1
9-MAVZU BANKLARNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
REJA
1.
Banklarning vujudga kelishi va mohiyati
2.
Banklarning funksiyalari
3.
Banklarning turlari
4.
Banklarning iqtisodiyotdagi roli
1.
Banklarning vujudga kelishi va mohiyati
Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining
asosiy elementlari
sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir davrga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi haqida aniq
ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida
vujudga kelganligini ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning
dastlabki davrlarida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar
faoliyatiga xos bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bo‘lganligini
qayd etadilar.
Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do‘konlarda mahalliy pullarni
xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi to‘lov evaziga almashtirib berishgan.
SHuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga
saqlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni
tegishli
shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarga
ma’lum to‘lov evaziga bera boshlagan.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo bo‘lgan, keyinchalik
xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida evropa mamlakatlarida
banklar vujudga kelgan. SHuningdek, natural xo‘jalikning barham topishi, tovar – pul
munosabatlarining rivojlanishi natijasida hisob – kitoblar va kreditlarning roli shiddat
bilan ortib bordi. Bular o‘z navbatida bir maromdagi hisob – kitob va pul
2
muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu jarayon o‘z – o‘zidan
banklarning tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ayrim
iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki banklar ibodatxona (butxona)larda tashkil
topganligi ta’kidlanadi
59
. Ibodatxonalar hukumatning va diniy tashkilotlarning
zaxira fondlari sifatida xizmat qilgan. Ularda oziq – ovqat zaxiralari va boshqa
qimmatbaho buyumlar saqlangan. Keyinchalik ibodatxonalar to‘lov vositalarini
bajaradigan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni saqlash bilan birga, pul
muomalasini tashkil etish jarayonlarida ham bevosita ishtirok etishgan. Bunga 2011
yil iyulida Hindistonning ibodatxonalaridan birida yirik
miqdorda oltin va boshqa
boyliklarni topilganligini misol sifatida keltirish mumkin. Topilma juda katta
miqdorga teng bo‘lib, qachon va kim tomonidan qo‘yilganligi ma’lum emas.
Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va ularni barqarorligining
asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlarning asrlar davomida ibodatxonalarda
xizmat qiluvchilarga nisbatan yuqori darajada ishonchning shakllanganligi
hisoblanadi. Bu o‘z navbatida boshqalarda ham ibodatxonalarda pul mablag‘larni
saqlashga bo‘lgan ishonchini qozongan. Dastlab ushbu an’ana
qadimiy SHarqda
vujudga kelgan bo‘lsa, keyinchalik qadimgi Gretsiya va Rim hamda Evropaga
tarqalgan.
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, savdogarlar va
boshqa zodagonlar ibodatxonalarning (Delfiy, Deloss, Samoss,
Efess kabi
ibodotxonalar) alohida shaxslariga pul mablag‘larini saqlash va tegishli
operatsiyalarni amalga oshirishga ishonch bildirib, ularga pul mablag‘lari va
qimmatbaho metallarni saqlash, shuningdek, ularning topshiriqlariga binoan hisob
– kitoblarni amalga oshirishga ruxsat bergan. Buning barobarida, mamlakatda mehnat
taqsimoti va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, o‘zaro
moliyaviy ayirboshlash
hajmining ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul ishlari bilan
shug‘ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi.
Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalarning kichik – kichik
moliyaviy vositachilik do‘konlariga aylanib borishi natijasida, shuningdek, pul
3
muomalasini tartibga solishda muammolarning vujudga kelayotganligi sababli metall
tangalarni muomalaga chiqarish va pul muomalasini tartibga solish huquqini davlat
o‘z qo‘liga ola boshladi.
Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan
moliyaviy muassasalarning
dastlabki ko‘rinishlari XVI asrda Angliyada vujudga kelgan. E’tiborli jihati shundaki,
dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu – ziynatlar yasaydigan zargarlar yoki
yirik savdo bilan shug‘ullanadigan savdogarlar ichidan chiqqan. SHuningdek,
Florensiya va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga keldi. Keyinchalik banklar
Amsterdam, Gamburg, Miland, Nyurenberg kabi yirik shaharlarda tashkil topa
boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik savdogarlarning oltin tangalarini saqlash va
ularning to‘lov hisob – kitoblarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan.
Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o‘xshagan bank birinchi marta
Stokgolmda 1650 yilda, keyinchalik 1694 yilda Angliyada tashkil topgan bo‘lib, bu
bank pul emissiyasini amalga oshirish, mamlakatda tijorat
banklari faoliyatini
tartibga solish kabi ishlarni bajargan.
Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxslarning hisob – kitoblarini
bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish
asosida juda yirik miqdorda ssuda kapitalini jamg‘aradilar, ushbu mablag‘
kredit
sifatida iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlariga yo‘naltiriladi. SHu tariqa, kapitalistik
jamiyatda “bank” deb yuritiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
“korxona”lar tashkil topdi.
Banklarning mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud. “Bank”
etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “bank” so‘zi qadimgi fransuzcha
“banque” va italiyancha “bansa” so‘zlaridan paydo bo‘lib, “almashtirish stoli”
ma’nosini anglatishining guvohi bo‘lamiz.