HAJVIY ASARLAR HAQIDA
1. Tanqidiy va kulgi uyg‘otadigan badiiy
asarlar qanday nomlanadi? J: Hajviy asar
2. Hajviy asarlar mazmuni va shakliga ko‘ra
qanday ruhda bo ladi? J: Satirik va yumoristik
ruhda
3. Hajviy asarlarda qanday badiiy tasvir
vositalaridan foydalaniladi?
J: Mubolag‘a, fantaziya, sifatlash, o‘xshatish,
qar shilantirish
4. «Qiyshiq oyna», «Yovuz niyatli kishi»,
«Chiqdi» nomli hajviy hikoyalar muallifini
toping. J: A.P.Chexov
5. «Yelvizak» romanining muallifini toping. J:
N.Aminov
6. «0‘n
ikki stul», «Oltin buzoqcha»
romanlarining mu allifini toping. J: llf va
Petrov
7. Hajviy hikoyalarni toping.
J: «Qiyshiq oyna» (Chexov), «Yovuz niyatli
kishi»
(Chexov),
«Adabiyot
muallimi»
(A.Qahhor)
8. She’riy yo‘ida yozilgan hajviy asarlarni
toping.
J: «Saylov», «Dodhohim», «Tanobchilar»,
«Maskov chi boy ta’rifida»
9. Dramatik turga kiruvchi hajviy asarlar
qaysi?
J: «Maysaraning ishi», «Tuhmatchilar jazosi»
(Ham za), «Revizor» (Gogol), «Og‘riq tishlar»
(A.Qahhor)
10. «Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha
tagda hamavaqt uch qavat» misralarida qaysi
badiiy san’atdan foydalanilgan? J: Sifatlash
11. «ug‘izlari maqtanib o‘n besh qarish, Mayda
suxan, ezmachuruk, zanchalish» misralaridagi
badiiy san’at?
J: Mubolag‘a
12. «Sulton Alixoja, Hakimjon ikav, biri xotun,
birisi bo‘ldi kuyav» misralarida qaysi badiiy
san’atdan foydalanil gan? J: 0‘xshatish
13. «Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridir
kunda pixu, gavda xar» misralarida qaysi
badiiy san’atdan foyda lanilgan? J: Sifatlash
ABDULLA QAHHOR (1907 1968)
1. Abdulla Qahhor qachon qayerda tug‘ilgan?
J: 1907yil 17sentabrda Qo‘qon shahridan uncha
uzoq boMmagan Asht qishlog‘ida tug‘ilgan
2. Abdulla Qahhorning otasi kim bo’lgan?
J: Abduqahhor temirchi bo‘lgan
3. Abdulla Qahhor o‘z bolaligini qaysi
asarlarida aks ettirgan? J: «Sarob» romanining
1937yildagi
1nashri
dan
o‘rir
olgan
temirchining o‘g‘li Sarimsoq tarixi va
avtobiografik asari «0(tmishdan ertaklar»
hamda ayrim hikoyalarida
4. Qachon 0‘rta Osiyo davlat universitetlda
o‘qidi?
J: 1926 1930yillarda
5. Hajviy
asarlariga
qanday
taxalluslar
qo’ygan?
J: Norin shilpiq, Sarimsoq
6. Dastlabki qissasi qaysi? J: «Qishloq hukm
ostida» nomi bilan 1932yilda bosilgan
7. 1romani qachon nashr qilindi?
J: 1937yilning oxirida 1934yilda yozib
tugallangan yirik romani «Sarob» nashr etildi
8. 1949yilda
qishloq
xo’jaligini
jamoalashtirish mavzusida yozilgan roman
Yozuvchilar uyushmasida va boshqa joylarda
bildirilgan noo‘rin tanqidiy gaplar tufayli qayta
ishlanib, ... nomi bilan 1951yilda boshqatdan
chop qilindi. Ushbu fikrlar qaysi roman haqida
va u dastlab qan day nomlangan?
J:
Abdulla
Qahhorning
«Qo‘shchinor
chiroqlari» romani, dastlab «Qo‘shchinor»
nomi bilan atalgan
9. Komediyalarini ko‘rsating.
J: «Shohi so‘zana» (1951), «Og‘riq tishlar»
(1954),
«Tobutdan
tovush»
(1962),
«Ayajonlarim» (1967)
10. Qissalarini
sanang.
J:
«Sinchalak»,
«0‘tmishdan ertaklar», «Muhabbat», «ZiIziIa»
11. Qaysi qissasi tugallanmagan? J: «ZiIziIa»
12. Qaysi asarlari asosida telespektakllar, video
va ba diiy filmlar suratga olingan?
J:
«Sinchalak»
qissasi,
«Qo‘shchinor
chiroqlari» romani asosida
13. Abdulla Qahhor mustaqillik davrida qaysi
orden bi lan taqdirlangan?
J: «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
14. «Bemor» hikoyasiga qaysi maqol epigraf
qilib olin gan? J: «Osmon yiroq, yer qattiq»
15. Sotiboldi qaysi hikoya qahramoni?
J: «Bemor» hikoyasi qahramoni
16. Sotiboldi kimning qo’lida xizmat qilgan?
J: Chigit p0‘choq va kunjara bilan savdo
qiladigan Abdug‘aniboyning
17. Sotiboldining yagona orzusi nima edi?
J: Xotinini kasalxonada davolatish
18. Kasalxona deganda Sotiboldining ko‘z
oldiga nima keladi? J: Izvosh va oq podshoning
surati tushirilgan 25 so‘mlik pul keladi
19. Sotiboldining orttirgan boyligi bemor
xotinini davolash yo’lidagi qaysi xarajatlarga
etadi?
J: Bir marta tabib chaqirishga, bitta tovuq
so‘yish ga, kasalni baxshiga o‘qitishga etadi
20. Sotiboldi bemor xotinining oldida bo‘lish
uchun qay si kasb bilan shug‘ullana boshlaydi?
J: Savat to‘qish bilan
21. Sotiboldi
«Chilyosin» o‘qitish uchun
to’qigan sa vatchalarini ulgurji oladigan
baqqoldan qancha qarz ko‘ta rishga majbur
bo‘ladi? J: 20 tanga
22. Ushbu maslahatni kim kimga beradi:
«Devonayi
Bahovuddinga
hech
narsa
ko’tardingmi? G‘avsula’azam gachi»? J:
Abdug‘aniboy
yordam
so‘rab
kelgan
Sotiboldiga
23. Sotiboldining xotini nima uchun og‘irlashib
qoladi?
J: Chaqirilgan tabib kasallikning sabablarini
bilmasdan turib bemordan qon oladi, natijada
kasallik og‘irlashadi
24. Sotiboldining bemor xotinini kim tol
xivchin bilan savalab ketadi? J: Baxshi
25. Sotiboldining qizi necha yosh edi? J: To‘rt
yosh
26. «Bemor» hikoyasidan chiqadigan xulosa
nima?
J: Bunday jamiyatda faqat Sotiboldining o‘zi
bemor emas, butun jamiyat bemordir
27. Qaysi adib o‘z asarlariga Norin shilpi.q,
Sarimsoq singari taxalluslarni qo‘ygan? J:
Abdulla Qahhor
28. «Tobutdan tovush», «Og‘riq tishlar» nomli
komedi yalar muallifini toping. J: A.Qahhor
29. «Hey do’st, shaydullo, ba nomi ollo, sadaqa
raddi balo, baqavli rasuli xudo...» Ushbu
parcha qaysi asardan olingan? J: «Bemor»dan
30. Qaysi ijodkor millat «tanasidan qon
oldirgan bemor» holiga tushganini aytib
achinadi? J: Hamza Hakimzoda
Do'stlaringiz bilan baham: |