P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/156
Sana27.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#709700
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   156
Bog'liq
geografiya 9-sinf 2019

Maydoni – 301,3 ming km
2
.
Aholisi (2018-y.) – 60,6 mln.
Poytaxti – Rim.
http://eduportal.uz


84
Tabiiy sharoiti va resurslari. 
Italiya-
ning relyefi, asosan, tog‘lardan iborat. 
Mamlakatning shimolida Alp tog‘lari joy-
lashgan. Apennin yarim orolini shimol-
dan janubga tomon o‘rtacha balandlikdagi 
Apennin tog‘lari kesib o‘t gan (eng ba-
land nuqtasi – Korno-Grande cho‘qqisi, 
2 914 m). Alp va Apennin tog‘lari o‘rtasida 
Padan tekisligi joylashgan. Bu tekislikda 
g‘arbdan sharqqa tomon Italiyadagi eng yirik daryo – Po daryosi oqib o‘tadi.
Italiya seysmik va vulkanik jihatdan faol hududlardan biri. XXI asrning 
o‘zida 4 ta kuchli zilzila ro‘y bergan. Mamlakatda bir nechta harakatdagi 
vulqon, jumladan, Etna (Yevropadagi eng baland harakatdagi vulqon), 
Vezuviy va Stromboli (30-rasm) mavjud.
Italiya hududida turli foydali qazilmalar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, mar-
ganes, kaliy va osh tuzi) konlari bor, ammo aksariyat mineral resurslar-
ning qazib olish hajmi mamlakat iqtisodiyotining ehtiyojlarini qondira 
olmayapti.
Italiyada, asosan, O‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim hukmronlik 
qiladi. Yozi issiq, qishi esa iliq, yog‘ingarchilik ko‘proq qish oylariga 
to‘g‘ri keladi. Alp tog‘lari Italiya hududini sovuq havo massalarining 
kirib kelishidan saqlaydi hamda dengizdan esadigan shamollarning yo‘lini 
to‘sib, yog‘inlarning tushishini kuchaytiradi.
Aholisi. 
Italiya Yevropadagi aholisi eng ko‘p beshta davlatlardan biri. 
2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyada 60,6 mln. kishi istiqomat qiladi. 
Aholining tabiiy ko‘payishi manfiy bo‘lib, yillik hisobda -0,2 % ga teng. 
Lekin tashqi migratsiya hisobiga Italiya aholisi o‘sib bormoqda. Migrantlar 
orasida ruminlar, albanlar hamda Shimoliy Afrika davlatlaridan ko‘chib 
kelgan arablar son jihatidan yetakchi. 
Italiyada shahar aholisining ulushi 70 % atrofida. Mamlakatdagi eng 
yirik shahar aglomeratsiyalari Milan, Rim, Turin va Neapol shaharlari 
atrofida vujudga kelgan. 
Davlat tili – italyan tili. Aholining diniy tarkibida katoliklar yetakchilik 
qiladi. Italiya katoliklar soni bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turadi.
Aholi Italiyada ancha notekis joylashgan. Aholi eng zich joylashgan 
hudud Po daryosi oqib o‘tadigan Padan tekisligi hisoblanadi. Shuningdek, 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish