negizida “bir korxona - bir qayta ishlash markazi” tamoili bo‘yicha qurilgan
texnologiyalarini joylashtira boshlagan. Markazlashmagan ma’lumotlar negizi va
9
amaliy dasturlar to‘plami asosida axborot poydevori bo‘lgan ma’lumotlar qayta
ishlash tizimlarini tashkil etishning ikki va uch darajali modeli yangi avlod
ATlarida o‘ta yangilik bo‘ldi.
3-avlod(1980-90 y)bu yillar shaxsiy kompyuterga ommaviy o‘tish davri
bo‘ldi. Uyushgan biznes mantiqiy tarqoq ish joylarini yagona ATga birlashishni
talab etdi. Biroq tez orada bir rangli (darajali) tarmoqlarda ierarxiyalilik belgilari -
avvalo ajratilgan fayl-serverlar, nashr, serverlar va telekomunikatsiya serverlari
ko‘rina boshladi. Uchinchi avlod ATlarni rivojlantirishda sof (bir rangli)
taqsimlovchi qayta ishlash g‘oyasi “klient-server”ierarxiya modeliga o‘rnini
bo‘shatib berdi.
4-avlod dunyoga kela boshladi, biroq xozirdanok tushunarliki, yuqori
darajada AT zaxiralarini markazlashgan xolda qayta ishlash va yagona boshqarish
quyi darajada taqsimlovchi qayta ishlash bilan uyg‘unlashadigan zamonaviy
xususiyatlari avvalgi avlodlar tizimlarida sinovdan o‘tgan qarorlar sintezi bilan
belgilanadi. AT 4-avlodi uch model: katta,o‘rta va kichik yo‘lidan boradi deb
karalmoqda. Modellar ma’lumotlari mantiqiga ko‘ra, AT tuzilmasida bir yoki bir
necha axborot tugunlari jamlanmasi(ATJ) mavjud bo‘lishi lozim, ulardan xar biri
oxirgi foydalanuvchilar ishini samarali qo‘llab quvvatlash uchun mo‘ljallangan
apparat va dasturiy vositalarni birlashtiradi. Oxirgi foydalanuvchilar lokal
tarmoqlar muhitida ishlaydi, ularning individual ilovalari va ma’lumotlari mijozlar
stantsiyalari darajasida eng ko‘p lokallashadi. Tugunlar jamlanmasi zahiralarining
harakatga kelishi faqat nisbatan kamdan-kam hollarda, masalan, uyushgan
ma’lumotlar negiziga murojat qilishda yoki fayllardan zahiraviy olishda ro‘y
beradi. Shunday qilib, yangi element-tugunli jamlanma bilan to‘ldirilgan
taqsimlovchi qayta ishlashning erkin ifodalangan modelini ko‘rib turibmiz.
ATning bunday tashkil qilinishini ba’zan AT 3-avlodi markazlashmagan
tarmoqlariga qarama-qarshi o‘laroq markazlashgan tarmoq deb ataladi.
Markazlashgan tarmoqli AT modeli foydalanish harajatlarini iqtisod qilishdan
tashqari yana ikki afzallikka ega:
10
“klient-server”texnologiyasini samarali amalga oshirish imkoniyati;
tugunli jamlanmaga jo bo‘lgan apparat va dasturiy vositalar
uyg‘unligidagi keng spektr xisobiga foydalanuvchilar talabiga
moslashuvchanlik.
Markaziy hisoblash tizimi sifatida meyn-freym, UNIX server ishchi
stantsiyalar klasterlari yoki super kompyuterlardan foydalanish mumkin. Biroq
yagona server atrofida tizimning jamlanishi har doim ham eng yaxshi qaror
bo‘lavermaydi. Birinchidan, serverga ulangan mijozlar soni keskin chegaralangan.
Mijozlar sonining oshib borishi tizim reaksiyasining sekinlashuviga olib keladi.
Ikkinchidan, zamonaviy ATlardan bugalterlik hisobi dasturi turidagi an’anaviy
biznes ilovalardan boshlab, to umuman korxonani boshqarish vazifalarigacha
bo‘lgan ko‘plab xilma-xil rejalardagi vazifalarni bajarish talab etiladi.