TUZUVCHILAR:
Narziyev B.D.
-
SamVMI “Veterinariya jarrohligi va akusherlik”
kafedrasi dotsenti
Tashtemirov R.M. -
SamVMI “Veterinariya jarrohligi va akusherlik”
kafedrasi dotsenti
Niyozov H.B.
-
SamVMI “Veterinariya profilaktikasi va davolash”
fakulteti dekani, v.f.d., dotsent
Bakirov B.
-
SamVMI “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi
professori
Ro‘ziqulov N.B.
-
SamVMI “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi mudiri,
v.f.n., dotsent
Salimov Yu.S.
-
SamVMI “Farmakologiya va toksikologiya” kafedrasi
mudiri, v.f.d., dotsent
Ibragimov F.B.
-
SamVMI “Veterinariya-sanitariya ekspertizasi va
gigiyena” kafedrasi mudiri, v.f.n., dotsent
Salimov H.S.
-
SamVMI
“Epizootologiya,
mikrobiologiya
va
virusologiya” kafedrasi professori
Shopo‘latoza Z.J.
-
SamVMI
“Epizootologiya,
mikrobiologiya
va
virusologiya” kafedrasi mudiri, v.f.n., dotsent
Tayloqov T.I.
-
SamVMI “Parazitalogiya va veterinariya ishini tashkil
etish” kafedrasi mudiri, v.f.n., dotsent
Dastur Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining 2020-yil 25-
iyundagi № 14-sonli hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi
fakultetining 2020-yil 30-iyundagi № 11-sonli Kengashlari yig‘ilishida muhokama
qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
5440100 –Veterinariya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – qishloq xo‘jaligi
sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u hayvonlar orasida uchraydigan turli infeksion,
invazion, yuqumsiz kasalliklar, turli jarohatlar, shikastlanishlar, parazitli kasalliklar
va ularning qo‘zg‘atuvchilarini, rivojlanishini, epizootlogiyasini, klinik belgilarini,
tashxis qo‘yish usullarini, davolash, oldini olish va qarshi kurash choralarini
o‘rganish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish
zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, chorvachilikda qo‘llaniladigan innovatsion
texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari; chorva mollari kasalliklari va ularni
oldini olish usullari; chorvachilikda veterinariya sanitariya tadbirlarini amalga
oshirish;
chorvachilik
mahsulotlaridan
tayyor
mahsulotlarga
aylantirish;
chorvachilik sohasi va xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorligini hisob-kitob qilish;
qishloq xo‘jaligi menejmenti va marketing sohalariga ixtisoslashgan bakalavrlar
tayyorlaydi va ularni tayyorlashning samarali metodlari va vositalari majmuini
qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar
bilimlarini chuqurlashtirish parazitar, yuqumli, yuqumsiz kasalliklar, turli ochiq va
yopiq jarrohlik kasalliklarini kelib chiqishi, tarqalishi, infektsion va invazion
kasalliklarning klassifikatsiyasi, parazit xo‘jayinlari, kasalliklarning hayvonlarga
yuqish
yo‘llari,
ularning
morfologiyasi
va
biologik
rivojlanishi,
qo‘zg‘atuvchilarining sistematikasi, anatomo-morfologiyasi, rivojlanishi, iqtisodiy
zarari,
epizootlogiyasi,
patogenezi,
klinik
belgilari,
patologo-anatomik
o‘zgarishlari tashxisi va qiyosiy tashxisi, davolash, oldini olish va qarshi kurash
choralarining ilmiy va amaliy ahamiyatini o‘rgatish borasida yechimlarni ishlab
chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
bilimlarini oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
5440100 – Veterinariya (faoliyat turlari bo‘yicha) va 5111000 – Kasb ta’limi
(Veterinariya) ta’lim yo‘nalishlari negizidagi 5А440101-Hayvonlarga tashxis
qo‘yish va davolash, 5А440102-Veterinariya jarrohligi, 5А440103-Veterinariya
farmakologiyasi va toksikologiyasi, 5А440105-Veterinariya sanitariyasi,
veterinariya-sanitarlik ekspertizasi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash
gigiyenasi,
5А440107-
Veterinariya
mikrobiologiyasi,
virusologiyasi,
epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi, 5А440108-Hayvonlarning
parazitli va yuqumli kasalliklari, 5А440115-Favqulotda vaziyatlarda veterinariya
nazorati va jamoat sog‘lig‘ini saqlash magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi
talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 5 ta ixtisoslik fanlari
bo‘yicha: “Veterinariya toksikologiyasi”, “Hayvonlarning ichki yuqumsiz
kasalliklari”, “Veterinariya xirurgiyasi”, “Hayvonlarning yuqumli kasalliklari”,
“Veterinariya parazitologiyasi”, va 6 ta umumkasbiy fanlar bo‘yicha: “Veterinariya
mikrobiologiyasi”,
“Veterinariya
sanitariya
ekspertizasi”,
“Veterinariya
virusologiyasi”, “Veterinariya farmakologiyasi”, “Veterinariya diagnostikasi”,
“Operativ xirurgiya” test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab
olgan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |