Amaliy matematika va informatika



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana19.06.2021
Hajmi1,32 Mb.
#70374
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
s tilining kutubxonalari va ularning programma tuzishdagi ahamiyati

Vorislik:  Vorislik  g‗oyasi  obyektlar  xulq-atvorini  modifikatsiyalash 

muammosini  hal  qiladi  hamda  OMD  ga  favqulodda  kuch  va  moslashuvchanlik 

baxsh etadi. Vorislik, deyarli hech qanday cheklanishlarsiz, siz yoki boshqa biron 

kimsa tomonidan yaratilgan sinflarni izchil qurish va kengaytirish imkonini beradi. 

Eng  oddiy  sinflardan  boshlab,  murakkablik  jihatidan  asta-sekin  ortib  boradigan, 

ammo  sozlanishi  ham  oson,  ichki  tuzilishi  ham  oddiy  bo‗lgan  hosila  sinflarni 

yaratish mumkin. 

Ayniqsa  yirik  dasturiy  loyihalarni  ishlab  chiqishda  vorislik  tamoyilini 

hayotga  izchil  tatbiq  etish  pasayib  boruvchi  tuzilmaviy  dasturlash  (umumiydan 

juz‘iyga)  texnikasi  bilan  yaxshi  moslashadi  hamda  ko‗p  o‗rinda  bunday 

yondashuvni  rag‗batlantiradi.  Bunda  dastur  kodining  murakkabligi  ancha 

kamayadi.  Hosila  sinf  (avlod)  o‗z  bazaviy  sinfining  (otasining)  hamda  sinflar 

tabaqalanishidagi o‗zining barcha ajdodlarining hamma xususiyatlari, metodlari va 

voqealarini meros qilib oladi. 

Vorislik  paytida  bazaviy  sinf  yangi  atributlar  va  operatsiyalar  hisobiga 

yanada  o‗sadi.  Hosila  sinfda  odatda  yangi  ma‘lumotlar  a‘zolari,  xususiyatlar  va 

metodlar  paydo  bo‗ladi.  Obyektlar  bilan  ishlashda  dasturchi  odatda  konkret 

masalani hal qilish uchun eng to‗g‗ri keladigan sinfni tanlaydi hamda undan bitta 

yoki bir nechta voris avlod yaratadiki, ular o‗z otalarida mavjud imkoniyatlardan 



 

16 


ko‗proq  imkoniyatga  ega  bo‗ladilar.  Do‗stona  funksiyalar  hosila  sinfga  barcha 

tashqi sinflar ma‘lumotlari a‘zolariga kirish huquqini olish imkonini beradilar. 

Bundan  tashqari,  meros  qilib  olinayotgan  metodlardan,  ularning  bazaviy 

sinfdagi  ishi  avlodga  to‗g‗ri  kelmasa,  hosila  sinf  ortiqcha  yuklanishi  (overload) 

mumkin.  OMD  da  ortiqcha  yuklanishdan  foydalanish  har  qanaqasiga 

rag‗batlantiriladi,  garchi  bu  so‗zning  to‗g‗ri  ma‘nosidan  kelib  chiqqanda,  odatda 

ortiqcha  yuklanishlar  tavsiya  qilinmaydi.  Agar  metod  bittadan  ortiq  bir  nomdagi 

funksiya bilan assotsiatsiyalansa, u ortiqcha yuklangan deb aytiladi. E‘tibor bering, 

sinflar  tabaqalanishida  ortiqcha  yuklatilgan  metodlarni  chaqirib  olish  mexanizmi 

qayta aniqlangan.  

Vorislik  konsepsiyasini  soat  haqidagi  misolga  tatbiq  qilish  uchun,  faraz 

qilaylik, vorislik tamoyiliga amal qilgan «Casio» firmasi soatning yangi modelini 

chiqarishga qaror qildi. Aytaylik, bu model tugmachalardan biri ikki marta bosilsa, 

vaqtni  ovozda  ayta  oladi.  Gapiradigan  soatlar  modeli  (OMD  atamalari  bo‗yicha, 

yangi  sinf)  ni  yangidan  yaratish  o‗rniga  muhandislar  ishni  uning  prototipidan 

boshlaydilar  (OMD  atamalari  bo‗yicha  bazaviy  sinfning  yangi  avlodini 

yaratadilar). Hosila obyekt otasining barcha atributlari va funksional- ligini meros 

qilib  oladi.  Sintezlangan  ovozda  aytilgan  sonlar  avlodning  yangi  ma‘lumotlar 

a‘zolari  bo‗lib  qoladi,  tugmachalarning  obyektli  metodlari  esa,  ularning 

qo‗shimcha  funksionalligini  ishga  tushirish  uchun  ortiqcha  yuklatilgan  bo‗lishi 

kerak.  Tugmachalarning  ikki  marta  bosilish  hodisasiga  yangi  usul  javob  berib,  u 

joriy vaqtga mos keladigan sonlar ketma-ketligi (yangi ma‘lumotlar a‘zolari) ning 

talaffuz  qilinishida  namoyon  bo‗ladi.  Yuqorida  aytilganlarning  hammasi 

gapiradigan soatlarning dasturiy amalga oshirilishiga to‗liq taalluqli. 

 


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish