Qiyosiy-tarixiy
metod
Qiyosiy-tarixiy metod
, komparativizm (tilshunoslikda) — til oilalari va guruhlarini, shuningdek,
ayrim olingan tillarni tarixiygenetik oʻrganish usullari va tartiblari majmui; qiyosiytarixiy
tilshunoslikrya tillar rivojlanishining tarixiy qonuniyatlarini belgilash uchun qoʻllanadi. Ushbu
metod til tarixini bilishning eng muhim vositasidir. Qiyosiy-tarixiy metodm. yordamida genetik
jihatdan oʻzaro yaqin tillarning diaxronik tadrijiy rivojlanishi ularning kelib chiqish manbai bir
ekanligini isbot qilish asosida oʻrganiladi.
Qiyosiy-tarixiy metodm.ning asosiy maqsadi jahondagi qarindosh tillar ichidagi ayrim oila va
guruhlarning bobo til (qarang
Bobo til
) holatidagi qolipi (qiyofasi)ni, ularning keyingi davrlardagi
rivojlanishi va mustaqil tillarga ajralishi jarayonini qayta tiklash (aslidagiday "tiriltirish"),
shuningdek, u yoki bu genetik birlikka mansub tillarning qiyosiytarixiy tavsiflari (grammatikalari
va lugʻatlari)ni tuzishdan iborat. Shuni ham aytish kerakki, Qiyosiy-tarixiy metodm.ning dastlabki
belgilari Sharq filologiyasida — M. Koshgʻariy, M. Zamaxshariy, A.Navoiy va boshqalarlarning
asarlarida kuzatiladi.
Metodning asosiy usullari quyidagilar: lisoniy maʼlumotlarning genetik mansubligini aniqlash,
qiyoslanayotgan tillarning turli sathlaridagi oʻxshashliklar va nooʻxshashliklar tizimini belgilash,
dastlabki bobo til shakllarini modellashtirish, lisoniy hodisalar va holatlarning xronologik va
mintaqaviy tarqalish chegarasini belgilash va shu asosda amalga oshiriladigan tillarning
genealogik tasnifi. Qiyoslash lisoniy tadqiqotning universal usuli boʻlish bilan birga Qiyosiy-
tarixiy metodm.da ham asosiy, ustuvor usul hisoblanadi. Ushbu metodning eng muhim belgisi
tilning barcha sathlaridagi oʻxshashliklarni anikdash yoʻli bilan amalga oshiriladigan r ye
konstruksiya (qayta tiklash) tartibi (usuli)dir. Qiyosiy rekonstruksiya (har xil tillardagi muayyan
hodisalarni qiyoslash asosida boʻladigan) va ichki rekonstruksiya (bir til doirasidagi turli davrlarga
mansub lisoniy hodisalarni taqqoslash bilan boʻladigan) oʻzaro farqlanadi.
Qarindosh tillar tizimining tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini belgilashda Qiyosiy-tarixiy metodm.
fonetikfonologik va morfologik sathlarda eng yuqori samaralarga erishadi. Bunda qiyoslash
asosini tanlab olish muhim rol oʻynaydi. Odatda, bunday asos eng qadimiy yozuv anʼanasiga ega
boʻlgan til hisoblanadi. Hindevropashunoslikda bunday rolni uzoq yillar qadimiy hind adabiy tili —
sanskrit oʻynagan. Zero, Qiyosiy-tarixiy metod m. ham sanskritda yozilgan matnlar tilini Yevropa
tillariga qiyoslash va ular orasida oʻxshashlik borligini aniqlash natijasida 19-asrning boshlarida
maydonga kelgan (hozirgi bir qator tadqiqotlarda sanskrit oʻrnini xettluviy tillari egallagan).
Lisoniy tadqiqotlarning zamonaviy qiyosiytarixiy metodikasi tipologik, kvantitativ (miqdoriy),
ehtimollik, filologik va modellashtirish kabi metodlarning usullaridan ham keng foydalanadi.
Tillarni tarixiy oʻrganishning lingvogeografik yoki areal usullari Qiyosiy-tarixiy metodm.ning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular bobo til davridagi umumiyliklarning dialektal boʻlinish manzarasini
qayta tiklashga va tillararo areal aloqalarni aniqlashga xizmat qiladi. qadimiy yozma yodgorliklari
boʻlmagan til guruhlari yoki oilalarida esa Qiyosiy-tarixiy metodm. hozirgi tillar va lahjalarning
maʼlumotlariga tayanadi.
[1]
1.
Meye A., Sravnitelnny metod v istoricheskom yaznkoznanii, per. s frans., M., 1954; Voprosn metodiki
sravnitelnoistoricheskogo izucheniya indoyevropeyskix yaznkov, M., 1956; Makayev E.A., Obshaya
teoriya sravnitelnogo yaznkoznaniya, M., 1977; Semereni O., Vvedeniye vsravnitelnoye
yaznkoznaniye, per. s nem., M., 1980; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yaznkovedeniye, M., 1998.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Tarixga oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Qiyosiy-tarixiy_metod&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 8 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Qiyosiy-
tarixiy_metod&oldid=2293054
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |