish va 
boshqaruv 
jarayonidagi asosiy vazifa 
bo‘lib, uning maqsadi - 
iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish va korxonalar daromadini 
ta’minlash hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha yo‘na- lishlari, ya’ni 
ishlab chiqarish, moliyaviy va sotuv sohasida integ- ratsiyani yo‘lga qo‘yish.
2
1960-yilda Amerika Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan quyidagi tarif 
ma’qullandi. Marketing-ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha yetib 
borgunga qadar tovar va xizmatlar oqimini yo‘lga qo‘yish, tashkil qilish bilan 
bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. 1985-yilga kelib esabu tarif yanada 
to‘liqroq qilib tavsiflandi, ya’ni “Marketing-narx shakllantirish, g‘oyalarni 
siljitish va amalga oshirish, tovar va xizmat- larni ayirboshlash orqali sotish 
natijasida alohida shaxslar va tashkilotlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan 
jarayon”. 
AQShda 1966-yilga kelib marketing masalalari bo‘yicha shug‘ul- 
lanuvchi 350 ga yaqin firmalar faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu firmalar yirik 
kompaniyalar uchun pullik shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazib 300 
mln. dollarga yaqin daromad ko‘ra boshladilar. Keyinchalik 
marketing faoliyati bilan yirik universitetlarning tadqiqot guruhlari, 
markazlari, savdo – sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari shug‘ul- lana 
boshladilar. 1967-yildan boshlab Angliyaning 500 dan ortiq firmalari 
bozorda raqobatbardosh bo‘lish uchun bozor tadqiqotlari olib borishni yo‘lga 
qo‘yishdi. Bu tadqiqotlarga 5000 dan ortiq talabalarni jalb qilishdi. 
Marketing rivojlanishining jarayoni unga bo‘lgan yondashuv va 
fikrlarning tobora ko‘payib borishiga sabab bo‘ldi. 1972-yilda F.Kotler mikro 
va makromarketing tushunchalarini asoslab berdi. 
marketing faoliyati bilan yirik universitetlarning tadqiqot guruhlari, 
markazlari, savdo – sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari shug‘ul- lana 
boshladilar. 1967-yildan boshlab Angliyaning 500 dan ortiq firmalari 
bozorda raqobatbardosh bo‘lish uchun bozor tadqiqotlari olib borishni yo‘lga 
qo‘yishdi. Bu tadqiqotlarga 5000 dan ortiq talabalarni jalb qilishdi. 
Marketing rivojlanishining jarayoni unga bo‘lgan yondashuv va 
fikrlarning tobora ko‘payib borishiga sabab bo‘ldi. 1972-yilda F.Kotler mikro 
va makromarketing tushunchalarini asoslab berdi. 
Mikro marketing - ma’lum bir kompaniya tomonidan bajariladigan ishlarni 
nazarda tutadi. Makro marketing — butun jamiyatning yashash tarzini nazarda 
tutadi. 
1976-yilga kelib, Shelbi Xant “marketing- ayirboshlash jarayoni haqidagi 
ilmlar majmuasidir”, deb xulosa qildi. 



Ko‘rib turibmizki, marketing faoliyatining naqadar keng qamrovli 
ekanligi sababli turli olimlar tomonidan bir-birini inkor etmagan holda turli 
tariflar berilishiga olib keldi. 
AQSh va G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida marketing 
masalalari bo‘yicha milliy institutlar, turli assotsiatsiya, maktab va tadqiqot 
markazlarining tashkil etilishi bu sohaning rivojlanishiga olib keldi. 
Marketing g‘oyalarining rivojlanishini Yevropa Marketing Qo‘mitasi va 
Angliya Xalqaro Marketing Assotsiatsiyalari targ‘ibot qildilar. 
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari va Rossiya bozor 
munosabatlariga o‘tilgandan so‘ng marketing faoliyati firmalar va korxonalar 
faoliyatiga jadal sur’atlar bilan joriy etila boshlandi. 
1990-yilda Rossiya Marketing Assotsiatsiyasi tashkil etildi va uning 
Prezidenti etib professor G.G.Abramshvili tayinlandi. 
80-90-yillarda 
marketingning 
globallashuv 
jarayoni 
kuzatildi. 
Avstraliyaning Kanberre shahrida 1992-yilda Global Marketing bo‘yi- cha 
Xalqaro Konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning shiori bo‘lib «Marketing – bu 
hamma narsa», «Marketing – bu BIZNES», deb jarangladi. Marketingning 
fan va o‘ziga xos san’at sifatida shakllanishi va takomil- lashuviga ko‘plab 
xorijiy mutaxassislar B.Berman, G.Bolt, M.Bruk, A.Vayman, X.Vays, X. 
Verli, D. Gardner, D.Garst, X.Grenross, E.Dixtl,P.Druker, R.Kamp, F.Kotler, 
J.Lamblen, T. Levitt, S. Madjaro, Meffert X., R. Nishlag, Dj.Evans va 
boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar. 
2
Г.Л.Багиев, В.M.Taрасевич.Маркетинг. 4-eизд. -СПб.,”Питер” 2012 г. 


10 
1.1-jadval 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish