6.2-jadval
Dunyo aholisining yosh tarkibi. 1970-2017 yillarda, foiz hisobida
Mintaqalar
1970 yil
1985 yil
2017 yil
0-14
15-64
65 va
undan
yuqori
0-14
15-64
65 va
undan
yuqori
0-14
15-64
65 va
undan
yuqori
137
Dunyo
bo‗yicha
36.6
57.9
5.5
33.7
60.6
5.7
26
65
9
Yevropa
24.9
63.7
11.4
20.9
66.7
12.4
16
66
18
Osiyo
38.9
57.0
4.1
35.0
60.6
4.4
24
68
8
Afrika
44.1
53.0
2.9
45.4
51.5
3.1
41
56
3
Amerika
36.4
57.2
6.4
31.6
61.2
7.2
23
67
10
Okeaniya
32.2
60.5
7.3
28.6
63.3
8.1
23
65
12
O‘zbekiston 45.0 49.2
5.8
40.8
52.8
6.4
28
68
4
Manba:
Population RefYerence Bureau. 2017. World Population Data Sheet.
Insonning iqtisodiy, biologik va kalendar yoshlari mavjud bo‗lib, ular o‗z
ilmiy ta‘riflari va xususiyatlariga egadir. Demografik nuqtai-nazardan inson umri
turli davrlarga bo‗linadi (go‗daklik, bolalik, yoshlik, yetuklik, mehnatga
qobiliyatlilik davri va qariyalik). Umuman dunyo miqyosida ilmiy va statistik
manbalarda aholini iqtisodiy-demografik nuqtai nazardan aholi yosh tarkibi
bo‗yicha uchta demografik guruhlarga ajratiladi. Bularga 0-14 yosh (bolalar), 15-
64 yosh (mehnat yoshidagi aholi), 65 yosh va undan yuqorilar (qariyalar) kiritiladi.
Aholining yosh tarkibida mehnat yoshidagi
1
(15-64) aholi guruhi salmog‗i
alohida ahamiyatga egadir. Chunki ushbu guruh asosiy ishlab chiqarish kuchini
tashkil etadi va iqtisodiy rivojlanishning omili bo‗lib hizmat qiladi. Mehnat
yoshidagi aholi guruhining shakllanishi asosan aholining takror barpo bo‗lishi
xususiyatlariga bog‗liqdir. Alohida hollarda esa hududlarda immigratsiya va
emigratsiya jarayonlari ham mehnat yoshidagi aholi salmog‗iga ta‘sir etadi.
Dunyodagi qator davlatlarda jami aholi tarkibida mehnat yoshidagi aholi salmog‗i
50 – 65 foizni tashkil etadi. Hozirgi davrda (2017 yil) dunyo aholisining 65 foizi
15-64 yoshli aholi hissasiga to‗g‗ri kelmoqda. O‗zbekiston aholisining 62,0% 15-
64 yoshdagi kontingentlardir.
Aholining jinsiy va yosh tarkibi ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan muhim
ahamiyatga egadir. Binobarin, mehnat resurslarini maktabgacha maktab yoshidagi
kontingentlarni, nafaqa yoshidagi aholini hisoblash, ularga kerakli moddiy va
ma‘naviy imkoniyatlarni yaratish aholining jinsiy, yosh tarkibiga asoslanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi respublika aholisini yosh
1
Mehnat yoshi har bir davlatning ishlab chiqarish xususiyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy holatiga bog‗liq holda farq
qilishi mumkin, qator Evropa davlatlarida mexnat yoshi 18 yoshdan boshlanadi. O‗zbekistonda mehnat yoshi ayollar
uchun 16-54, erkaklar uchun esa 16-59 etib belgilangan.
138
guruhlarga ajratishda uning fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, yosh
kontingentlariga ajratadi. Bunda aholi yoshi, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa
belgilariga ko‗ra guruhlashtiriladi, ya‘ni 0-2 yoshgacha go‗daklik va bolalik, 3-5
yoshgacha bog‗cha davri, 6-7 yoshgacha maktabgacha va 8-15 yoshgacha maktab
davri, 16 yoshdan katta yoshdagilar, 60 yoshgacha bo‗lganlar mehnatga layoqatli
yosh va h.k.
E.Nabiev va A.Qayumovlar aholi yoshini beshta guruhga bo‗lib o‗rganishni
tavsiya etishadi. Bunda, aholi yosh tarkibi 0-14 yosh bolalar, 15-24 yosh o‗smir
yoshlar, 25-60 yosh mehnatga qobiliyatli aholi, 60-70 yosh nafaqa yoshidagilar, 70
yosh va undan kattalar tarzda ajratiladi
1
. Demak, mamlakat aholisining yosh-jinsiy
tarkibini dastavval uning biologik tipi bo‗yicha tadqiq etish alohida ahamiyatga
ega, chunki, har qanday demografik jarayonlar aholining u yoki bu yoshida albatta
ro‗y beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma‘lumotlariiga ko‗ra, mustaqil davlatlar
hamdo‗stligiga kiruvchi ayrim mamlakatlar orasida bolalar salmog‗i ko‗pligi
bo‗yicha O‗zbekiston Tojikiston respublikasidan keyin ikkinchi o‗rinda
joylashgan. Jumladan, Tojikistonda 15 yoshgacha bo‗lganlar jami aholining 38
foizini, 65 yoshdan kattalar esa, atigi 4 foizni tashkil etadi. 6.2-jadvalda keltirilgan
barcha davlatlarda 0-14 yoshgacha bo‗lgan bolalar va o‗smirlar miqdori kamayib,
aksincha, 65 yoshdan oshganlar ulushi ko‗payib borayotganligini kuzatiladi.
Masalan, 1999-2017 yillarda O‗zbekiston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston va Tojikiston
davlatlarida 0-14 yoshgacha bo‗lganlarning jami aholidagi salmog‗i 1,3-1,2
barobarga qisqardi.
O‗tish davrida demografik jarayonlarda ro‗y berayotgan o‗zgarishlar
aholining yosh tarkibiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatganligi ba‘zi yosh guruhlari miqdori
kamayishi yoki ko‗payishida yaqqol ko‗rinmoqda. Aholining yosh tarkibi
aholining tabiiy harakati ko‗rsatkichi bilan bevosita bog‗langan. Sababi, qaysi
davlatlarda aholining tabiiy harakatini ifodalovchi ko‗rsatkich yuqori bo‗lsa, o‗sha
davlatdagi aholining yosh tarkibida bolalar va o‗smirlar salmog‗i, mehnatga
1
Набиев Э., Қаюмов А. Ўзбекистоннинг иқтисодий салоҳияти.-Т., Академия, 2000. Б.42.
139
layoqatli yoshdagi kishilar hissasi yuqori bo‗ladi. Bunday holat dunyo miqyosida
rivojlanayotgan mamlakatlarda yaqqol kuzatiladi. Aksincha, rivojlangan, iqtisodiy
jihatdan yetuk davlatlar aholisining yosh tarkibida katta yoshlilar va qariyalar
ulushi ko‗p bo‗lishi bilan birga, bolalar kam sonlini tashkil qilmoqda. Bularga
misol qilib, Xorijiy Yevropa davlatlarini, Rossiyani keltirish mumkin. Mazkur
davlatlarning mehnat yoshidagi yetishmayotgan aholisining o‗rnini yuqoridagi
rivojlanayotgan davlatlardan kelib ishlovchilar ya‘ni, migrantlar to‗ldiradi. Demak,
aholining yosh tarkibida migratsiya jarayoni qaysidir tarzda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Aholining yosh tarkibi juda qadimdan mavjud bo‗lib kelayotgan demografik
holat, ya‘ni demografik evolyusiyaning natijasi bo‗lib, u ayni paytga kelajakdagi
demografik vaziyatning zamini bo‗lib xizmat qiladi. Dunyo aholisi yosh tarkibi
bo‗yicha hududiy xususiyatlarga ham egadir. Jumladan, yer shari aholisi yosh
tarkibida 1970 yillardagi ahvolni ko‗rib chiqilganda 15 yoshgacha bo‗lganlar
miqdori va undan yuqori yoshdagilar ko‗p sonni tashkil etganligi jadval
ma‘lumotlari ham tasdiqlaydi. Yevropa o‗sha yillarda ham undan keyingi vaqtda
ham 65 va undan katta yoshdagilar soni yuqoriligi bilan ajralib kelmoqda. Ikkinchi
o‗rinni (qariyalar salmog‗i bo‗yicha) Okeaniya va Amerika davlatlari egallaydi.
Ushbu tahlildan aholi yosh tarkibini ikkita asosiy tipga ajratish mumkin.
Birinchi tipda (tug‗ilish va o‗lim yuqori bo‗lib, o‗rtacha umr ko‗rish davri
qisqa bo‗lgan rivojlanayotgan davlatlar) bolalar, o‗smirlar miqdori ustun, qariyalar
hissasi uncha katta emas.
Ikkinchi tipda Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya, Avstraliya
mamlakatlariga xos (tug‗ilish kam, o‗lim past ko‗rsatkichga ega, uzoq umr
ko‗ruvchilar ko‗p sonli) bolalar va o‗smirlar soni qisqarib, qariyalar ulushi oshib
boradi.
Geografik mintaqalar doirasida taqqoslaganda, O‗zbekiston birinchi tipga
xos davlat sanaladi. Respublikamizda bolalar salmog‗i yuqori, bunga o‗zbek
oilalarida tug‗ilish sur‘atining balandligidir. 1970 yili 0-14 yoshdagi bolalar jami
aholining 45 foizini tashkil etgan bo‗lsa, 2004 yilda ushbu ko‗rsatkich 38 foizni
140
tashkil qilgan. Ikkinchi o‗rinni 15-64 yoshdagilar egallaydi. Ushbu yoshdagi aholi
jami aholining teng yarmiga teng (58 foiz), qariyalar soni kamchilik bo‗lib atiga 10
foizga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |