14 oktyabr 1893 (16 rabiulavval 1311) 34-son
7
Saodatli qushbegi Jonmirza hazratlari ovrupocha bezatilgan dasturxon
boshida, oyoq ustida turganlari holda iltifot ila salomimga alik
olganlaridan so‘ngra meni o‘tirishga taklif etdilar. Dasturxon buxorocha
odatga ko‘ra turli shirinliklar, ho‘lu quruq mevalar bilan to‘la bo‘lib,
barcha noz-
ne’mat bandalariga taqdim etildi. Vazir janoblarining ust
kiyimlari qimmatbaho hind matosidan tikilgandi. Qirq besh-qirq oltilarga
kirgan saodatmand vazir janoblari barvasta, qora soqolli, bag‘oyat
chiroyli qiyofadagi bir odamdir. Qushbegi hazratlari choy va sigara
keltirishlarini buyurgandan keyin, mendan yo‘lga, sayohatimga va
Rusiyaga oid ayrim savollar so‘radilar. Munosib javoblarni aytdim.
Ko‘ksimdagi Buxoroyi sharif Oltin Nishoniga ko‘zlari tushib, qayda ehson
bo‘lganiga qiziqdilar. Janobi oliy Abdulahadxon Bog‘chasaroyga tashrif
buyurganlarida, menga onhazrat birla u
yerda va Sevasto‘po‘lda
ko‘rishmak muyasssar bo‘lganini va u zamon nishon ehson etilganini
so‘yladim. Qushbegi janoblari meni tabrikladilar.
Janob qushbegi Rusiya podshohi tarafidan o‘zlariga hadya qilingan oltin
qinli qilich va katta nishonni menga
ko‘rsatganlarida, men ham u zotni
tabriklab, Buxoro xoni va Rusiya podshosining sog‘u salomatliklarini
tilab duo etdim.
Choy ichildi. So‘ngra tushlik yemaklar keltirildi. Suhbat asnosida gapdan
gap chiqib, qushbegi janoblari davlat ishi yuzasidan Peterburgga borib
qaytganlarini va Rusiya o‘lkasining anchagina yerlarini ko‘rganliklarini
bayon aylab, mendan ham Qrim va Qafqaz viloyatlarining holu ahvolini
so‘radilar.
Osh yeganimizdan keyin yana choy ichdik. Shunda janob qushbegi
Buxoroyi sharifda qolgan muddatim qadar rasman mehmon
qilinajagimni bayon etdilar. Men kichkinagina odam ekanligimni va
bunchalar buyuk rag‘batu diqqatga loyiq emasligimni ifodalar ekanman,
janob qushbegi g‘oyat adabli va nozik iboralar bilan ko‘nglimni ko‘tarib,
shunday dedilar: «Siz
dunyoning to‘rt tarafinda ma’lum odamsiz; Xon
janobi oliylari ham sizga iltifot ko‘rsatibdirlar; Buxoroga kelganingiz
holda, ha-
da, bizga mehmon bo‘lmog‘ingiz bag‘oyat munosibdir!»
Tashakkur aytib, so‘zlarini qabul etmoqdan boshqa choram qolmadi va
darhol:
– Rahmat, rahmat... Janobi oliy sog‘ bo‘lsinlar!–dedim.
– Taassufki, janobi oliy shaharda emaslar... Ammo men bugunoq
onhazratga sizning kelganingiz xabarini yetkarurman,
– dedi janob
qushbegi.
Bu munosabatdan quvonib, janobga ta’zim qildim va:
– Imkoni bo‘lsa, zoti oliylarini ko‘rmak va shohona iltifotlari uchun
tashakkurimni izhor etmak orzusidaman,
–dedim.
– Ha, ko‘rishmagingiz maqbuldir; bu murodingizni ham zoti oliylariga
yozarman,
– dedi janob qushbegi.
Buxoroda yashab turishimga tayin qilingan yerga v
a ba’zi katta
amaldorlar huzuriga olib borish uchun maxsus odam belgilagandan
keyin janob qushbegi bilan xayrlashib, tashqari chiqdik.
O‘sha kuni xazinachi Ostanaqul parvonachi va shayxulislom
maqomidagi qozikalon taqsirlarni ziyorat etdim. Xonning ushbu ikki oliy
mansabdori tarafidan g‘oyat go‘zal muomala, choylar, ziyofatlar ila
siylanganimdan mamnun bo‘ldim. So‘ngra Buxoroning chorsi-bozorlarini
aylanib, turar joyim deya belgilangan Elchixona degan mahallaga
keldim. Narsalarimni ham shu yerga keltirishdi.
Parvonachi (vazir muovini) juda yosh va fahmi o‘tkir odamdir.
Buxoroning moliya boshqaruvi va xazinaning hisob-
kitobi uning qo‘lida.
Qozikalon esa, oq soqolli, muloyim chehrali bir ulamodir. Bir
ko‘rishdayoq bu odamni yoqtirib qoldim. Bir oz suhbatlashishim bilanoq
uning ko‘p tafakkurli, fahmi maydon zot ekanligini angladim. Qozikalon
Buxoroyi sharifning qozisidir, shuningdek, diniy ishlar raisidir, ya’ni
Istanbul shayxulislomi maqomidadir.
Qushbegi umumiy boshqaruvni nazorat etadi va har qanaqa xususiy
i
shlarni arizaga ko‘ra, ba’zilarini o‘zi hal qilgani holda ayrim muhimlarini
janobi oliylari hukmiga yuboradi. Janobi oliylari Buxoroda bo‘lmagan
paytlarda saroyda, maxsus doirada yashab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |