O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy
barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-
son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, xalq ta'limi tizimi xodimlarining ijtimoiy
mavqei va nufuzini oshirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30
sentyabrdagi “Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini
moddiy rag'batlantirish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi 823-son qarori qabul
Islomov Nurali Raxmatovich
13
qilindi . Ushbu qaror asosida “Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan
xodimlarini rag'batlantirishning direktor jamg'armasini tashkil etish va uning
mablag'laridan foydalanish tartibi to'g'risida Nizom” tasdiqlandi. Mazkur Nizom
umumiy
o'rta
ta'lim
muassasalarining
o'rnak
ko'rsatgan
xodimlarini
rag'batlantirishning direktor jamg'armasini tashkil etish va uning mablag'laridan
foydalanish tartibini belgilaydi. Direktor jamg'armasi umumta'lim muassasasida
o'quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag'batlantirish,
pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumta'lim
muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog
xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag'batlantirishni kuchaytirish
maqsadida tashkil etiladi.
Mamlakatimiz rahbari o'quvchi-yoshlarning sifatli ta'lim-tarbiyasi uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish maqsadida xalqaro talablarga muvofiq ilg'or arxitektura
yechimlari va energiya tejaydigan texnologiyalar asosida qurilib, jihozlangan
“Zamonaviy maktablar”ni tashkil etishni ma'qullab, 2019 yil 26 noyabrda
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev “Zamonaviy maktablar”ni tashkil
etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4537-son qarorni imzoladi . Ushbu Qarorda
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga 2020 yilning 1 martiga qadar
O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda xorijiy tajriba va
mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, ekologik toza materiallar va
energiyaning muqobil manbalari, energiya tejovchi hamda ilg'or texnologiyalar va
muhandislik yechimlarini qo'llashni nazarda tutuvchi “Zamonaviy maktab”larni
qurish va rekonstruktsiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va
tasdiqlash topshirildi.
Shuningdek, 2020 yil 1 martga qadar umumiy o'rta ta'lim muassasalarini zamonaviy
mebel va jihozlar, o'quv-laboratoriya asbob-uskunalari, o'quv-uslubiy materiallar,
kompyuter va multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan jihozlashning yangi
me'yorlarini ishlab chiqish tasdiqlandi.
2020 yil 1 martdan boshlab davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalarini yangidan
qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash, moliyalashtirish
Islomov Nurali Raxmatovich
14
manbalaridan qat'i nazar, “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruktsiya
qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash me'yorlari asosida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, Prezident “Zamonaviy maktab”larga qo'yiladigan talablarni, mazkur
maktablarning darsliklar, o'quv qo'llanmalar, badiiy va boshqa adabiyotlar bilan
ta'minlanganlik darajasiga, o'quv-tarbiya jarayoniga hamda darsdan tashqari
faoliyatiga hamda rahbar va pedagog kadrlariga qo'yiladigan talablar, shuningdek
darsdan tashqari tadbirlarga talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash to'g'risida
ko'rsatma berdi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Zamonaviy maktablar”
talablariga asoslanib, umumta'lim maktablarini baholash mezonini yaratish bo'yicha
ishlar olib boriladi.
“Zamonaviy maktablar”ga qo'yiladigan talablarga mos keladigan umumiy o'rta ta'lim
muassasalariga tegishli darajadagi muvofiqlik sertifikati beriladi. “Zamonaviy
maktab” muvofiqlik sertifikatiga ega bo'lgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining
rahbar va o'qituvchilariga ish haqi hamda moddiy rag'batlantirishning yuqori
stavkalari qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi
“Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” mahalliy va xorijiy kompaniyalar
vakillarini jalb qilgan holda umumiy o'rta ta'lim muassasalarini “Zamonaviy maktab”
talablari asosida baholab, muvofiqlik sertifikatlarini beradi.
Markaz “Zamonaviy maktab” talablari asosida baholash bo'yicha umumiy o'rta ta'lim
muassasalari reytingini aniqlashning elektron platformasini ishga tushiradi. Markaz
mutaxassislari umumiy o'rta ta'lim maktablarni zamonaviy maktab talablariga
muvofiqlashtirish bo'yicha takliflar ham ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: