Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

Qariya biroz sukut saqlab, javob qildi: 



— Paygʻambarimiz bizlarga Qur'onni berdi va zimmamizga besh farzni qoʻydi, ularni biz 

umrimiz mobaynida ado etmogʻimiz lozim. Eng muhimi — Ollohning borligi va birligi 

— shuni yodda tutib yashamoq. Qolgan toʻrtta shart — bir kunda besh vaqt namoz 

oʻqish, Ramazon oyida roʻza tutmoq, beva-bechoralarga xayr-ehson qilmoq... 

U yana jimib qoldi. Paygʻambarni tilga olayotib uning koʻzlari namlandi, garchi u foniy 

dunyoda yashayotgan, betoqat va qiziqqon banda esa-da, baribir musulmonchilikning 

qonun-qoidalariga, paygʻambar Muhammad buyurganlariga amal etib yashayotgan edi. 

— Xoʻsh, beshinchi shart-chi? — soʻradi Santyago. 

— Oʻtgan kuni sen menga, tushingizga biror marta uzoq begona yurtlar kirmagan ekan, 

deding. Bilib qoʻy, har bir musulmonning zimmasidagi beshinchi farz — haj safarini 

amalga oshirmoqdir. Bizlarning har birimiz umrimizda bir bor boʻlsa-da muqaddas 

Makka shahrini ziyorat qilishimiz shart. Bu shahar ehromlardan ham uzoqda. 

Yoshligimda ozroq pul topib, mana shu doʻkonni olgan edim. Oʻylardim: boyib ketsam, 

albatta, Makkaga boraman, deb. Keyin qoʻlim pul koʻrdi, mol-dunyo orttirdim, biroq 

savdoni hech kimga ishonolmadim, chunki men sotadigan buyumlar juda nozik. Va har 

kuni haj safariga otlanganlarga koʻzim tushadi, ularning orasida badavlatlari bor — 

Oʻnlab xizmatkorlariyu butun bir tuya karvoni ularni kuzatib boradi, biroq yoʻl 

olganlarning koʻpchiligi mendan koʻra kambagʻal bandalar. Men ularning nechogʻli 

xushbaxt boʻlib qaytib kelishganini va uylarining eshigiga Makkaga hajga borishganidan 

darak beradigan belgi qoʻyishganini ham koʻrganman. Ularning biri, eski poyafzallarni 

yamaydigan etikdoʻz menga sahroda bir yil yoʻl yurdik, biroq Tanjerda qoʻshni 

mahallaga koʻn olgani borganimda charchab qolardim, haj safarida hecham toliqmadim, 

deb aytdi. 

— Nega hoziroq toʻgʻri Makkaga yoʻl olmaysiz? — soʻradi Santyago. 

— Chunki men haj safari umidi bilan tirikman. Boʻlmasa, men ikki tomchi suvday mana 

shu yakrang, zerikarli kunlarga, buyumlarim terib qoʻyilgan bu oʻlik jovonlarga, har kuni 

qatnaydigan oʻsha kir-chir yemakxonaga — shu turush-turmushga chiday olarmidim. 

Qoʻrqaman, nasib etib umid-orzuim roʻyobga chiqquday boʻlsa, undan keyin hayotda 

tayanib yashaydigan boshqa ilinjim qolmaydi. Sen esa bosh-qachasan, menga 

oʻxshamaysan, oʻz orzu-niyatingga yetishishga ishtiyoqing zoʻr. Mening faqat Makka 

xayoli bilan yashagim bor. Sahroni kezib oʻtishim, muqaddas tosh turgan maydonga 

borishim, uning tevaragini yetti bor aylangach, tavof olishimni minglab marta koʻz 

oldimga keltirganman. Biroq qoʻrqaman umidsiz boʻlib qolishdan, shuning uchun orzu-

niyatimdan ayrilib qolmay deyman. 

 

Shu kuni u Santyagoga doʻkon tashqarisida yangi peshtaxta taxlashga ruxsat berdi. 



Hamma bir xilda orzu qilib, bir xil tush koʻrmaydi. 

 

Oradan tagʻin ikki oy oʻtdi — tashqariga qoʻyilgan peshtaxta juda qoʻl keldi: doʻkondan 



odam arimay qoldi. Santyago chamalab koʻrdi: ishlar shu zaylda ketsa yarim yildan soʻng 

u Ispaniyaga qaytadi, boz ustiga, oltmish emas, yuz yigirma bosh qoʻy sotib oladi. Bir yil 

ichida suruviga suruv qoʻshiladi va u arablar bilan savdoni boshlab yuboradi, chunki endi 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish